Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Valyuta siyosatining quyidagi shakllari


Download 410.89 Kb.
bet40/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko‘rinishlari: valyuta interventsiyasi, valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, devalvatsiya, revolvatsiya.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati.Markaziy bankning foiz siyosati, odatda milliy valyutaning amaldagi massasiga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni uni kamaytirsh yoki ko‘paytirish orqali valyuta kursiga ta’sir etish mexanizmidir. Foiz stavkasi- ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.Foiz o‘zining iqtisodiy ma’nosi bo‘yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan qo‘shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo‘ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa, ya’ni davriy o‘zgarishlar, inflyatsiya darajasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajasi, Markaziy bank va davlatning byudjet-soliq siyosati va h.k. omillarga bog‘liq.
Foiz stavkalari tarkibi asosida ob’ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya’ni, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari asosida Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari stavkalari, pul bozori vositalari, shuningdek, banklararo kredit va depozit bozori foiz stavkalari, turadi.
Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba’zan bumamlakatlarda rasmiy foiz stavkasidan past bo‘ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o‘zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o‘zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi.
Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga o‘xshash boshqa stavkalar paydo bo‘ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Quvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar.
Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari “tenglashish” an’anasiga ega, chunki ular Yevrobozorda hududiy jihatdan yaqin joylashgan.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling