Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi
-rasm. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
strategik boshqaruv tizimini tashkil etish
6-rasm. Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat
bankining Bo’ka filialining tashkiliy strukturasi 12 Bankning ichki audit xizmati filiali faoliyati butun bank faoliyati bilan birga taftish qiladi. Bunday taftishni, shuningdek bevosita filiali taftish qilish qilish yoki tekshirish uchun bank Boshqaruvi tuzadigan komissiya ham o’tkazishi mumkin. Filialda taftish va tekshiruvlar o’tkazish tartibi amaldagi me’yoriy hujjatlar va bank ustavi bilan belgilanadi. Bank filiali faoliyati Markaziy bank va boshqa idoralar tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq taftish qilinishi va tekshirilishi mumkin. Filial o’z mijozlari va vakillarining operatsiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg’armalariga doir ma’lumotlar sir saqlanishini ta’minlaydi. Filialning barcha
12 “Savdogarbank” ATBning ma’lumotlari Boshqaruv Raisi
Boshqaruv Raisining birinchi o’rinbosari
Kredit bo’limi Bosh buxgalter
Plastik kartochkalar bo’limi Yuridik boshqarma boshlig’i
Ichki monitoring (audit) bo’limi Kassa bo’limi Kadrlar bo’limi 36
xizmatchilari bank, uning mijozlari va vakillarining bank operatsiyalari, hisobvaraqlari va jamg’armalariga doir ma’lumotlarni sir saqlashlari shart. Strategiyani shakllantirish va tadbiq etish oliy rahbariyat zimmasida bo’lganligi uchun direktorlar kengashining strategik roli strategik muammolarni to’g’ri hal etishni nazorat qilishdan iboratdir. Direktorlar kengashi muhim strategik harakatlarni nazorat qiladi va strategik rejalarni rasmiy quvvatlaydi. Kamdan-kam vaziyatlarda direktorlar kengashi strategiyani yaratishda etakchi rol o’ynaydi. Strategik boshqaruv jarayonida direktorlar kengashining roli strategik harakatlarni tanqidiy baholash va kelajak strategiyasini amalga oshishini ta’minlashdan iborat. Direktorlar kengashining asosiy vazifalaridan yana biri oliy rahbariyatning strategiyani yaratish va amalga oshirish sohasidagi malakasini nazorat qilish ya’ni, direktorlar kengashi ijrochi-direktori va boshqa rahbarlar o’z vazifasini qanday bajarayotganini baholashdan iboratdir. Ichki aqliy potentsialni safarbar qilish orqali tashkilot muvaffaqiyatga erishadi. Ushbu tashkilotlar katta operatsiya smetalari hisobiga emas, balki faoliyatni ustakorlik bilan tanlash, tayyorgarlikka e’tibor berish, kuchli madaniy ta’sir qilish, hamkorlik, motivlash, vakolatlar, tashkiliy moslashuvchanlik, ma’lumotlar bazasining sifatliligi hisobiga muvaffaqiyatga erishadi.
Tayanch ko’nikmalar shakllanib, o’z natijasini bera boshlagandan keyin ham strategiyani amalga oshirish uchun javobgar shaxslarning tinchlanishga haqi yo’q. Bozordagi vaziyatni o’zgarishini e’tiborga olib, ko’nikmalarni doimo kengaytirish, guruhlash va rivojlantirish lozim. Chunki ko’nikmalar tashkilotni raqobat ustunligini yaratadi. Tashkilotni o’ziga xos maxsus ko’nikmalarini raqobatchilar o’zlashtirishi juda mushkul. Shu sababli maxsus ko’nikmalar uzoq muddatli ustivor raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling