Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#250831
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari

 

 

 

 

 

 

 


24 

 

II BOB. KORXONALARDA MEHNAT FAOLIYATINI 



BOSHQARISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH ASOSLARI 

2.1. "FAZILAT-SAGE" MChJning boshqaruv strukturasi va 

moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili 

Ma’lumki, zamonaviy iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish, muomala, 

iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bu jarayonlarining samarali boshqarilishi 

korxonalar  iqtisodiy  barqarorligining  eng  muhim  omili  sifatida  maydonga 

chiqadi.  Boshqaruv  faoliyatini  takomillashtirish  bo’yicha  tadbirlar  iqtisodiy 

samaradorligini baholashning kator masalalari munozarali xarakterga ega va u 

xaligacha  batamom  xal  etilmagan  bo’lib,  bunday  holat  o’z  navbatida,  ishlab 

chiqarishni  boishcharishning  progressiv  shakllari  va  usullarini  tadbik  etishga 

tuskinlik kiluvchi, boshqaruv apparata ishining samaradorligini kamaytiruvchi 

va ko’pincha ko’rsatilgan tadbirlarni notug’ri baholashga olib keluvchi asosiy 

omillardan biri bo’lib kolmokda. 

Milliy  iqtisodiyotning  har  qanday  ishlab  chiqarish  sohasidagi  salbiy  va 

ijobiy  natijalar  yoki  ishlab  chiqarishning  yaxshi  va  yomon  vaziyatlarga  tushib 

kolishi,  mavjud  muhitdagi  boshqaruv  jarayoiiniig  kay  darajada  yulga 

kuyilganligiga  bevosita  bog’liqligini  ko’rsatadi.  Mamlakatimizda  keyingi 

yillarda  sanoat  korxonalari  tomonidan  mahsulot  ishlab  chiqarish  xajmini 

oshirish  borasida  bir  qator  ijobiy  natijalarga  erishib  kelinmokda.  Toshkent 

viloyatida  qurilish  materiallarini  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  "FAZILAT-

SAGE"  MChJ  shunday  korxonalarning  biri  hisoblanadi.  Bu  korxona  ko’p 

yillardan beri o’z faoliyatini davom ettirib kelmokda. Bizga ma’lumki, ko’plab 

sanoat  korxonalari  o’z  faoliyatlarini  turli  sabablarga  ko’ra  to’xtatib  qo’ydilar. 

Ammo,  "FAZILAT-SAGE"  MChJ  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o’z  faoliyatini 

davom ettirib kelayotgan korxonalardan hisoblanadi. 

"FAZILAT-SAGE"  MChJ  boshqaruvining  tarkibi  va  tuzilishiga  tahlil 

etamiz. Korxonaning boshqaruv strukturasining tashkil etilishi respublikamizda 

mavjud  konunchilik  me’yorlari  asosida  tashkil  etilgan.  Quyidagi  2.1-chizmada 

"FAZILAT-SAGE"  MChJning  boshqaruv  strukturasi  keltirilgan.  Unga  binoan 



25 

 

boshqaruv  strukturasi  notekis  strukturaga  mansub  degan  xulosa  qilamiz. 



Chunki,  korxonaning  boshqaruv  strukturasidagi  boshqaruv  sohalari  har  xil 

darajadaligidir.  Klorxona  boshlig’iga  bevosita  uchta  bo’lim  bo’ysunadi. 

Korxonada  eng  katta  boshqaruv  tizimiga  ega  bo’lim  bo’lib  ishlab  chiqarish 

bo’limi hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki korxonada asosiy ishlar korxona 

direktorining  ishlab  chiqarish  bo’yicha  muoviniga  yuklatilgan.  Korxona 

tarkibida  asosiy  ishlab  chiqarish  tsexlari  va  yordamchi ishlab  chiqarish tsexlari 

mavjud bo’lib, ularning barchasi bir umumiy maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatib 

kelmoydalar.  Ular  gaz,  suv,  elektr  energiya,  hom-ashyo  materiallari  va  shu 

kabilarni  etkazib  bermoqdalar.  Ulardagi  ishni  yaxshi  tashkil  etilishi  asosiy 

ishlab chiqarish bo’limlarida ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga ta’sir etadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling