Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi
Download 419.37 Kb. Pdf ko'rish
|
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
So‘ngi bobda e’tiborimizni tijorat banklarining kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar va ularning yechimlariga qaratdik, ammo banklarimizning kreditlash faoliyati kamchilik va nuqsonlar bilan to‘la degan fikrdan yiroqmiz, albatta. Muammolar va kamchiliklarni o‘rganar ekanmiz ularni ikki guruhga ajratishimiz mumkin: tijorat banklari mustaqil hal eta oladigan va mustaqil hal eta olmaydigan muammolar. Veksellarni muomalaga kiritish bilan bogliq masalad tijorat banklarimiz ojiz sanaladi chunki buning huquqiy me’yor ishlab chiqilishi lozim, ammo mijozlarga kredit taqdim etishda ularning kreditga layoqatliligini aniq va to‘g‘ri baholash va kredit portfelini sifatini oshirish kabi masalalarda yaxshi natijalarga erishish tijorat banklarimizning o‘ziga havola. Kredit operatsiyalariga esa iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi dastaklardan biri sifatida qaraydigan bo‘lsak, bu sohadagi mavjud muammolarni hal qilish va uni takomillashtirish ayni damda bank tizimimiz uchun o‘ta zarurdir. 70
XULOSA Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar respublika iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishi o‘z-o‘zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini mustahkamlashga ko‘maklashib, asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini tuzish, tiklash va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga o‘z mablag‘lari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablag‘larini xo‘jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o‘sishi va jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Banklar o‘z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shimcha qarz mablag‘lari yuzaga kelishining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini qayta tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilishga yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlash salohiyatining birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular tomonidan jalb qilinayotgan yuridik shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari yildan-yilga o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs bazasini mustahkamlash va kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‘sishini ta’minlash xar yili ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishga va natijada ularning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda. Tijorat banklarimiz ning kreditlash amaliyotini o‘rganar ekanmiz bu sohada bir qancha muammolar borligini ko‘rib o‘tdik, bu sohani o‘rganishdan maqsad esa unga to‘g‘ri xulosa tavsiyalar berishdan iborat. Tahlillar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi: 1. Tijorat banklari tomonidan real sektorlarga ajratiladigan kreditlar hajmining o‘sib boorish tendensiyasini ta’minlash lozim. 71
Shu bilan birga respublikamizdagi barcha banklarning kredit portifelida iqtisodiyotni real sektor korxonalarini kreditlashга alohida e’tibor qaratsih lozim. Real sektor korxonalarini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish salohiyati va eksport qilish hajmi oshishi bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Shu bilan birga kreditlarning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi roli oshadi. 2. Tijorat banklari kreditlarining barqaror sur’atlarda o‘sishini ta’minlash maqsadida birinchidan, muddati o‘tgan kreditlarning barcha kreditlar hajmidagi salmog‘ining chegaraviy darajadan (5 %) oshmasligini ta’minlash, ikkinchidan, talab qilib olinadigan depozitlarning, ya’ni nobarqaror resurslarning barcha depozitlar hajmidagi salmog‘ini imkon qadar kamaytirish, chunki ular bank uchun tekin resurs bo‘lgani bilan istalgan vaqt depozit egasi uni bankdan talab qilishi mumkin. 3. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini hamda jismoniy shaxslarnikreditlash amaliyotida zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanish rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish tavsiya etildi. Tijorat banklarining zamonaviy kreditlash shakllaridan keng foydalanishi, birinchidan kredit taklifini oshirsa, ikkinchidan kredit xizmatlarining soni va sifati jihatdan o‘sishiga zamin yaratadi. Buning natijasida xo‘jalik sub’ektlari va jismoniy shaxslarning bank kreditlaridan foydalanish darajasi oshadi. 4. Tijorat banklari mijozlarining aksariyat qismida pul oqimining beqarorligini hisobga olib, banklarda mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholashning moliyaviy koeffitsientlar usulidan to‘liq foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim. 5. Respublikamiz tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazani shakllantirish orqali banklar kreditlash salohiyatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari asoslandi. O‘zbekiston bank amaliyotida tijorat banklarining nodepozit mablag‘larni jalb qilish amaliyotini kengaytirish maqsadga muvofiq. Chunki, uzoq muddatli ipoteka qimmatli qog‘ozlari, obligatsiya va depozit 72
sertifikatlarini muomalaga chiqarish orqali banklar mustahkam resurs bazasiga ega bo‘ladi.
6. Tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirishning birlamchi omillaridan hisoblangan aholining muddatli va jamg‘arma depozitlariga nisbatan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan antisipativ foiz stavkalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Bu birinchidan, aholi o‘rtasida muddatli va jamg‘arma depozitlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qiziqish uyg‘otsa, ikkinchidan tijorat banklarining uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Tijorat banklarining resurs bazasi qanchalik yuqori va barqaror bo‘lsa ularni oqilona joylashtirish va transformatsiya riskini kamaytirish imkoniyati tug‘iladi. Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit faoliyatiga joriy etilishi ularning kreditlash salohiyatini barqarorlashtirishga, banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi oshishiga va natijada ular tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni moliyaviy qo‘llab- quvvatlashdagi faolligini oshirishga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi degan fikrdamiz. 73
|
ma'muriyatiga murojaat qiling