Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi
"FAZILAT-SAGE" MChJning mehnat resurslari bilan
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari
2.2. "FAZILAT-SAGE" MChJning mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligi tahlili Mehnat resurslarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimida ular bilan ta’minlanganlikni xarakterlovchi ko’rsatkichlarning alohida o’rni bor, chunki mehnat resurslari bilan etarli darajada ta’minlanmasa, har qanday jarayon ham me’yordagidek sodir bo’lmasligi mumkin. Agar keragidan ortiq ta’minlangan bo’lsa, korxona uchun behuda sarf-xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu tufayli ushbu gurux ko’rsatkichlarini aniqlash, ularni baholash va tahlil qilish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlikni ifodalash uchun quyidagi asosiy ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish tavsiya kilinadi: 1. Mehnat resurslari bilan shtat jadvalining ta’minlanganligi; 2. Mehnat resurslari sig’imi; 3. Mehnat resurslarining qurollanganligi; 4. Aylanma mablag’larning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi. Mehnat resurslari bilan shtat jadvalining ta’minlanganligini aniqlash uchun bir qancha hisob-kitoblar qilish mumkin. Eng avvalo, bu bo’yicha umumiy ko’rsatkichni aniqlash lozim. Buning uchun mehnat resurslarining xaqiqiy miqdorini (Mg^) uning shtat jadvalidagi miqdoriga (Mr s h.j.t) bo’linadi: Mr sh . J .t=Mr
h . m /Mr sh . J . m (1) Xuddi shunday ko’rsatkichni uning alohida guruxlari bo’yicha ham aniqlash mumkin. Masalan: oliy ma’lumotli xodimlarning xaqiqiy sonini shtat jadvali bo’yicha shunday xodimlarga bo’lish mumkin. Yoki korxonada band bo’lgan muxandis-texniklarning xaqiqiy sonini shtat jadvali bo’yicha shunday xodimlarga bo’lish mumkin. Bu ham shu soha bo’yicha nimani tahlil qilinishiga bog’lik. Mehnat resurslari sig’imi (Mr sg >) ham ushbu guruxga kiruvchi muhim ko’rsatkichlardan biri. Uni aniqlash uchun mehnat resurslari mikdorini (Mr) yaratilgan (sotilgan) mahsulot (ish, xizmat) xajmining (Q) mikdoriga bo’linadi: 30
Mr sg '=Mr/Q (2) Ushbu ko’rsatkich reja bo’yicha va xaqiqatda bir qancha davrlarga aniqlanib, taqqoslanishi orqali tahlil qilinadi va tegishli xulosalar chiqariladi. Mehnat resurslarining qurollanganligi yoki asosiy vositalar faol qismining mehnatresurslari bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko’rsatkichni aniqlash va tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Xozir jahonda ilmiy-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi mehnatning eng ilg’or texnika va texnologiya bilan qurollanishini taqozo qiladi. Shu tufayli ushbu ko’rsatkichni har bir korxonada aniqlash va tahlil qilish lozim. Buni aniqlash uchun asosiy vositalarning faol qismini (Avf q ) mehnatresurslari miqdoriga (Mr) bo’linadi yoki teskarisi: Mr Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling