Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


III BOB. KORXONALARDA MEHNAT FAOLIYATINI BOSHQARISH


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#250831
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari

III BOB. KORXONALARDA MEHNAT FAOLIYATINI BOSHQARISH 

SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’NALISHLARI 

3.1.  Korxonalarda mehnat faoliyatini boshqarishda samarali mehnat 

usullarini joriy qilish. 

Ishlab  chiqarishda  yoki  xizmat  ko’rsatishda  mehnat  jarayonlari 

samaradorligini  oshirishning  eng  ta’sirchan  vositalaridan  biri  -  maqsadga 

muvofiq mehnat usuli va uslublarini tanlab olish va ularni joriy qilishdir.  

Mehnat  uslubi  –  mehnat  jarayonini  amalga  oshirish  yo’lidir.  U  asosan 

usullar  yig’indisi  va  ularni  ma’lum  izchillikda  bajarish  bilan  xarakterlanadi. 

Mehnat  usullarini  va  ularni  takomillashtirshni  o’rganish  uchun,  mehnat 

jarayonlarini  mehnatdagi  tor  harakatlar  (harakatlar,  qimirlashlar),  keng 

harakatlar va mehnat usullariga bo’lib ko’rish lozim. 

Mehnatdagi  tor  harakat  –  xodimning  mehnat  jarayonida  oyoq,  qo’l 

barmoqlari  yoki  tanasini  bir  bor  jildirishidir.  Masalan,  qo’lni  mahsulotga 

o’zatish,  mahsulotni  qo’lga  olish,  uni  kerakli  joyga  quyish  kabilar  shunday 

haraktdir. 

Mehnat jarayonida xodimning oyoq, qo’li yoki tanasi bir bor jilishi mehnat 

harakati hisoblanib, u o’z navbatida, qimirlashlar yig’indsidan iborat. Masalan, 

qo’lni  mahsulotga  uzatish  mehnat  harakati  bo’lib,  u  quyida  ko’rsatilgan 

qimirlashlar  yig’indisidan  iborat:  gavdani  rostlash,  qo’lni  ko’tarish,  qo’lni 

mahsulotga uzatish.   

Mehnatdagi  keng  harakat  –  kishining  bitta  yoki  bir  nechta  organi 

tomonidan  uzluksiz  bajariladigan  mehnat  harakatlari  yig’indisidir.  Masalan, 

qo’lni hisoblash apparatiga uzatib, barmoq bilan klavishni bosish, ana shunday 

keng harakat hisoblanadi. 

Mehnat usuli  bu– mehnatdagi keng harakatlar yig’indisidir. Bu harakatlar 

uzluksiz  va  bir  maqsadga  qaratilgan  bo’lib,  operatsiyaning  ma’lum  qismi  ijro 

etiladi.  Masalan,  omborchi  xodimga  asbob-uskuna  topshirish  operatsiyasini 

qilishi uchun quyidagi jarayonlarni bajaradi: uskunani qo’liga oladi, uning ishga 

yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini tekshiradi va so’ngra uni xodimga topshiradi. 



40 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling