Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana02.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#197100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
strategik boshqaruv tizimini tashkil etish

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...............................  62 

 

 

 

 


 

KIRISH 



 

Bitiruv 

malakaviy 

ishi 

mavzusining 

dolzarbligi

Iqtisodiyotni 

modernizatsiya  qilish  sharoitida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlarning 

samarali  amalga  oshirilishi  uchun  boshqarishning,  ayniqsa  strategik 

boshqaruvning  turli  sohalarida  ijobiy  o`zgarishlar  bo`lishi  muhim  vazifalardan 

biri  sanaladi.  Bozor  munosabatlarining  shakllanishi  natijasida  korxonalarni 

strategik  boshqarishda  yangi  talablar  paydo  bo`lmoqda.  O`zbekiston 

iqtisodiyotining zamonaviy o`tish bosqichi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi 

va  turli  xil  mulkchilik  shakllariga  o`tish  bilan  tavsiflanadi.  Bu  o`z  navbatida 

samarali  boshqarishning  zarurligini  taqozo  etadi.  Samarali  boshqarish  o`z 

navbatida  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  raqobatbardoshligini  va  buning 

natijasida  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  ta`minlashda  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.  

  Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek : “...buyuk maqsadlarni o’z 

oldimizga  qo’yar  ekanmiz,  bugungi  kunning  eng  muhim  va  dolzarb  vazifasi  - 

Konsepsiyada  va  uni  amalga  oshirish  strategiyasida  o’z  ifodasini  topgan 

olijanob  maqsadlar  barcha-barcha  yurtdoshlarimiz  uchun  hayot  mazmuni  va 

amaliy intilishlarga aylanib borishini istardim”

1

  

Korxona  muhitida  tashkilotni  maqsad  sari  yo’naltirish,  menejerlarning 



strategik  rejalarini  va  vazifalarini  amalga  oshirish,  tanlangan  strategiyani 

hayotga tadbiq etish kabi faoliyatlarni bajarishga to’g’ri keladi. 

Strategik boshqaruv - bu korxona mavqeini mustahkamlashga, mijozlarning 

ehtiyojlarini  qondirishga  va  muayyan  natijalarga  erishishga  qaratilgan 

boshqaruv rejasidir.  

Korxonalarda  boshqarish  tizimini  barpo  qilish  ishlab  chiqarishni  tashkil 

qilish  va  uning  turiga  to`la  mos  keluvchi  boshqaruv  yaratishdan  va  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  boshqaruvning  har  bir  bo`g`inining  ishlab  chiqarish 

                                                           

1

 I.A.Karimov. Bizning yo’limiz - demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil 



davom ettirish yo’lidir. Prezident Islom Karimovning O’zzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga 

bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi./Xalq so’zi. 2011  yil 8 dekabr, №238 (5405). 




 

texnika,  xo`jalik  ijtimoiy  va  moliyaviy  faoliyatini  boshqarish  bo`yicha  hamma 



funktsiyalarning  bajarilishi  zaruratidan  kelib  chiqadi.  Bu  muammolarning 

yechimi  boshqaruvni  isloh  qilish  boshqaruv  funksiyalarini  samarali  taqsimlash 

boshqaruv  maqsadini  aniq  belgilash  bo`yicha  bir  qator  tadbirlarni  o`tkazish 

orqali amalga oshiriladi.  

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek:  “...Mamlakatimiz  yalpi 

ichki  mahsuloti  8,1  foiz,  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmi  8,3  foizga,  qishloq 

xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  6,9  foiz,  kapital  qurilish  10,9  foiz,  chakana  savdo 

aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 

foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.”

 2

 



Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va tashkilotlarda, xususan 

loyihalar  tashkilotlarida  hamon  boshqaruv  tuzilmasida  ortiqcha  bo`g`inlar 

mavjud  bo`lib,  bular  o`z  navbatida  yuqorida  ta`kidlaganimizdek,  strategik 

boshqaruvda  mehnat  unumdorligining  pasayishiga  va  pirovard  natijada 

korxonaning  yakuniy  faoliyatiga  salbiy  ta`sir  ko`rsatmoqda.  Shu  sababli  bozor 

iqtisodiyotini  erkinlashtirish  sharoitida  korxonalarda  strategik  boshqaruv 

tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning 

muhim  vazifalaridan  biri  hisoblanganligi  ham  mazkur  bitiruv  malakaviy  ishi 

mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi.  


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling