Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet30/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Nazorat savollari
1. Valyuta kursi deganda nima tushuniladi?
2. Valyuta kursining mamlakat hamda jahon iqtisodiyoti uchun ahamiyati qanday?
3. Valyuta kursining qanday turlari mavjud?
4. Kross-kurs nima va u qanday aniqlanadi?
5. Kotirovka uslublarining qanday turlari mavjud?
6. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi qanday omillarni bilasiz?
7. Valyuta dempingi deganda nimani tushunasiz?
6-BOB. VALYUTA OPERATSIYALARI



    1. Valyuta bozori va uning mohiyati.

    2. Valyuta operatsiyalarining mohiyati va uni amalga oshirishning asoslari.

    3. Muddatli valyuta operatsiyalari va ularning mohiyati.

1. Valyuta bozori va uning mohiyati.

Valyuta bozorlarida banklar va kompaniyalar valyuta operatsiyalarini, ya’ni valyutalarning oldi-sotdisini amalga oshiradilar.


Valyuta bozorlari- bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Hozirgi zamon valyuta bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo‘ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan.
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin, ular milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlaridir.
Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi. Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida joylashganligi bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon valyuta bozorlarining asosiy qismini egallagan.
Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab soat 900 da boshlanadi, biroq, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas’ul xodim (bo‘lim boshlig‘i) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, hamda zaruriy ma’lumotlar va yangiliklar bilan ta’minlaydi.
Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar kotirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo‘lgan valyutalar, ya’ni mahalliy pul belgilari va bir qator etakchi erkin konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zaxira valyutalar (AQSh dollari, Yaponiya ienasi, yevro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar, xalqaromoliyaviy tashkilotlarning market-meykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqqa bog‘liqholda o‘rnatiladi.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling