Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti "menejment va marketing" kafedrasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/32
Sana08.01.2022
Hajmi0.63 Mb.
#250831
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
mehnat faoliyatini boshqarishda samaradorlik omillari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


55 

 

XULOSA 

Mehnatni  faoliyatinini  boshqarishda  samaradorlikni  oshirishda  quyidagi 

jihatlar va vazifalarni inobatga olish maqsadga muvofiq boladi: 

Birinchidan, ishlash uchun zarur bo’lgan jihozlar, asbob-uskunalar, texnik 

vositalar  bilan  ta’minlash  zaruriyati.  Chunki  zarur  jihozlar  ish  unumini 

oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunday  jihozlarga  xisoblash  texnikasi, 

axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari,  kartotekalar,  xona  xdroratini 

mu’tadil saklashga xizmat kiuvchi uskunalarni kiritish mumkin. 

Ikkinchidan,  ish  jihozlardan  foydalanishda  havfsizlikni  ta’minlash 

masalasiga  e’tiborni  qaratish  zarur.  Jihozlar  va  texnik  vositalarning  ishlashini 

nazorat  qilish,  ularning  inson  organizmiga  zararli  ta’sirini  kamaytirish 

choralarini ham ko’rish talab etiladi. 

Uchinchidan, xodim  uchun shaxsiy  manfaat ustuvor  ekanligini unutmaslik 

kerak.  Shaxsiy  manfaatlar  kishilarni  xarakatlantiradigan  asosiy  kuch  bo’lib 

hisoblanadi.  Shu  sababli  mehnatni  rag’batlantirish,  ish  xaqi  va  mukofotlash 

tizimlarini shakllantirishda bu holatni hisobga olish, rag’batlantirish vositalarini 

takomillashtirib  borish  lozim.  Ma’muriy  menejmentda  xodimlarni  faoliyatga 

undashda bu masala markaziy o’rinda turishi kerak. 

To’rtinchidan, xodim o’z ishidan qonikishi uchun jamoada ijobiy ijtimoiy-

psixolik  iqlimni  yaratish  kerak.  Xodimlar  o’rtasida  o’zaro  xurmat  va  yordam 

ko’rsatishga  asoslangan  iqlimni  shakllantirish  ham  mehnat  jarayonlarini 

menejmentning vazifalariga kiradi. 

Beshinchidan, xodim haqida g’amxo’rlik qilish, ijtimoiy xizmat ko’rsatish, 

ijtimoiy  muhofaza  etish  choralarini  ham  ko’rish  talab  etiladi.  Buni 

muvafaqqiyatli  faoliyat  ko’rsatayotgan  Yapon  korxonalari  amaliyotida  ko’rish 

mumkin.  Ayniqsa,  erkin  raqobat  sharoitida  korxona  ma’muriyatini  yaxshi 

ishlashga undaydigan omillardan biri ijtimoiy muhofaza bo’lib hisoblanadi. 

Shuningdek korxonalarda mehnat faoliyatini boqsharishda asosiy e’tiborni 

quyidagilarga karatishimiz kerak: 

-xodimlarning  ijtimoiy  tarkibini  takomillashtirish,  uning  demografik  va 



56 

 

kasb-malaka tarkibini yaxshilash, shu jumladan xodimlar sonini tartibga solish, 



umumta’lim va madaniy texnik saviyasining oshirish; 

-mehnat  jarayonida  ergonomik,  sanitariya-gigiena  va  boshqa  shart-

sharoitlarini,  barcha  xodimlar  mehnatini  muhofaza  qilish  va  ularning 

xavfsizligini ta’minlash; 

-samarali  mehnatni,  ishiga  bo’lgan  tashabbuskorlik,  ijodiy  munosabatni, 

hamkorlikdagi  guruxda  va  yakka tartibdagi  mehnat natijalari  uchun  moddiy  va 

ma’naviy rag’batlantirishni tashkil etish; 

-jamoada  sog’lom  ijtimoiy  vaziyatni,  o’zaro  maqbul  aloqalarni  vujudga 

keltirish va qo’llab-quvvatlash; 

-xodimlarning ijtimoiy sug’urtalanishi, ularning ijtimoiy kafolatlari; 

-xodimlarning  turmush  darajasi,  yashash  va  maishiy  sharoitlarini 

yaxshilash, dam olishini tashkil etish va boshqalar. 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling