Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi
"FAZILAT-SAGE" MChJning mehnat resurslaridan foydalanish
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari
2.3. "FAZILAT-SAGE" MChJning mehnat resurslaridan foydalanish
samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili Mehnat resurslaridan samarali foydalanish mulk shaklidan kat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun o’ta muhimdir. Chunki mehnat qancha samarali bo’lsa, iqtisodiy ko’rsatkichlar shuncha yuqori bo’ladi. Shu tufayli ushbu gurux ko’rsatkichlarni alohida baholash va tahlil qilish lozim. Mehnat resurslari samaradorligi ham samaradorlikning umumiy tamoyiliga asoslangandir, ya’ni uni aniqlash uchun natijani (Q) mehnat resurslari (Mr) nisbatiga bo’lish lozim. Ammo turli sohalarda natija ham har xil ko’rsatkichlar bilan o’lchanishi mumkin. Bu tahlilning vazifasi va ahamiyatidan kelib chiqadi. Bunda barcha sohaga umumiy bo’lgan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish ma’qul. Bunday ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 1.
Mehnat resurslarining natijaviyligi; 2.
Mehnat resurslarining rentabelligi; 3. Mehnatresurslarining daromadliligi; Ushbu ko’rsatkichlarning har birini aniqlash yo’llarini alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mehnat resurslarining natijaviyligi (Mg.p)
natijaning mehnat
resurslarining nisbati bilan aniqlanadi. Natijada qanday ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin? Bu o’rganilayotgan sohasiga, tahlilning maqsadiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan: ishlab chiqarish sohasida asosiy natijaviy ko’rinish ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi, tayyor mahsulot xajmi bo’lishi mumkin. Bu tahlilning qaysi ko’rsatkichni qaysi maqsadlar uchun o’tkazilayotganligiga bog’lik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari uchun mahsulotning sotilishi muhim. Shu jihatdan ko’p xollarda sotilgan mahsulot xajmi olinadi. Savdo soxasida natijaviy ko’rsatkich tovar oboroti , transport korxonalarida yuk oboroti, qurilishda bajarilgan ishlar xajmi kabi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Agar natijani «Q» deb belgilasak, uning mehnat resurslariga (Mr) nisbati, ya’ni mehnat resurslarining natijaviyligi quyidagicha aniqlanadi: 33
Mr nt =Q/Mr (6) Ushbu ko’rsatkich 1 so’m mehnat resursiga qancha so’m miqdorida natija (mahsulot, tovar oboroti, yuk oboroti kabilar) tug’ri kelganligini ifodalaydi. Buni boshqacha so’z bilan mehnat unumdorligi deb ham atash mumkin. Ushbu ko’rsatkich qancha ko’p bo’lsa, mehnat resurslarining samaradorligi shuncha yuqori ekanligidan dalolat beradi.
(Mr) ,
Mehnat resurslarining natijaviyligi Mehnat resurslarining rentabelligi Mehnat resurslarining daromadliligi
Mr„=Q/Mr Mg g =F/Mr
Mr d =Z/Mg
1Mg. miqdoriga necha so’m mahsulot to’g’ri summasi to’g’ri kelishini ifodalaydi 1Mg.
miqdoriga qancha
daromad summasi to’g’ri kelishini ifodalaydi Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling