Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari
55
Mehnatni faoliyatinini boshqarishda samaradorlikni oshirishda quyidagi jihatlar va vazifalarni inobatga olish maqsadga muvofiq boladi: Birinchidan, ishlash uchun zarur bo’lgan jihozlar, asbob-uskunalar, texnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati. Chunki zarur jihozlar ish unumini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday jihozlarga xisoblash texnikasi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, kartotekalar, xona xdroratini mu’tadil saklashga xizmat kiuvchi uskunalarni kiritish mumkin. Ikkinchidan, ish jihozlardan foydalanishda havfsizlikni ta’minlash masalasiga e’tiborni qaratish zarur. Jihozlar va texnik vositalarning ishlashini nazorat qilish, ularning inson organizmiga zararli ta’sirini kamaytirish choralarini ham ko’rish talab etiladi. Uchinchidan, xodim uchun shaxsiy manfaat ustuvor ekanligini unutmaslik kerak. Shaxsiy manfaatlar kishilarni xarakatlantiradigan asosiy kuch bo’lib hisoblanadi. Shu sababli mehnatni rag’batlantirish, ish xaqi va mukofotlash tizimlarini shakllantirishda bu holatni hisobga olish, rag’batlantirish vositalarini takomillashtirib borish lozim. Ma’muriy menejmentda xodimlarni faoliyatga undashda bu masala markaziy o’rinda turishi kerak. To’rtinchidan, xodim o’z ishidan qonikishi uchun jamoada ijobiy ijtimoiy- psixolik iqlimni yaratish kerak. Xodimlar o’rtasida o’zaro xurmat va yordam ko’rsatishga asoslangan iqlimni shakllantirish ham mehnat jarayonlarini menejmentning vazifalariga kiradi. Beshinchidan, xodim haqida g’amxo’rlik qilish, ijtimoiy xizmat ko’rsatish, ijtimoiy muhofaza etish choralarini ham ko’rish talab etiladi. Buni muvafaqqiyatli faoliyat ko’rsatayotgan Yapon korxonalari amaliyotida ko’rish mumkin. Ayniqsa, erkin raqobat sharoitida korxona ma’muriyatini yaxshi ishlashga undaydigan omillardan biri ijtimoiy muhofaza bo’lib hisoblanadi. Shuningdek korxonalarda mehnat faoliyatini boqsharishda asosiy e’tiborni quyidagilarga karatishimiz kerak: -xodimlarning ijtimoiy tarkibini takomillashtirish, uning demografik va
56
kasb-malaka tarkibini yaxshilash, shu jumladan xodimlar sonini tartibga solish, umumta’lim va madaniy texnik saviyasining oshirish; -mehnat jarayonida ergonomik, sanitariya-gigiena va boshqa shart- sharoitlarini, barcha xodimlar mehnatini muhofaza qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash; -samarali mehnatni, ishiga bo’lgan tashabbuskorlik, ijodiy munosabatni, hamkorlikdagi guruxda va yakka tartibdagi mehnat natijalari uchun moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni tashkil etish; -jamoada sog’lom ijtimoiy vaziyatni, o’zaro maqbul aloqalarni vujudga keltirish va qo’llab-quvvatlash; -xodimlarning ijtimoiy sug’urtalanishi, ularning ijtimoiy kafolatlari; -xodimlarning turmush darajasi, yashash va maishiy sharoitlarini yaxshilash, dam olishini tashkil etish va boshqalar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling