Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#250831
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari

 

 

 

3-rasm. Mehnat jarayonlarini mukammallashtirish bilan bog’liq 

bo’lgan ishlarning asosiy bosqichlari sxemasi

10

 



Mehnatning  ilg’or  usul  va  uslublarini  ishlab  chiqish  va  ularni  amaliyotga 

                                                           

10

 Bulanov I.S, Volgin R.A. Rinok truda. Uchebnik. – M.: Ekzamen, 2007. – 479 str. 



1-bosqich 

 

Umumiy (dastlabki) tashchlil 



Mukammalashtirish ob’ektini tanlash   

Tatbiq etish imkoniyatining chegarasini aniqlash                        

Dastlabki iqtisodiy bashcho (fikr)                

Kuzatish ob’ektini tanlash             

Batafsil tashchlil etishga tayyorgarlik 

Tekshirish uslubini tanlash              

Mehnat jarayonini difirentsialash 

Fiksaj nuqtalarini aniqlash 

 

Kuzatishni tashkil etish 



Batafsil tahlilni o’tkazish 

Kerakli kuzatuvlarni o’tkazish              

Kuzatuv natijalariga ishlov berish         

Kuzatuv natijalarini rasmiylashtirish 

 

2-bosqich 



 

Mukammal mehnat jarayonlarini loyihalashtirish 

Ketma-ket 

bajarishning 

mukammalashgan 

usullarni aniqlash 

 

Sintez  meshchnat  usullarini  davom  ettishini 



aniqlash           

Operatsiya uchun ketgan vaq sarfini shchisoblash 

 

Instruktsion- texnologik kartani tuzish         



Ish joylari uchun tashkiliy-texnikaviy      tadbirlarni 

ishlab chiqish            

Operatsiyalarni mukammallashtirish      natijasidagi 

iqtisodiy samaradorlikni aniqlash 

 

Xodimlarni meshchnat jarayonlarini mukammallashtirish 



bo’yicha o’qtish 

Xodimlarni  meshchnatning  ilg’or  uslublari  bo’yicha 

ko’rgazmali o’qitish  

Har bir ish joyida rejalashtirilgan tashkiliy-

texnikaviy tadbirlarni joriy etish 

Mehnat usullarining to’g’ri bajarilishini  

nazorat qilish                                     

 

3-bosqich 



 


41 

 

joriy  etishning  umumiy  tartibi  asosan  uchta  bosqichdan  iborat:  qo’llanadigan 



usul  va  uslublarni  tahlil  etish,  oqilona  mehnat  jarayonlarining  sintezi  va  shu 

operatsiyani  bajaruvchi  hamma  xodimlarni  uni  (operatsiyani)  ijro  etishda 

qo’llanilayotgan ilg’or usul va uslublar bo’yicha o’qitish. 

Ilg’or  mehnat  usullari  va  uslublarini  joriy  qilish  1-chizmada  ko’rsatilgan 

tartibda  amalga  oshiriladi.  Ya’ni,  dastlab  qo’llaniladigan  mehnat  usullari  va 

uslublari o’rganib chiqiladi, tekshirish natijalari tahlil qilinib, eng qulay mehnat 

usullari  tanlab  olinadi.  So’ngra  bu  usullar  loyihalashtirilib,  ishlab  chiqiladi  va 

amalga oshiriladi. 

Qo’llanilayotgan  mehnat  usullari  va  uslublari  operatsiyalarining 

murakkabligi, qayta-qayta takrorlanishi va miqdoriga qarab har xil yo’llar bilan 

o’rganiladi.  Bu  holda  ilg’orlar  va  ijodkorlarning  o’zlari  o’z  mehnatlarining 

unumdorligi  va  sifatini  boshqa  xodimlar  yaxshiroq  bajaradigan  usul  va 

uslublarni,  harakatlarni  ishlatib,  yanada  oshirishlari  mumkin.  Mehnat  usullarni 

takomillashtirish  yuzasida  ishlab  chiqarish  ijodkorlari  va  muhandislar  quyidagi 

ishlarni bajarishlari lozim: 

-ikki  qo’lni  ham  bir  vaqtning  o’zida  ishga  solib,  vaqt,  makondagi  tor  va 

keng harakatlar o’rindoshligini; 

-yaxshiroq  yasalgan  moslamalarni  ishlatib,  asboblar  konstruktsiyasini 

o’zgartirib  va  boshqa  tadbirlarni  amalga  oshirib,  tor  va  keng  harakatlarning 

puxta  o’ylangan  izchilligini  ta’minlashni,  qo’lning  oldinga  qarab  qilingan 

harakatdan, keyin qaytish harakatidan unumli foydalanishni; 

-mashina  va  mexanizmlarning  harakati  bilan  kishi  qilayotgan  ishning 

sinroxligini; 

-mehnat va buyumlarning yuqori sifatini ta’minlashlari.    

Hozirgi vaqtdagi ko’pgina mehnat tashabbuslari eng avvalo, ilg’or mehnat 

usul  va  uslublarini  joriy  qilish  bilan  bog’liqdir.  O’z  zamonining  dongdor 

to’qimachilari  -  Lidiya  Pavlovna  Kazantseva  bilan  Evgeniya  Aleksandrovna 

Gubinaning ajoyib tashabbuslari Toshkent to’qimachilik kombinatidan tashqari 

respublikamizning uzoq hududularida ham shuhrat qozongan. Xizmat ko’rsatish 



42 

 

normasiga  muvofiq  24  ta  to’quv  jihozida  ishlash  o’rniga  Kazantseva  48  ta 



jihozda, Gubina esa 42 ta jihozda ishlaydigan bo’ldilar. 

Bunday katta muvaffaqiyatga birdaniga erishilgani yo’q. Bular mehnatning 

ilg’or  usul  va  uslublarini  o’rganish,  shaxsiy  mahoratni  takomillashtirish 

yuzasidan 

tinmay 

olib 


borilgan 

katta 


ish 

natijasidir. 

Masalan, 

L.P.Kazantsevaning  ish  uslubini  o’rganish  uning  ishi  g’oyat  murakkabligini, 

ammo  shu  murakkab  ish  aniq  hisoblarga  asoslanganligini  ko’rsatadi. 

Birinchidan,  ish  kuni  davomida  300  martagacha  uziladigan  o’rish  ipining  har 

birini L.P. Kazantseva me’yordagi 26 sekund o’rniga 16 sekundda ulaydi. Shu 

tariqa har bir operatsiyada 10 sekunddan, smena davomida 50 minutgacha vaqt 

tejaladi.  Ikkinchidan,  u  chaqqonlik,  ish  usullarini  ratsional  navbatlashtirish 

hisobiga ko’p vaqt tejaydi. Uchinchidan, va eng muhimi, o’rish iplari uzilishini 

qisqartirish  yuzasidan  tashkiliy-texnikaviy  tadbirlar  ko’rish,  qo’llanilayotgan 

usukunalarning texnik holatini yaxshilash, ayrim o’zellarni zamonaviylashtirish, 

texnologiyani  takomillashtirish  va  hokazo  yo’llar  bilan  yuqori  mehnat 

unumdorligi ta’min etilgan. L.P.Kazantseva ishlaydigan kompleksda ip uzilishi 

30%  kamaytirilgan.  To’qimachilik  sanoatiga  tegishli  korxonalarning 

xususiyatlaridan  biri  –  bunda  bir  xil  ish  usullari  ish  kuni  (smena)  davomida 

hadeb  takrorlanaverishidir.  Masalan,  to’quvchi  ish  kuni  davomida  160-170 

marta  uzilgan  ipni  ulaydi.  To’qimachilik  korxonalaridagi  novatorlar  ish 

usullarini  qo’llanishda  doimo  vaqtni  tejash  payida  bo’ladilar.  Ish  usulida 

tejalgan  har  bir  sekund  hisobiga,  ish  kuni  davomida  juda  ko’p  miqdorda 

minutlar, hatto soatlar tejaladi. 

Shuning  uchun  ham  to’qimachilik  korxonalarida  mehnatning  usul  va 

uslublarini  o’rganib, ularni  joriy  qilishga doimo  katta  e’tibor  berib kelinadi va 

kelinmoqda. Odatda, mehnatning ilg’or uslublarini joriy qilgandagi singari ilg’or 

mehnat  usullarini  joriy  qilishda  ham  masalaning  kompleks  hal  etilishi  ko’proq 

samara  beradi.  Mehnatning  aniqlangan  ilg’or  uslublarini  amalga  tatbiq  qilish 

bilan  birga  ilg’or  mehnatni  tashkil  etishni  ham  joriy  qilish,  mehnatning 

sanitariya-gigiena  sharoitini  yaxshilash  va  boshqa  tadbirlarni  ham  amalga 




43 

 

oshirish zarur. 



Mehnatni ilg’or usul va uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish 

ishlarining  3-bosqichi,  ya’ni  ularni  amaliyotga  joriy  etishning  o’zi  ham  to’rt 

bosqichdan  iborat:  a)  mehnatning  ilg’or  usul  va  uslublarini  joriy  qilishga 

tayyorgarlik ko’rish; b) mehnatning ilg’or usul va uslublarini nazariy o’rganish; 

v)  mehnatning  ilg’or  usul  va  uslublarini  ish  joylarida  amaliy  o’rganish;  g) 

mehnatning  ilg’or  usul  va  uslublarini  joriy  qilish  natijalarini  amalga  oshirish 

yuzasidan tashkiliy-texnik tadbirlar ko’rish.  

Mehnatni  tashkil  etishning  yakka  tartibdagi  (individual)  shakli  va  ilg’or 

mehnat  usul,  uslublarini  o’rganish  ko’rsatmali  va  ixtisoslashtirish  tartibidagi 

operatsiyalarda  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  ko’rsatish  ko’payadi  va  ishlab 

chiqilgan  mahsulotning  yoki  ko’rsatilgan  xazmatning  sifati  yaxshilanadi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  shunday  ish  joylarida  mehnat  unumdorligi  bevosita 

oshadi.  Yigiruvchi,  to’quvchi,  kalava  pishituvchilarning  ish  joylarida  ana 

shunday  hol  yuz  beradi.  Shuningdek,  norma  yoki  smena  topshiriqlarini  oshirib 

bajarish uchun cheksiz imkoniyat beruvchi sharoit yaratiladi. 

Uzluksiz  -  potok  ishlab  chiqarishdagi  ish  joylarida  bunday  sharoit 

yaratilmaydi.  Chunki  potokdagi  har  bir  ish  joyida  qilinadigan  ish  hajmi 

cheklangan bo’lib, potokning umumiy ishlab chiqarish qobiliyati oshmay turib, 

xodim o’z xohishi bilan ishlab chiqarish hajmini oshira olmaydi. Ilg’or mehnat 

usullari  va  uslublari  potokdagi  ayrim  ish  joylarida  joriy  ishlab  chiqarish 

unumdorligini bevosita oshirishga olib kelmaydi, balki xodimning band bo’lishi 

darajasini  pasaytiradi,  uning  toliqishini  kamaytiradi.  Ammo  bunda  ish  yoki 

mahsulot sifati yaxshilashnishi mumkin. 

Yuqoridagi  hollarda  ilg’or  mehnat  usul  va  uslublarini  joriy  qilib 

erishiladigan  jiddiy  natija  mehnatni  tashkil  etish  shakli  –  potok  hamma 

uchastkalarda  takomillashtirilganida  hosil  qilinadi.  Ilg’or  mehnat  usul  va 

uslublarini joriy qilish maqsadida eng ilg’or korxonalarni tanlash ma’qul emas. 

Chunki,  biz  ko’rayotgan  holatda  butun  korxona  jamoasining  tajribasi  emas, 

balki kasbiy tajriba aniqlanadi. Ma’lum operatsiyalarni bajarish bo’yicha ilg’or 



44 

 

kasbiy tajriba o’rtacha korxonalarda ham bo’lishi mumkin.   




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling