Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


 Korxona boshqaruvini takomillashtirishda inson resurslaridan


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/32
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#250831
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari

3.3 Korxona boshqaruvini takomillashtirishda inson resurslaridan 

foydalanishni rivojlantirish yo’llari. 

Bozor  sharoitida  samaradorlikni  baholash  quyidagi  ko’rsatkichlarga 

asoslanish  mumkin:  foyda,  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  foydalilik, 

unumdorlik.  Ilm  –  fan  sig’imi,  fond  sig’imi,  material  sig’imi,  tabiiy 

resurslardan  unumli  foydalanish.  Omillar  bilan  ko’rsatkichlar  o’rtasida 

uzviy  o’zaro  bog’liqlik  mavjud,  samaradorlikni  baholashda  ular  bir  – 

birlarini  to’ldirib  turadilar.  Shuning  uchun  vaqt  doirasida  omillarning 

samaradorlikka ta’sirini to’g’ri belgilash kerak. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mintaqaviy  iqtisodiyotda  barcha 

samaradorlikni oshirish omillari quyidagi guruhlarni o’z ichiga oladi: 

- Ishlab chiqarish va boshqarish texnik darajasining oshishi.  

- Ishlab 

chiqarish 

va 


mehnatni 

tashkil 


etish, 

boshqarishni 

takomillashtirish. 

- iqtisodiyot va ishlab chiqarishning tuzilmaviy o’zgarishi. 

- tarmoq va mintaqaviy omillar. 

- tarmoqlararo omillar. 

Ko’rsatilgan samaradorlikni oshirish omillarining yiriklashgan turlari 

asosan barcha xo’jalik yuritish jarayonining elementlari, harakat turlarini 

o’z  ichiga  olgan  holda,  iqtisodiyot  va  tarmoqlar  uchun  samaradorlik 

ko’rsatkichlari  bir 

xilda  bo’lishini  ta’minlaydi.  Yuqorida  aytib 

o’tilganidek, samaradorlik tushunchalari orasida boshqarish samaradorligi 

alohida o’rin egallaydi. Chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali 

boshqarishga muhtoj. 

Iqtisodiyotning 

boshqarish 

samaradorliga  yig’ilganda,  avvalo 

boshqarish  jarayonining  natijaviyligini  bildiradi.  Agar  boshqarish 

faoliyatining  natijaviyligi  inson  faoliyatining  pirovard  natijaviyligi  bilan 



50 

 

to’g’ri  kelsa,  boshqarish  murakkab,  ko’p  qirrali  ob’ektni  baholash 



bo’yicha to’liq (umumiy) va shaklan samaradorlik bo’liish mumkin. 

Boshqarish  samaradorligini  aniqlashda  uning  namoyon  bo’ladigan 

sohalari  hisobga  olish  kerak:  ishlab  chiqarish  sohasi  va  iste’mol  sohasi. 

Vaqt  bo’yicha  boshqarish  samaradorligi  qisqa  muddatli  va  uzoq 

muddatliga  bo’linadi.  Shuning  uchun  boshqarishga  qisqa  muddatli  emas, 

balki uzoq muddatli samaradorlik xos. 

Boshqarish  samaradorligini  baholashda  quyidagi  tavsiflar  hisobga 

olinishi lozim: 

- tezkorlik  (operativlik),  ya’ni  boshqarish  xarakatlarining  maqsad i, 

vazifalari va iqtisodiyot talablarini e’tiborga olgan holda olib borish;  

- foydalilik  yoki  boshqarishning  tashkiliyligi,  ya’ni  iqtisodiyot  va 

boshqarishning o’zaro ta’sirini tashkil etishni aniq ta’minlash; 

- tejamkorlik yoki natijaviylik, ya’ni boshqarshni ng eng kam mehnat, 

moddiy va moliyaviy xarajatlar bilan boshqarish ob’ektiga ta’sir etish. 

Shunday  qilib,  tezkorlik,  tashkiliylik,  tejamkorlik  boshqarish 

samaradorligining muhim shartlaridir. Boshqarish tizimining birligi uning 

tarmoqqa,  kontsernga  korxonaga  va  mintaka  iqtisodiyotiga  nisbatan 

birligini isbotlaydi. 

Boshqaruvni  takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlarning  iqtisodiy 

samaradorligini  baholashning  qator  masalalari  xarakterga  ega  va  batamom 

hal  etilmagan,  bu  holat  o’z  navbatida,  ishlab  chiqarishni  boshqarishning 

taraqqiyparvar  shakllari  va  usullarini  tadbiq  etishga  to’sqinlik  qiluvchi, 

boshqaruvni  samaradorligini  kamaytiruvchi  va  ko’pincha  ko’rsatilgan 

tadbirlarni  noto’g’ri  baholashga  olib  keluvchi  sabablardan  biri  bo’lib 

qolmoqda. 

Shuni  aytib  o’tish  kerakki,  boshqaruv  xizmati  va 

bo’linmalarining ayrim xodimlari faoliyatini ularning bajargan ishi natijalari 

bo’yicha  baholashni  amalga  oshirishning  iloji  yo’q.  Ularning  faoliyati 

natijalari  boshqaruv  ob’ektiga  ta’sir  qilish  yo’li  bilan  amalga  olshiriladi, 

ya’ni  ishlar  natijalarida  ko’rinadi.  Shuning  uchun  boshqaruv  faoliyatini 




51 

 

takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlarni  baholashni  ularning  muassasa 



va  tashkilotlarining  ishlab  chiqarish  xo’jalik  faoliyati  yakuniy  natijalariga 

nisbatan o’tkazish kerak. 

Boshqaruvni  baholashni  muassasa  va  tashkilotlar  faoliyatining  yakuniy 

natijalari bilan bog’lashni ta’minlashda  iqtisodiy samaradorlik berganlarini 

tanlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Jamoat  ishlab  chiqarishi  samaradorligi  eng 

umumiy  ko’rsatkich.  Bunga  e’tiborni  qaratish  boshqaruv  rolini  oshiradi. 

Undan  tashqari,  pastroq  tartibdagi  ko’rsatkichlar  ham  ishlatilishi  mumkin, 

ular  u  yoki  bu  boshqaruv  idorasi  shu  vaqt  davomida  oldida  turgan  va 

muassasa, tashkilot yoki tizim bo’linmalari ishining aniq sharoitlaridan kelib 

chiqadigan  maqsadlarga  muvofiq  aniqlanadi.  Ko’rsatkichni  to’g’ri  tanlash 

boshqaruv  idorasi  faoliyatini  ob’ektiv  baholash  hamda  boshqaruvni 

takomillashtirish  bo’yicha  ayrim  tadbirlarning  iqtisodiy  samaradorligini 

baholashning hal qiluvchi sharoiti hisoblanadi. 

Boshqaruvni  takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlar  samaradorligini 

baholash me’zonlari sifatida, savdoga chiqarilgan  yoki realizatsiya qilingan 

tovar  mahsuloti  hajmi,  balans  foydasi  yoki  tovar  mahsuloti  realizatsiyasidan 

tushgan foyda va boshqa ko’rsatkichlar  bo’lishi mumkin. Masalan, mahsulot 

ishlab  chiqarishga  ketadigan  xarajatlarni  rejalash  –  tirish  va  hisobga 

olishning  normativ  usulini  tadbiq  etishda  mehnat,  moddiy  –  texnik  va 

moliyaviy resurslarini samarali ishlatish masalasi qo’yiladi. Shuning uchun 

bu 

holda 


samaradorlikni  baholashning  eng  ob’ektiv  ko’rsatkichi 

mahsulotning  foydasi  yoki  tannarxi  hisoblanadi,  tovar  mahsulotini  ishlab 

chiqarilgan  va  uning  realizatsiya  qilingan  hajmi  kabi  ko’rsatkichlarda  aytib 

o’tilgan tadbirlar natijalari ko’rinmaydi. Foyda samaradorlikni baholashning 

ko’rsatkichi  sifatida  iqtisodiyotning  tarmoqlari,  ayrim  muassasalar  va 

tashkilotlar  bo’yicha  samaradorlikni  hisoblashda  ma’lum  uslubiy  qo’llashni 

ta’minlaydi. 

Shu 


munosabat 

bilan 


boshqa 

teng 


sharoitlarda 

samaradorlikning  ko’rsatkichi  sifatida  foydani  qo’yishi  kerak.  Boshqaruvni 

takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlar  samaradorligi  ijtimoiy  –  iqtisodiy 



52 

 

samaralarda  ko’rinadi.  Ijtimoiy  samara  mehnat  sharoitlarini  yaxshilash 



mehnat  malakasi  va  madaniya  –  tining  oshishi,  xodimlarning  ish  faolligi 

o’sishi,  ziddiy  holatlarning  qisqarishi  va  boshqa  mikdoriy  baholashga  mos 

kelmaydigan  omillarda  namoyon  bo’ladi.  Shuning  uchun  ijtimoiy  samara 

boshqaruv  tizimi  yoki  uning  alohida  tashkiliy  birligida  yuz  bergan  sifatli 

siljishlar  (kadrlarning  to’liqligi,  ular  oqimining  qisqarishi  va  boshqalar) 

bilan  xarakter  –  lanadi.  Boshqaruvni  takomillashatirish  bo’yicha  tadbirlarni 

tadbiq  qilishdan  olingan  iqtisodiy  samara  to’g’ri  va  bevosita  samarada 

ko’rinadi.  To’g’ri  samara  tadbirlarni  tadbiq  etishdagi  mehnat,  moddiy  va 

moliyaviy  xarajatlarni  to’g’ridan  –  to’g’ri  tejashda  namoyon  bo’ladi 

(Masalan, qayta tashkil etishda, boshqaruv tizimining qo’shilishida va boshqa 

o’zgarishlarda  boshqaruv  apparati  sonining  qisqarishi  bilan  bog’liq  holdagi 

ish  xaqining  tejami).  Shuningdek,  boshqaruv  tizimini  takomillashtirish 

bo’yicha  tadbirlarni  tadbiq  qilishdan  olingan  iqtisodiy  samara  ham  asosan 

to’g’ri  samarada  emas,  balki  bevosita  samarada,  ya’ni  muassasalar  va 

tashkilotlar faoliyatining yakuniy natijalarida ko’rinadi. 

Bevosita  samara  boshqaruv  qarorlarining  tayyorlanishi,  qabul  qilinishi 

va  amalga oshirilishi bilan bog’liq.  U axborot  sifatining  yaxshilanishi,  ya’ni 

uning  aniqligi,  shubhasizligi,  uni  yig’ish  va  tahlil  qilishning  tezkorligi  va 

to’liqligini oshirishni ta’minlash yo’li bilan hamda ilg’or, ilmiy asoslangan 

normalar  va  normativlarni  qo’llash  va  mehnat,  moddiy  va  moliya 

resurslarini  mahsulot  ishlab  chiqarishga  tejash  va  samarali  ishlatishni 

nazorat  qilishni  kuchaytirish,  ilmiy  –  texnik  taraqqiyparvar  yutuqlar  va 

tashkiliy  –  texnik  tadbirlarni  tadbiq  etish,  ishlab  chiqarishdan  tashqari 

yo’qotishlar,  xarajatlar  va  boshqa  omillar  asosida  norma  o’zgarishlari  va 

normadan  chiqishlarni  tezkor  aniqlash,  ularning  sabablari  va  sababchilarini 

topish,  o’z  vaqtida  ogoxlantirish  hisobiga  erishiladi.  Bevosita  samara 

realizatsiyasi  zamini  tadbirlarni  tadbiq  qilish  jarayonida  tayyorlangan  va 

qabul  qilingan  boshqaruv  qarorlarining  amalga  oshirilishidir.  Binobarin, 

boshqaruv  apparati  ishida  turli  o’zgarishlarning  muassasalar  va  tashkilotlar 



53 

 

faoliyatining  so’ngi  natijalarida  ko’rinadigan  bevosita  samaraga  ta’siri 



natijalarini  aniqlashning  murakkabligi  ularni  aniqlashning  o’ziga  xos 

usullarini    izlash kerakligini ta’kidlaydi. 

Boshqaruvni  takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlar  samaradorligi  asosan 

muassasa,  tashkilot  faoliyatining  u  yoki  bu  ko’rsakichlarining  o’sishida 

ko’rinadi.  Shuning  uchun  aytib  o’tilgan  tadbirlarni  tadbiq  etishdan  olingan 

iqtisodiy  samaradorlikni  aniqlashda  o’suvchi  ko’rsatkichlarning  ishlatilishi 

hisoblarning  ob’ektivligini  ta’minlovchi  asosiy  tomoyili  hisoblanadi.  Bu 

hisoblarda  ushbu  tadbirlarni  tadbiq  etish  natijalarining  eng  ob’ektiv 

ayrim  yoki  keng  ko’lamdagi  tadbirlar  samaradorligini  baholash  mezoni 

deb  qabul  qilingan  ko’rsatkichlar  o’sishi  sur’atlari  ishlatilishi  maqsadga 

muvofiq hisoblanadi. 

Boshqaruvni takomillashtirishga  jonli  mehnat  xarajatlari hal qiluvchi 

ta’sir  ko’rsatadi.  Bu  xarajatlarni  o’suvchi  ko’rsatkichlarga  moslash 

boshqaruvni takomillashtirish bo’yicha tadbirlarni tadbiq etishdan olingan 

bevosita  samarani  ifodalaydi.  Binobarin,  bevosita  samaradan  tashqari 

tadbirlarni  tadbiq  etish  jonli  mehnat  to’g’ri  xarajatlarining  kamayishi  yoki 

ko’payishi  bilan  bog’liq  bo’lishi  mumkin,  bu  o’zgarishlarni  hisobga  olish 

uchun  jonli  mehnat  to’g’ri  xarajatlarining  kamayishi  yoki  ko’payishi 

darajasiga  o’suvchi  ko’rsatkichlarni  to’g’rilash  kerak.  Bunday  tuzatish 

boshqaruvni  takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlarni  tadbiq  etishdan  olingan 

nafaqat bevosita, balki to’g’ri samarani ham hisobga olishga imkon yaratadi. 

Tadbirlarni  tadbiq  etishdan  olingan  iqtisodiy  samaradorlikni  halq 

xo’jaligiga  nisbatan  aniklash  nafaqat  apparat  boshqaruvi  ishini 

takomillashtirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirish initsiator  xizmatlarining 

xarajatlarini,  balki  unga  bog’liq  bo’lgan  tutash  xizmatlar,  bo’limlar  va 

boshqa  bo’linmalar  xizmatlarini  hisobga  olishni  talab  etadi.  Tutash 

birliklari  xalqasini  to’g’ri  tanlash  to’liq  samarani  aniqlash  uchun  muhim 

ahamiyatga  ega.  Masalan,  muassasaning  tutash  xizmatlari  hisobiga 

rejalashtirishni  takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlarni  amala  oshirishda 



54 

 

moliyaviy  bo’lim,  buxgalteriya,  moddiy  –  texnik  ta’minlash  bo’limi  va 



rejalashtirish  –  iqtisodiy  bo’limlar  faoliyati  orqali  tadbiq  etilgan  tadbirlar 

bilan bog’liq takomillashtirish elementlari kirgan boshqa xizmatlarni kiritish 

mumkin.  Bunday  hisoblarda  faqat  tadbirlarga  bog’liq  shaxslar  davrasi 

nazarda  tutiladi.  Boshqaruvni  takomillashtirish  nafaqat  ushbu  muassasasi 

ishining  natijalariga,  balki  tutash  muassasalar,  tashkilotlar  va  korxonalar 

faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu uslubiy tamoyillardan kelib chiqib, 

boshqaruvni  takomillashtirish  bilan  bog’liq  xodimlar  sonini  shartli 

ravishda aniqlash mumkin. 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling