3. Valyuta kursi rejimlari va uning tasnifi.
Mamlakatlarda valyuta kursi rejimini tanlash, uning shartlariga amal qilish ham valyuta siyosatining bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Valyuta kursi rejimlarini tasniflash borasida iqtisodchi olimlar tomonidan hanuzgacha yagona to‘xtamga kelinmagan. Biroq valyuta kursining xilma xil rejimlari qat’iy belgilangan va suzuvchi rejim oralig‘idan joy olishi ta’kidlanadi. Boshqacha aytganda, kurs rejimlari keng ma’noda qat’iy belgilangan, suzuvchi va oraliq rejimlardan tarkib topadi.
XVF tomonidan valyuta kursi rejimlari a’zo mamlakatlarning amaldagi valyuta tartibidan kelib chiqqan holda tasniflangan bo‘lib, uning 8 turi qayd etilgan.
1. Aloxida qonuniy to‘lov vositasiga ega bo‘lmagan valyuta rejimlari (Exchange arrangements with no separate liegal tender).Boshqa davlat milliy valyutasi, mamlakatda yagona qonunniy to‘lov vositasi sifatida amal qiladi (rasmiy dollarlashuv) yoki mamlakat monetar yoki valyutaviy ittifoqqa a’zo bo‘lishi natijasida bir valyuta ittifoqi hududida amal qiladi. Mazkur rejimni joriy etilishi oqibatida mamlakat monetar organlari monetar siyosat ustidan nazorat olib borish vakolatidan mahrum bo‘ladi.
2.Valyuta boshqarmasi rejimlari (Currency board arrangements). Bunday monetar rejimda mamlakat monetar organi tomonidan milliy valyutani qat’iy belgilangan almashuv kursida muayyan xorijiy valyutaga ayirboshlash majburiyati qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Bunday rejimda milliy valyuta emissiyasiga, mumomalaga chiqarilayotgan valyuta xorijiy valyutalar bilan to‘liq ta’minlangandagina ruxsat beriladi. Bu o‘z navbatida qat’iy monetar siyosat qo‘llash imkoniyatini pasaytiradi va markaziy bankning monetar nazorat va so‘ngi kreditor kabi an’anaviy funktsiyalarini cheklab qo‘yadi.
3. An’anaviy qat’iy bog‘lab qo‘yish rejimlari (Conventional fixed peg arrangements). Mamlakat o‘z valyutasini boshqa mamlakat valyutasiga, yoki valyutalar savatiga +/- 1%ga yoki undan kam marja (farq) doirasida, bog‘lab qo‘yadi. Odatda, valyuta savatiga kiritilgan valyutalar mamlakatning asosiy savdo hamkorlariga tegishli bo‘ladi. Valyutalarning savatdagi vazni esa, savdo, xizmatlar va kapital oqimining jo‘g‘rofiy taqsimotiga asoslanadi. Monetar organ qa’iy belgilangan valyuta paritetini valyuta siyosatining turli vositalari yordamida tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |