- “Mers” – hozirgi kunda
- O‘tgan 135 yil davomida kompaniya yuqori sifatli avtotransport vositalari, avtobuslar, samolyotlar va kemalar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayniqsa, avtomobillar borasida o‘zining omadli loyihalarini amalga oshira oldi.
- 2016 yilda Mercedes-Benz 43,5 mlrd dollarga baholanib, Toyota'dan keyingi 2-o‘rinda edi. Ammo kompaniya 2019 yilga kelib, 60,4 mlrd dollarga baholandi va 1-o‘ringa chiqib oldi.
- Dunyoning eng qimmat brendiga aylangan Mercedes modellari hashamat, ishonch, kuch va hurmat ramzi hisoblanadi. Mercedes'ning omad kalitlaridan biri – u har doim klassik dizayn va eng zamonaviy intererni birlashtira olardi.
- Mercedes'ning ommalashuviga yana bir asosiy sabab – uning narxi oddiy iste'molchi uchun ham qulay bo‘lib, elita uchun ham tinimsiz yangi eksklyuziv modellar taqdim etib boriladi.
- Reklamalari ham yorqinligi va ijodkorligi bilan ajralib turadi – kompaniya marketingga katta e'tibor qaratadi. Marketing uchun xarajatlarini hech qachon ochiqlamagan bo‘lsa-da, Mercedes'ning Formula-1dagi jamoasi rahbari Toto Volfning aytishicha, jamoaning poygada ishtiroki uchun “Daymler” konserni aylanmasining 10 foizi sarflanadi.
- Gigant kompaniya 135 yillik faoliyati davomida brend o‘zining raqobatbardoshligini saqlab qolish, haqiqiy shedevrni taqdim etish uchun texnik imkoniyatlarini muntazam oshiradi. Shu maqsadda yo‘lga qo‘yilgan “aqlli” avtolar buning isbotidir.
- Avtomobil bozorida lider bo‘lmish Mercedes'ning C klassdagi modellari Ginness rekordlar kitobiga “Eng chidamli avtomobil” sifatida kiritilgan. Tarixda eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingida ham aynan S klassdagi avtomobillar 10 000 000 dan ortiq sotilgani bilan o‘rin egallagan.
Mercedes kompaniyasida hozirda 152 mingdan ortiq odam ishlaydi. Kompaniya erishgan yutuqlar barchasi xodimlar tufayli deb biladi va rahbariyat ular uchun barcha sharoitni yaratadi. Masalan, xodimlar uchun taqdim etilgan ijtimoiy paketda bepul tibbiy xizmat, sug‘urtalar, til o‘rganish va o‘qish uchun to‘lovlar, bepul ovqatlanish kiritilgan.Xodim o‘zini yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida his qilishi ish beruvchi uchun muhim. 1997 yildan buyon Mercedes kompaniyasida yo‘lga qo‘yilgan tizimga ko‘ra, xodimlar har bir yaxshi ishi uchun mukofotlanadi. Misol uchun, bir yilda konsern faqatgina yuqori klassdagi avtomobillar sotuvidan 13 mlrd yevro daromad qilgan va rahbariyat shu daromadning bir qismini konsernda ishlaydigan 130 mingdan ortiq ishchilarning har biriga 5400 yevrodan mukofot sifatida ulashgan.Balki shular sabab kompaniya 2017, 2019 va 2020 yillarda “Eng jozibali ish beruvchi” sifatida tan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |