Toshkent moliya instituti moliya fakulteti
Amaliyot obyekti faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish
Download 339.5 Kb.
|
Hisobot
1. Amaliyot obyekti faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish.
Men amaliyotimni Toshkent shahar Chilonzor tumani "GLOBAL EDUCATION IN TASHKENT" da o’tashim davrimda bu muassasaga tegishli barcha hujjatlar bilan tanishib chiqdim. GET (Global Education in Tashkent) - bu nodavlat ta`lim muassasasi, innovatsion ta'lim dasturlariga ega bo'lgan va o'zida xorijiy ta'lim texnologiyasini mujassam etgan abituriyentlar maktabi hisoblanadi. Manzili: Toshkent shahar, Chilonzor Metro bekati, INTEGRO Biznes Markazi, 4-qavat. GET (Global Education in Tashkent) ning maqsadi Abituriyentlarni O'zbekiston va Jahondagi ko'plab nufuzli Oliy Ta'lim dargohlariga yuqori natijalar bilan o'qishga kirishiga tezkor va sifatli tayyorlash. Direktor
Mas'uliyat tarkibiga vakillik funktsiyalari, o’qituvchilar faoliyatini monitoring qilish, shuningdek eng muhim operatsiyalarni bajarish kiradi: - Xodimlar uchun rag'batlantirish, bonuslarni ishlab chiqish; - Marketing funktsiyalari (raqobatdosh markazlarni kuzatib borish, o'xshash va yangi xizmat ko’rsatish, yangicha metodikalar paydo bo'lishini tahlil qilish); - Mehnat qonunchiligiga muvofiq, xodimlarni yollash va ishdan bo'shatish; - Banklarda muassasa hisob raqamlarini ochish. Bosh buxgalter. - Muassasa garchi nodavlat ta’lim muasassasi bo’lsa-da, buxgalter o'z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish to'g'risidagi Nizomga asoslanadi. Nizom buxgalteriya yozuvlarini tashkil etish va yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibini belgilaydi. - Buxgalteriya hisobini tashkil etish uchun markaz direktori javobgardir. Bosh buxgalterning asosiy vazifalari: - Markazning moliyaviy-xo'jalik faoliyati hisobini tashkil etish; - Mulkning saqlanishi, mablag' va moddiy boyliklarning to'g'ri sarflanishi, tejamkorlik va xarajatlarni hisobga olishning eng qat'iy rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat. Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun u quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - Muassasaning mol-mulki, majburiyatlari va xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini jismoniy ko’rsatkichlar asosida pul bilan ifodalaydi; - Tashkiliy shaklni o'zi belgilaydi buxgalteriya ishlari va boshqaruvning o'ziga xos shartlariga asoslanib, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi shakli va usullarini, shuningdek buxgalteriya ma'lumotlarini qayta ishlash texnologiyasini aniqlaydi, ishlab chiqarish ichidagi buxgalteriya hisoboti, hisobot va nazorat tizimini ishlab chiqadi; - Markazning asosiy fondlari, kompyuter, printer, parta, stul, doska, qog’oz, pul mablag'lari va boshqa qiymatlarni hisobga olish xarajatlari, xarajatlar smetasini rasmiylashtirishni tashkil etadi; hisobot xarajatlari, balans va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash; - Tasdiqlangan me'yorlar, standartlar va smetalarga muvofiq mulkning mavjudligi va harakatlanishi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan nazoratni ta'minlaydi; Iqtisodiy va moliyaviy faoliyatda yuzaga keladigan salbiy hodisalarni o'z vaqtida ogohlantiradi, xo'jalik ichidagi zaxiralarni ochadi va safarbar qiladi. Download 339.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling