Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi
-rasm. “O‘zsanoatqurilishbank” ipoteka kreditlarining dinamikasi
Download 419.37 Kb. Pdf ko'rish
|
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi
14-rasm. “O‘zsanoatqurilishbank” ipoteka kreditlarining dinamikasi
37 Yuqoridagi raqamlardan ma’lumki “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ipoteka kreditlari o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib kelmoqda. 2017-yil davomida bank tomonidan 374 mlrd so‘mdan ortiq ipoteka kreditlari taqdim etilgan va bu o‘tgan 2016-yilga nisbatan 3 barobar ko‘p deganidir. Quyida bank taqdim etayotgan ipoteka kreditlaridan biri xususiyat va shartlari bilan tanishamiz. Umumiy shartlar asosida “O`zsanoatqurilishbank” ATB tizimida uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va uy-joy sotib olishga ipoteka kreditlari ajratiladi. Bank tomonidan ipoteka kreditlari, muomala layoqatiga, doimiy ish joyiga, yashash joyidan ro`yhatdan o`tgan va o`z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo`lgan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi. Kredit uy-joy qiymatining 75% miqdorida beriladi va qolgan 25% qarzdor tomonidan badal sifatida qo`yiladi. Yosh oilalarga imtiyozlar qo`llaniladi. 37 http://www.uzpsb.uz 54
Iste’mol krediti ham “O`zsanoatqurilishbank” jismoniy shaxslarga keng taqdim etayotgan kreditlash shakllaridan hisoblanadi. Bank tomonidan iste’mol krediti turli maqsadlarda: 1. Mebellar uy jihozlari, maishi y texnika, audio video va boshqa orgtexnikalar sotib olishga; 2. To‘y yubiley va boshqa marosimlar o‘tkazish uchun; 3. Xususiy maktab, bog‘cha, tayyorlov va o‘quv kurslarida ta’lim olishga, haydovchilik guvohnomasini olish uchun; 4. Mehmonxona, dam olish va turistik xizmatlar uchun; 5. Velosiped, moped, mototsikl, nogironlar aravachasi sotib olishga va avtomashina ta’mirlatishga ularga metan, propan, butan gaz ballonlarini o‘rnatishga; 6. Uy-joylarni ta’mirlashga milliy kompaniyalardan avia va temir yo‘l chiptalari sotib olishga; 7. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga forma sotib olishga; 8. Tibbiy labaratoriya va stamatologiya xizmatlari uchun; 9. Zargarlik buyumlarini sotib olishga; 10. Quyosh batareyasida ishlovchi uskunalarni harid qilish, kabi maqsadlarga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha kredit ajratadi. Bankdan iste’mol kreditini olish va rasmiylashtirish unchalik murakkab jarayon emas, kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng uch bank ish kuni ichida kredit berish haqida ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi. Iste’mol krediti uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 1. pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi; 2. kredit oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida ish joyidan
ma’lumotnoma; 4. ta’minot (kafil) hujjatlari; 5.xarid qilinayotgan tovar oldi-sotdi (ko‘rsatilayotgan xizmat) shartnomasi. Agar kredit ta’minoti uchun jismoniy shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafildan 55
ham pasport (yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat) nusxasi va uning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma talab etiladi. Agar kredit summasi eng kam ish haqining 100 barobarigacha bo‘lsa, jismoniy shaxs kafilligi yoki sug‘urta polisi, undan yuqori bo‘lsa, garov ta’minoti (ko‘char yoki ko‘chmas mulk) taqdim etiladi. Iste’mol kreditlari boshlang‘ich badalsiz, 3 yil muddatgacha beriladi, bunda Tovar yoki xizmat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lishi shart va kredit summasi mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi hisob raqamiga o‘tkaziladi 01.01. 2015 01.01. 2016 01.01. 2017 01.01.2018 0 5
15 20 25 30 35 10.9 9.6 12.6
29.3 m lrd s o‘ m Download 419.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling