Toshkent Moliya Instituti Moliya va Moliya texnologiyasi yo’nalishi mmt-96K-2 talabasi Atakulova Nilufar ning Buhgalteriya hisobi va audit fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.95 Mb.
|
nilufar audit
Toshkent Moliya Instituti Moliya va Moliya texnologiyasi yo’nalishi MMT-96K-2 talabasi Atakulova Nilufar ning Buhgalteriya hisobi va audit fanidan tayyorlagan taqdimotiMavzu:Ishlab chiqarish jarayoning hisobi Reja: 1. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari 2. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuliKorxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha ida – mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling