Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Muddatli valyuta operatsiyalari va ularning mohiyati


Download 0.62 Mb.
bet39/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Muddatli valyuta operatsiyalari va ularning mohiyati.


Muddatli bitimlar bilan bog‘liq operatsiyalar. Tijorat banklarining muddatli bitimlari deb, belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Muddatli valyuta operatsiyalari deb, valyutalarni etkazib berish hamda ular bo‘yicha hisob-kitoblarni kelgusida amalga oshirish sharti bilan shartnoma tuzilgan kun kursi asosida valyutani sotib olish yoki sotish tushuniladi. Ushbu operatsiyalar odatda valyuta kursi o‘zgarishidan sug‘urta qilishda yoki chayqov foydasini olishda ishlatiladi.
Amaliyotda muddatli bitimlarning keng tarqalgan quyidagi turlari mavjud:
  • forvard valyuta bitimlari;


  • moliyaviy fyuchers bitimlari;


  • valyuta optsioni;


  • svop operatsiyalari.




Forvard valyuta bitimi - bu, valyuta bo‘yicha bitim imzolangan sanadan boshlab, ikki ish kunidan keyin amalga oshiriladigan to‘lovni nazarda tutuvchi bitimdir. Bu bitim aniq bir sanada, yoki ikki sana orasida amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Quyidagilar ushbu bitimning ayrim o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari mavjud:
a) bu voz kechib bo‘lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga xaqqi yo‘q. Mijoz shartnomada ko‘rsatilgan chet el valyutasini sotib olishi yoki sotishi shart.
b) bu bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda ko‘rsatilgan summadan ko‘proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo‘q.
v) bitim kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart (ikkita aniq sananing orasida). Mijozda forvard bitimi bajarilish sanasini uzoqlashtirishga ham, yaqinlashtirishga ham vakolat yo‘q.
Forvard valyuta bitimining shartlari qattiq hisoblanadi, va agar mijoz uning shartlarini bajara olmasa, bank mijozning forvard valyuta bitimidagi majburiyatlarni bajarmasdan ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki bitimning muddatini “uzaytiradi” yoki bank o‘z hisobidan majburiy ravishda “so‘ndiradi”.
Forvard valyuta bitimi qat’iy belgilangan, yoki optsionli bo‘ladi.
a) qat’iy belgilangan forvard valyuta bitimi — bu, kelajakdagi aniq bir sanada bajarilishi shart bo‘lgan bitimdir. Masalan, 1 sentyabrda tuzilgan qat’iy belgilangan ikki oylik forvard valyuta bitimi, ya’ni ikki oydan so‘ng amalga oshiriladigan bitim;
b) optsionli forvard bitimi — bu, mijozning hohishiga ko‘ra, yoki bitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo‘lgan davrning ichida hohlagan vaqtda, yoki ikkita aniq sana davomida amalga oshiriladigan bitimdir.
Qayd etib o‘tish lozimki, forvard valyuta bitimi sof valyuta optsionlaridan farq qiladi. Valyuta optsioni mijozga kelishilgan bitim shartlarini bajarish va bajarmaslik huquqlarini beradi. Forvardli optsion esa, mijozga uni bajarmaslik huquqini bermaydi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling