Toshkent moliya instituti «moliya»kafedrasi


Strategigik moliyaviy tahlilni amalga oshirish jarayonida ko’rib chiqiladigan asosiy moliyaviy muhit turlari (2-rasm)4


Download 63.97 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi63.97 Kb.
#1158062
1   2   3   4
Bog'liq
KURS IWWI3

Strategigik moliyaviy tahlilni amalga oshirish jarayonida ko’rib chiqiladigan asosiy moliyaviy muhit turlari (2-rasm)4
- bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit;
- bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tashqi moliyaviy muhit;
- ichki moliyaviy muhit.
Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit uzoq muddatli davrda tashkilotga, korxonaning moliyaviy faoliyati shakllari va yo’nalishlariga ta’sir etuvchi makrodarajada yuzaga keluvchi shart-sharoitlar va omillar tizimi bilan tavsiflanadi. Korxonaning ular ustidan to’g’ridan-to’g’ri nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. Tashqi moliyaviy muhitning bunday turi aniq bir korxonaga nisbatan munosabati bo’yicha namoyon bo’lishi individual xususiyatlari bilan tavsiflanmaydi. Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit shart-sharoitlari shakllanishida davlat moliyaviy siyosati va korxonalar moliyaviy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish muhim rol o’ynaydi. Bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tashqi moliyaviy muhit korxonaning kontragentlar bilan moliyaviy operatsiyalar va bitimlar bo’yicha moliyaviy munosabatlari jarayonida shakllanadigan, tashkilotga, uning moliyaviy faoliyat shakllari va natijalariga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Bunda bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tashqi moliyaviy muhit o’zaro bog’liq aloqalar jarayoniga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday kontragentlar bilan moliyaviy faoliyat bo’yicha samarali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish korxona uchun ijobiy bo’lgan tegishli shart-sharoitlar va omillar tizimini boshqarish imkonini beradi. Ichki moliyaviy muhit korxona rahbariyati va moliyaviy xizmat mutaxassislari bevosita nazorati ostida bo’lgan korxonaning eng yaxshi natijalariga erishishi maqsadida moliyaviy faoliyat shakllari va ularni tashkil etishni tanlashda yuzaga keluvchi shart-sharoitlar va omillar tizimini tavsiflaydi. Ichki moliyaviy muhit korxonaning strategik davrda qo’yilgan maqsad va vazifalariga erishish imkonini beruvchi moliyaviy imkoniyatlarni ham o’z ichiga oladi.
Korxona moliyaviy faoliyati sohasida strategik maqsadlarining asosiy elementlarini ishlab chiqish strategik moliyaviy tahlil natijalariga asoslanadi. Strategik moliyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonani rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin bo’lgan yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirishning samaradorligiga ichki va tashqi omillar ta’sirini o’rganish jarayonini o’zida aks ettiradi.
3. Tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy strategiyani shakillanishining dolzarb muommolari va uni bartaraf etish usullari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlarni bundan buyon ham erkinlashtirish, ularga katta iqtisodiy erkinlik berish kabi muhim masalalar shu kunning dolzarb muammosiga aylangan. Bu muammo yechimi bir tomondan, korxonalarning mustaqilligini yuqori darajada kengaytirish va ularning o‘z faoliyati natijasi uchun mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning yuqori tashkilotlar, turli nazorat organlarining aralashuvini cheklash zarurligini taqozo etmoqda.
Poytaxtimizda 56 ming 691 tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda, – deydi 5Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi raisi To‘rabek Nazarov. – Joriy yilda shundan 4 ming 285 nafari o’z faoliyatini to’xtatgan. Mazkur tadbirkorlik subyektlarining faoliyat yuritmasligi holatlari o’rganilganda boshlang’ich sarmoya va aylanma mablag‘larning yetishmasligi, xomashyo taqchilligi, kredit olish uchun garov mol-mulkining yo‘qligi, tadbirkorlarning sohaga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan yetarli darajada xabardor emasligi ma’lum bo‘ldi. Partiyamiz deputatlik guruhi va partiya faollari joylardagi muammolarni o‘rganib mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda joriy yilning yanvar-fevral oylarida ellikdan ortiq tadbirkorlik subyektini qayta oyoqqa qo‘yishga ko‘maklashdi. Bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda. Tadbirkorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarning aksariyati quyidagi sohalarda vujudga kelmoqda:
- 41,6 % bo‘sh turgan bino-inshootlarni “nol” qiymatda olish, auksion savdolarida ishtirok etish, yer ajratilishi;
-32,2 % bank-moliya, kredit, garov ta’minoti;
-10,6 % xom ashyo resurslarini sotib olish, birja savdolar ishtirok etish;
-4,3 % kommunikatsiya tizimiga ulanish, arxitektura va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
-2,7 % qonunbuzarlik, mansab vazifasini suiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, ta’magirlik va korrupsiya;
-1,6 % ruxsatnoma va litsenziyalar, noqonuniy aralashuv;
-7,1 % boshqa muammolar.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida birkorlik subyektlarri uchun: 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik subyektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarining mavjudligidan hamda ularning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari quyidagilarni inobatga olgan holda soddalashtirilsin: 6ayrim faoliyat turlariga faqat malakaviy talablarni belgilash orqali bino va inshoot, xona, asbob-uskuna, texnika vositalari, boshqa jihozlar hamda ularga bo‘lgan shartlarni bekor qilish; faoliyat yo‘nalishidagi ehtiyojdan kelib chiqib mutaxassisni tanlash huquqini berish orqali shtatida mavjud bo‘lishi shart bo‘lgan xodimlarga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish; muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, shu jumladan avtotransport vositalaridan foydalangan holda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish; xizmat ko‘rsatish mamlakat hududidan tashqarisida amalga oshirilishi sababli xorijdan kelgan buyurtmalar bo‘yicha milliy standart va talablarni bekor qilish; “bog‘lovchi-operator” sifatida masofaviy xizmatni ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) faoliyatiga doir maxsus shartlarni belgilash orqali ayrim litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish bo‘yicha talablarni bekor qilish. Adliya vazirligi (R. Davletov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar talablarining mazkur bandga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 11. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatilsin.
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari oldida yuzaga kelayotgan muammolardan biri bu ularga nisbatan amal qilayotgan soliqqa tortish tartiblarining (soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliqqa tortish tartiblari) ular faoliyatiga bir xilda ta’sir doiraga ega emasligidir. Aksariyat hollarda umumbelgilangan davlat soliqlari va yig‘imlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini to‘lash tartibi o‘rnatilgan soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibida kichik korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasi, umumbelgilangan soliqqa tortish tartibiga nisbatan ancha past darajada bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, umumbelgilangan soliqqa tortish tartibida faoliyat yuritayotgan hamda yalpi tushumda qo‘shilgan qiymat hajmi yuqori bo‘lgan kichik korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu holat esa albatta kichik korxonalar uchun tengsiz raqobat muhitini shakllantirishga zamin yaratmoqda. Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolardan biri bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarda realizatsiyasini to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Hindistonda mahalliy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni jahon bozorida realizatsiya qilish, xorijiy davlatlarda maxsus ko‘rgazma va namoyishlarni amalga oshirish, eksporter korxonalarga amaliy yordam berish hamda davlatlarda maxsus marketing tadqiqotlarini amalga oshirib, o‘z xulosalarini mahalliy korxonalarga taqdim etish maqsadida hindiston kooperativ uyushmasi tomonidan maxsus Central Cottage Industries Imporium tashkil etilgan. Mening fikrimcha kelajakda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish strategiyasi quyidagi omillarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:

  1. Korxonalar xarajatlarini quyidagilar hisobiga qisqartirish:

– resurs va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish;
-ishlab chiqarish quvvatlarini optimallashtirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish;
– ishlab chiqarish fondidan chiqarish, ishlab chiqarishni yer maydonlari ijarasi arzonroq joy va hududlarga ko‘chirish, ko‘chmas mulkdan samaraliroq foydalanish);
– ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish (ishlab chiqarish darajasi va sifatini oshirish).

  1. Mahsulot turlarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish va keyinchalik, mavjud innovatsion infratuzilma bilan samaraliroq munosabatlarni o‘rnatish hisobiga, yangi texnologiyalar bozoriga olib chiqish. Bunda viloyatlarda modellashtirish markazlarini tashkil etish orqali, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotlari dizayn va konstruktsiyalash ishlarida eng yangi texnologik yo‘nalishlardan keng foydalanishni ta’minlash lozim. Ularning asosiy maqsadi korxonalarini resurslar bilan ta’minlash, kiyim-kechaklarni dizayni va konstruktsiyalash sohasida yangi texnologik yo‘nalishlarni targ‘ib qilish bo‘yicha xarakatlarini birlashtirish lozim.

  2. Mehnat samaradorligini oshirish. Mehnat samaradorligini oshirish mexanizmlaridan quyidagilarni qo‘llash tavsiya etiladi:

- biznes jarayonlarni optimallashtirish yoki qayta tashkil qilish, sohaga
tegishli bo’lmagan funksiyalarni ajratish;
– xodimlar sonini optimallashtirish, funksiyalar takrorlanishini bartaraf etish (qayta tashkil etish);
– xodimlar malakasini va vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish
me’yorlarini oshirish (kadrlar siyosati, me’yorlashtirish);
– jarayonlarni avtamatlashtirish darajasining oshirish;
– uskuna va qurilmalarni yangi texnik asosga o‘tkazish.

  1. Subkontraktatsiya va autsorsing tizimni rivojlantirishdagi kichik va xususiy korxonalar uchun eng dolzarb muammolardan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun xaridor topish hisoblanadi. Yirik kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismini nisbatan kichik korxonalarga berishini ko‘zada tutuvchi subkontrakttsiya va autsorsing tizimi mazkur masalaning samarali echimi bo‘lishi mumkin. Ayrim xollarda sohaga tegishli bo‘lmagan biznes jarayonlarni yangi tashkil etilgan sho‘’ba korxonalariga – ona tuzilma tomonidankafolatlangan talabga ega bo‘lgan kichik korxonalarga ajratib berish ham mumkin. Autsorsing tizimining takomillashuvi yirik kompaniyalar xarajatlarini kamaytirib, kichik va xususiy korxonalarning raqobatbardosh mahsulotlariga bo‘lgan talabini oshirib, iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshiradi.

  2. Korxonalar marketing faoliyatini faollashtirish ularni quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishini ko‘zda tutadi: marketing faoliyatini boshqarishda innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy qilish; pozitiv tashqi axborot muhitini va iste’molchilar bilan ishonchli munosabatlarni shakllantirish; ommaviy axborot vositalaridan, shu hisobda elektron vositalardan foydalanib hudud korxonalarining o‘z mahsulotini reklama qilishi va ilgari surishi; brendingni va brend darajasiga mos ilgari surish dasturlarining rivojlantirish.

  3. Mahalliy mahsulotlarni savdo tarmoqlari orqali ilgari surishga ko‘maklashish. Mahalliy mahsulotni viloyatlardagi iste’molchilar bozoriga chiqishini soddalashtirish maqsadida savdo firmalari va tikuvchilik hamda poyafzal ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Bizningcha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha ravishda maxsus loyihalarni amalga oshirish hamda bu borada rivojlangan davlatlar tajribalaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

4. Tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy strategiyani shakillanishining xorij tajribasi.


Moliyaviy strategiyani shakillantirishda Rossiya tajribasiga nazar solsak: Tashkilotning moliyaviy strategiyasining barcha tarkibiy qismlarini amalga oshirish natijasida uzoq muddatli moliyaviy reja ishlab chiqiladi. U barcha funktsional strategiyalarni va tashkilotning umumiy strategiyasining bir qismi sifatida ilgari ishlab chiqilgan strategik maqsadlarga erishishni ta'minlaydigan rivojlanish rejasini qamrab olishi kerak.
Rossiya tajribasida Moliyaviy strategiyaning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1.Tadbirkorlik faoliyatining tuzilishi.
2.Zaxira fondini boshqarish.
3.Aktivlar tarkibi (aylanma va aylanma aktivlar nisbati).
4.Mas'uliyat strategiyasi (kapitalni oshirish).
5.Funktsional strategiyalar va asosiy dasturlarni moliyalashtirish strategiyasi.
6.Moliyaviy risklarni baholash.
Moliyaviy strategiyaning ushbu tarkibiy qismlaridan foydalanish natijasida uzoq muddatli moliyaviy rejani ishlab chiqish kerak. U funktsional strategiyalarni, asosiy dasturlarni birlashtirishi va muvozanatlashi, asosiy strategiyada tasdiqlangan strategik maqsadlarga erishishni ta'minlashi kerak. Moliyaviy strategiyaning tarkibiy qismlarining har biri o'zining ichki tuzilishiga ega.
1.Tadbirkorlik faoliyatining tuzilishi.
O'z va qarz kapitalidan foydalanish orqali rivojlanish rejasini moliyalashtirish. O'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirish sof foydani taqsimlash va uning bir qismini qayta investitsiya qilish uchun ajratish yoki aktsiyadorlarning (egalarining) qo'shimcha badallari yoki investorlarni jalb qilish (aktsiya uchun to'langan mablag'larni rivojlanish maqsadlariga o'tkazishda biznesdagi ulushini sotish) orqali amalga oshiriladi. )
2. Zaxira fondini boshqarish.
Biznes zaxira bilan amalga oshirilishi kerak. Moliyaviy zaxiralarning etishmasligi moliyaviy boshqaruvning eng keng tarqalgan muammolaridan biridir.
Zaxira fondi qulay davrda tuziladi va inqiroz davrida sarflanadi.
miqdori.
3. Aktivlar tuzilishi.
Korxonaning rentabelligi aylanma va aylanma mablag'larning nisbatiga bog'liq. Agar ishlab chiqarish tashkilotida aylanma mablag'lar 7 dan 1 gacha bo'lgan aylanma mablag'lar bilan bog'liq bo'lsa, biz darhol biznesning rentabelligi past (yoki nolga teng) va, ehtimol, istiqbollar nochor deb taxmin qilishimiz mumkin.
4. Kapitalni oshirish strategiyasi.
Tashkilotning qo'shimcha kapital jalb qilish qobiliyati moliyaviy salohiyat orqali baholanadi. Bu kapital qiymatining parametrlarini, uni jalb qilishning maqbul vaqtini va xavf darajasini hisobga olgan holda, tashkilotning kapitalning maksimal miqdorini (pul mablag'larini) to'plash qobiliyatida yotadi.
Asosiy funktsiyalar bo'yicha strategiyalarni ishlab chiqish foydalidir: marketing, ishlab chiqarish, xodimlarni boshqarish, logistika. Har bir funktsiya uchun o'zining funktsional strategiyasi ishlab chiqiladi va uni moliyalashtirishni moliyaviy strategiyada aks ettirish maqsadga muvofiqdir. Asosiy dasturlar odatda tashkilotning barcha asosiy funktsiyalariga ta'sir qiladi, ular odatda tashkilotning etakchi asosiy strategiyasi hisoblanadi va shuning uchun ularni moliyalashtirish alohida moliyaviy reja shaklida ko'rib chiqiladi.
Xorij tajribasida ham Moliyaviy strategiyaning o'ziga xos tamoyillari mavjud:
Oddiylik
Shunga qaramay, moliyaviy strategiya oddiy va barcha xodimlar uchun tushunarli bo'lishi kerak. Masalan, “tashkilotimiz xarajatlarni tejash bo‘yicha mamlakatimizda eng yaxshisi bo‘lgani uchun o‘zimizda to‘plangan mablag‘lar hisobidan rivojlanish imkoniyati mavjud”.
Doimiylik
Doimiylik strategik biznes-jarayonlarning inertial ekanligi va ularning uzluksiz qayta tuzilishi va strategik biznes parametrlarining tez-tez o'zgarishi biznes samaradorligini yo'qotishi bilan bog'liq.
Xavfsizlik
Moliyaviy strategiya o'rnatilgan xavfsizlik chegarasi bilan ishlab chiqilishi kerak, bu tashqi muhit parametrlarini biroz o'zgartirgan holda strategiyaning asosiy parametrlarini saqlashga imkon beradi.
Endi Katta po'lat kompaniyasining moliyaviy strategiyasining bir qismi ko’rib chiqamiz:
“Moliyaviy strategiyamizning asosiy ustuvorliklari
Kuchli moliyaviy holat - sezilarli likvidlik zaxirasi, past leveraj va qarz portfelining muvozanatli tuzilishi.
NLMK naqd pul va undirilmagan kredit liniyalarining sezilarli likvidlik zaxirasiga ega. Kompaniyaning likvid mablag'lari uning qisqa muddatli qarzlaridan sezilarli darajada oshadi.
Tsiklning barcha davrlarida qarz yukining qulay darajasi har doim NLMKning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib kelgan. So'nggi yillarda kapitalni ko'p talab qiladigan o'sishga qaramay, NLMK Rossiyada va butun dunyo bo'ylab eng past darajadagi po'lat kompaniyalaridan biri bo'lib qoldi. NLMK kelajakda qarz yukini bosqichma-bosqich kamaytirishni rejalashtirmoqda va sof qarz / EBITDA nisbatini 1,0x gacha kamaytirishni maqsad qilgan.
Qarz portfelining tuzilishi va qarzni to'lash jadvali hozirda biz uchun qulay. Oxirgi ikki yil davomida biz qarz portfelimizni faol boshqardik va Rossiya va xalqaro kapital bozorlariga chiqish tufayli uni to‘lash muddati uzoqroq va past foiz stavkalariga ega bo‘lgan moliyaviy majburiyatlar foydasiga qayta tuzdik”.Bizningcha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha ravishda maxsus loyihalarni amalga oshirish hamda bu borada rivojlangan davlatlar tajribalaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa
Korxonalar faoliyati samaradorligini ta’minlashda korporativ strategiyani shakllantirish va amalga oshirish istiqbolli moliyaviy rejalashtirishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Bunda korxonalar miqyosida moliyaviy strategiyani shakllantirish uchun, avvalo, moliya strategiyasining mohiyati, printsiplarini tashkil etish bosqichlari va bu borada e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlarni o’rganib chiqishni zarurat qilib qo’yadi. Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo’lib, tashqi vositalar o’zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo’llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo’nalishlarini samarali tashkil etish yo’lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo’nalishlarini ta’minlashni o’zida aks ettiradi. Korxonalarda moliyaviy strategik tahlilni tashkil etish va ularni samarali boshqarishda asosiy e’tiborli jihati, moliyaviy resurslardan optimal foydalanish va ularni moliyalashtirishni yangi manbalarni izlab topishdan iborat bo’lib hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini o’sishiga, boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga, korxona moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlashga yo’naltirilgan bo’lmog’i lozim. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda korporativ boshqarish tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq keladi deb hisoblaymiz va bu boradagi xorijiy amaliyotdan foydalanish yuqori samaralarga olib keladi.


Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, yuqorida keltirib o’tilgan korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqish printsiplariga to’liq amal qilinishi, xususan, korxona istiqbolli moliyaviy rivojlanishining dominant soha (yo’nalish)larida korxonalar moliyaviy resurslarini shakllantirish strategiyasi, taqsimlash strategiyasi, moliyaviy xavfsizligini ta’minlash strategiyasi, moliyaviy faoliyatini boshqarishning sifatni oshirish strategiyasi mukammal ishlab chiqilishi korxonalar faoliyati barqarorligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’zbekiston respublikasi president farmonlari qarorlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-y 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

  1. Toshmurodova B.E., Elmirzayev S.E., Axmedov X.R. Korporativ moliya strategiyasi. O’quv qo‘llanma / O‘zRO va O‘MTV TMI “Iqtisod-moliya”

2 “Korporativ molliya strategiyasi” S. Elmirzayev H. Axmedov Toshkent “Iqsod-Moliya” 2019y

  1. Axmedov X. Korxonalarda moliyaviy strategiyani ishlab chiqishning nazariy jihatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. 2016 y

  2. Савцова А.В Ушвицкий Л.И, Карпов П.Н Финансовая стратегия предприятия: формирование и реализация 2016г

  3. Ахмедов А. Э., Смольянинова И. В., Шаталов М. А. Современные под­ходы к разработке финансовой стратегии предприятия // Территория науки. 2017

Internet saytlari
www.uza.uz
www.soliq.uz
www.mf.uz
www.btkss.uz
www.standart.uz


1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga 4-ILOVA

2 Toshmurodova B.E., Elmirzayev S.E., Axmedov X.R. Korporativ moliya strategiyasi. O‘quv qo‘llanma / O‘zRO
va O‘MTV TMI. –T: “Iqtisod-moliya”,

3 Toshmurodova B.E., Elmirzayev S.E., Axmedov X.R. Korporativ moliya strategiyasi. O‘quv qo‘llanma / O‘zRO
va O‘MTV TMI. –T: “Iqtisod-moliya”,

4 korporativ molliya strategiyasi S. Elmirzayev H. Axmedov o’quv darslik

5 https://www.standart.uz/ru/news/view?id=709

6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”






Download 63.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling