Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi
Download 419.37 Kb. Pdf ko'rish
|
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi
2.2.
i O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida qo‘llaniladigan kreditlash shakllari va usullari tahlili Bozor munosabatlariga o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi faoliyat hisoblangan banklar va ular faoliyatidagi kreditlash asosan markazdan turib boshqarilish asosida amalga oshirilganligi tufayli, mablag‘larni jalb etish, ularni foyda keladigan qilib pulga muhtoj xo‘jalik sub'yektlariga berish, qarzni o‘z vaqtida qaytishini ta'minlovchi chora - tadbirlar ko‘rish kabi masalalarda bank xodimlarining boshlari og‘rimagan. Mamlakatimizda farovon hayot sari qo‘yilgan qadam, ya'ni pulga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lida bank tizimida olib borilgan islohotlar natijasida bu masalalar banklarning kundalik faoliyatiga aylanib qoldi va bank hodimlarining vazifasi ortdi. Chunki, jalb qilingan mablag‘lar uchun banklar tomonidan badal to‘lanar ekan, bu mablag‘lardan nafaqat daromad olish, balki kredit samaradorligiga erishgan holda mablag‘larni qarzdorlardan o‘z vaqtida qaytarib olish chora i -
etuvchi holatlar kelib chiqib, banklarning omonatchilar, mulkdorlar, mijozlar hamda kreditorlar oldidagi majburiyatini bajara-olmay banklararo raqobatda o‘z 33 http://www.cbu.uz (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki). 47
mavqyeini yo‘qotib qo‘yish xavfi kelib chiqadi. Banklar, o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarishlari hamda banklararo raqobatdagi mavqyeyini saqlash uchun faoliyati davomida omonatchilar va aksiyadorlar manfaatini ko‘zlagan holda amaldagi qonun va me'yoriy hujjat qoidalari asosida ish yuritishlari va sifatli xizmat ko‘rsatish orqali doimo daromad miqdorini ortirib borishlari lozim.
Ma'lumki, kredit amaliyotlaridan olingan foizli daromadlar bank jami daromadining salmoqli hissasini tashkil etadi. Bank daromadining bu manbai kreditlash jarayonining qay darajada sifatli olib borilishiga bog‘liq. Aynan shuning uchun ham, fikrimizcha, banklarda kredit munosabatlari yuzaga kelgan taqdirda tahlillarga asoslanib oqilona boshqaruv qarorini qabul qilish bank faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Chunki, kredit amaliyotlaridan olingan daromadlar tijorat banklari jami daromadi tarkibida foizli daromad sifatida salmoqli hissa qo‘shuvchi xizmat turi bo‘lish bilan bir qatorda, bank daromadliligiga salbiy ta'sir etish doirasi yuqori bo‘lgan amaliyot hamdir. So‘ngi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida asta-sekinlik bilan kreditlash amaliyoti va kreditlash usullaridan kengroq foydalanish takomillashib bormoqda va zamonaviy kreditlash shakllaridan ham tijorat banklarimiz foydalanishni boshlamoqda. Malakatimizda kreditlash shakllari va usullaridan foydalanish amaliyotini quyida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB faoliyati misolida ko‘rib o‘tamiz va dastlab bankning jami aktivlariga nazar tashlasak. 01.01.2016 01.01.2017 01.01.2018 0 5 10 15 20 25 7.22
8.64 19.98
m lr d s o 'm 48 |
ma'muriyatiga murojaat qiling