11-rasm. Tijorat banklarining investitsion kreditlari dinamikasi
32
infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan Davlat dasturlari"ga kiritilgan
investitsion loyiҳalarni moliyalashtirish maqsadlariga yo‘naltirilmoqda.
Xususan, tarmoqlar kesimida qaralganda jami ajratilgan investitsiya
kreditlarining 6200 mlrd so‘mi (38,8 foizi) sanoat sohasiga, 2100 mlrd so‘mi
(13 foizi) qishloq xo‘jaligi sohasiga, 1600 mlrd so‘mi (9,9 foizi) transport
va kommunikatsiya sohasiga, 1400 mlrd so‘mi (9 foizi) qurilish sohasiga,
1300 mlrd so‘mi (7,8 foizi) xizmat ko‘rsatish sohasiga va 3500 mlrd so‘mi (21,4
foizi) boshqa sohalarga yo‘naltirilgan. Banklar tomonidan investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishda asosiy e'tibor, 2017 yilga mo‘ljallangan davlat investitsiya
dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya
qilish, mahalliylashtirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dasturlariga kiritilgan loyihalarni o‘z muddatida to‘liq moliyalashtirishni
ta'minlashga qaratildi.
32
http://www.cbu.uz
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki).
46
Mamlakatimizda tijorat banklari kreditlash opertasiyalarining kengayishi
uchun muhim omillar biri resurs bazasi bo‘lsa ikkinchisi kreditlarning narxini,
ya’ni foiz stavkalarini aytishimiz mumkin. Albatta, kreditlarning foiz
stavkalarining pastroq bo‘lishi, ularga bo‘lgan talabni oshiradi. 2018-yil may oyi
holatiga tijorat banklarimiz tomonidan jismoniy shaxslarga taqdim etilayotgan
imtiyozli kreditlar o‘rtacha foiz stavkasi 8.6 % ni tashkil etdi, tijorat kreditlarining
o‘rtacha foiz stavkasi esa 21,8% ni, yuridik shaxslar bo‘yicha esa mos ravishda
imtiyozli kreditlar uchun 8.9% ni, tijorat kreditlari uchun esa 19.4% ni tashkil
etdi.
33
Albatta mamlakatimizdagi inflatsion sharoitdan kelib chiqib mazkur foiz
stavkalarini jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |