Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
Nominal samarali valyuta kursi (nominal effective exchange rate, NEER)–bu mamlakatdagi valyuta operatsiyalarida tashqi savdoda asosiy hamkor bo‘lgan mamlakatlar valyutalarining salmog‘ini inobatga olgan holda hisoblangan, indeks ko‘rinishidagi valyuta kursidir.
NEER quyidagi formula asosida hisoblanadi: Bu erda: – nominal samarali valyuta kursi; i – imamlakat ko‘rsatkichlari yig‘indisi; i – tashqisavdoda hamkor mamlakat; – tashqi savdo hamkori bo‘lgan har bir mamlakat bo‘yicha bazaviy yil valyuta kursi ( )ga nisbatan joriy yildagi nominal valyuta kursi ( )ni o‘zgarish indeksi; – asosiy hamkor mamlakatlar bilan qilingan savdosi ( )ning mamlakat tashqi savdosi ( )dagi salmog‘i. Nominal samarali valyuta kurslarini hisoblashda ekspertlarning bahosi muhim ahamiyatga ega. Masalan, XVF metodologiyasi bo‘yicha nominal valyuta kurslarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlab olish zarur: 1. Qolgan barcha valyuta kurslari indekslari hisob-kitob qilinadigan bazaviy yilni tanlab olish; 2. Yil davomida shakllangan valyuta kurslarining o‘rtacha qiymatini hisoblash usulini belgilash; 3. Mamlakatning tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlarini aniqlash; 4. Tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlar bilan amalga oshirilgan xalqaro operatsiyalarning milliy tashqi savdo hajmidagi ulushini aniqlash; 5. Tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlar valyutalariga nisbatan milliy valyutaning o‘rtacha yillik ayirboshlash kursi indeksini bazaviy yilga nisbatan hisoblash. 6. Tashqi savdoda hamkor asosiy davlatlar bilan amalga oshirilgan xalqaro operatsiyalarning milliy tashqi savdo hajmidagi ulushini ushbu davlatlar valyutalariga nisbatan hisoblangan milliy valyutaning o‘rtacha yillik ayirboshlash kursi indeksiga ko‘paytirish va natijalarni umumlashtirish. Biroq, nominal samarali valyuta kursi nafaqat valyutalar qiymatidagi o‘zgarishlarni, balki hamkor davlatlardagi narxlarning o‘zgarish darajasini ham o‘zida mujassam etadi. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling