Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari
Korxona boshlig’i
26
tuzadi, o’z nomidon boshqa shaxslarga ishonchnomalar beradi, banklarda hisob- kitob raqamlarini ochadi va pul mablag’larini belgilangan maqsadlar yo’lida ishlatadi. Bosh muxandis-korxonadagi barcha ishlarning rahbari va tashkilotchisi hisoblanadi. Korxona rahbari ishda bo’lmagan taqdirda korxona rahbari vazifasini bajaradi. Bosh hisobchi-korxona tomonidan amalga oshiriladigan barcha xo’jalik muammolarining nazorat qilinishini va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishini, tezkor ma’lumotlar taqdim etilishini, buxgalteriya hisobotining belgilangan muddatlarda tuzilishini, ichki xo’jalik zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari asosida korxonaning ho’jalik-moliyaviy faoliyatini ta’minlaydi. Korxona rahbari bilan birgalikda tovarmoddiy boyliklar va pul mablag’laridan qabul qilish va berish uchun asos bo’lib hisoblanadigan xujjatlarni, shuningdek hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlarni, hamla korxona shartnomalarini imzolaydi. Moliya bo’limi-korxonaning moliyaviy operatsiyalarini boshqaradi, uning kirim va chiqimlarini ishlab chiqaradi, ularning sarflanishi ustidan nazorat o’rnatadi, kreditlar olinishini va byudjetga soliqlarning to’lanishini ta’minlaydi. Marketing va mahsulot sotish bo’limi-bozorni o’rganadi, mahsulot qo’yilishi bo’yicha shartnomalar tuzadi, mahsulotni xaridorga etkazib berish ishlarini amalga oshiradi. Ta’minot bo’limi-ishlab chiqarish va qurilish ishlarida to’liq qatnashib, ishlab chiqarish jarayonini zarur materiallar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, bilan shug’ullanadi. Xodimlar bo’limi odatda, direktor o’rinbosarlaridan biriga yoki direktorning o’ziga bo’ysinadi. Uning zimmasiga ishchilarni yollash va ishdan bo’shatish; xodimlarning ishga chiqishini ro’yxatdan o’tkazish; ish kunirejimiga, intizomga rioya etilishini nazorat qilishi; xodimlarni o’qitish; ishlovchilarga texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar o’tkazish vazifalari yuklatiladi. Hisobot bo’limi-moddiy va moliyaviy resurslarning korxonaga kelishini va
27
ketishini, ishchi kuchlarining hisobini yuritadi, korxona faoliyati bo’yicha hisobotlarni tayyorlaydi va ularni korxona rahbarlariga, shuningdek davlat va mahallity xo’jalik organlariga taqdim etadi. Ularning majburiyatlariga asosan korxonaga muxandislik-texnika xizmatini ko’rsatishdan iborat. Texnika nazorat bo’limi-chiqarilayotgan mahsulot sifati ustidan yalpi nazorat o’rnatadi: ish joylarida operatsiyalarning sifatli amalga oshirilishini nazorat qiladi: korxonaga kirib kelayotgan materiallar va boshqa buyumlar sifatining nazorat qilinishini tashkil etadi. Energitik bo’limi-texnologik, energetika va issiqlik qurilmalariga xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va hamda takomillashtirish ishlarini tashkil etadi, korxonaning elektr va issiqlik energiyalari bilan taminlanishini, ularning taqsimlanishini ta’minlaydi, sarflanishini nazorat qiladi. Korxonada mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, olinadigan foyda miqdorini yanada oshirishning ko’plab imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayapti. Shu va shu kabi yana ko’plab tadbirlarni amalga oshirish hozirgi vaqtda korxona ma’muriyati oldida turgan vazifalardandir. Bu ishlarni amalga oshirish uchun avvalambor, korxonadagi boshqaruv strukturasini yanada takomillashtirish talab etiladi. Keraksiz va samara bermayotgan bo’limlar o’rniga, samara berishi mumkin bo’lgan bo’limlarni ochish va faoliyatini takomillashtirish lozim. Korxonada boshqaruv faoliyatini iqtisodiy samaradorligini oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardandir.
"FAZILAT-SAGE" MChJning asosiy faoliyati qurilish mollari ishlab chiqarish va sotish faoliyati bo’lib, shunindek, Chakana va ulgurji savdo va savdo vositachilik faoliyati bilan ham shug’ullanadi: 2-jadvaldan "FAZILAT-SAGE" MChJning asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari, ya’ni mahsulotlarni sotishdan sof tushum 2013 yildagi 1764161 ming so’m dan 2014 yilda 2116995 ming so’mga oshganligini ko’rishimiz mumkin. Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 1682469 ming so’mni tashkil qilib, 112%ni tashkil qildi. Mahsulot sotishdan yalpi foyda
|
ma'muriyatiga murojaat qiling