Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish 
Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, bir necha kun davomida raqamli 
transformatsiyaga erishish juda murakkab masala va fors-major holatlardagina 
muvaffaqiyatli amalga oshishi mumkin. Katta kompaniyalarda esa raqamli 
transformatsiya asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Accenture kompaniyasining 
texnologik strategiya amaliyoti bo’yicha menejeri A.Stepanov korporativ bulutli 
platforma yaratish talribasi bo’yicha o’z tajribasini o’rtoqlashgan. Bir oyda 
hizmatiga 25 mingdan ko’proq talab bo’lgan kompaniyada quyidagi muammolar 
bo’lgan: kompaniyaning 60% dan ortiq jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan 
qo’llab-quvvatlanmay qolgan, kompaniya biznes yuritishi uchun hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo’lgan tizimlar texnik jihatdan qo’llab-quvvatlanmay qolingan, 
texnik jihozlar ko’p davr mobaynida yangilanmagan va shuning uchun ham 
biznesning ko’payib ketgan vazifalarini eplay olmay qolgan. Huddi shu sabablar 
tufayli kompaniyaga yangi infratuzilma tashkil qilish zarur bo’lib qolgan. 
Kompaniya o’z rivojlanishining optimal vektoriga ega bo’lish maqsadida joriy 
faoliyatiga bulutli (Cloud) platformani tadbiq qilish va uning vositasida biznesning 
va informatsion texnologiyalarning o’zaro aloqasini o’zgartirishga qaror qildi. 
Bulutli texnologiyani tadbiq qilish qarori ushbu holda IT-resurslarni qayta ishlash 
jarayonining tezlashishi, iste’molchilar orasida quvvatlarning dinamik 
taqsimlanishi mumkinlgi, aktual masalalar uchun IT-resurslarni qaytadan ishlatish 
mumkinligi 
va 
servis 
sifatini 
buzmadan 
turib, 
hisoblash 
resurslarini 
mashtablashtirish mumkinligi tufayli qabul qilindi. Bulutli platformani 
tanlashning iqtisodiy afzalliklariga biznes tarkibiy qismlari o’zaro hisob-
kitoblarining shaffofligini, aniq billing qilish imkoniyatlarini, IT-infratuzilmaga 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bo’lgan sarf-harajatlarning ishlatilganiga qarab to’lanishi (pay as you go) kabilarni 
ko’rsatishimiz mumkin. Bu bilan bog’liq ishlar 2016 yil oktyabirda boshlangan 
bo’lib, texnik-iqtisodiy asoslash va jihozlarni tanlash uchun bir yarim oy muddat 
ketgan, chunki biznesga bulutli texnologiyalarga o’tishning afzalliklarini yotiqlik 
bilan tushuntirish kerak bo’lgan. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, bu ish juda ham 
muhim hisoblanadi, chunki ko’pchilik IT-loyihalar biznes uchun afzalliklar 
borligiga ishonch yo’qligi tufayli amalga oshmaydi. Texnik xujjatlarni, sarf-
harajatlarni va resurslarni hisobga olish modelini tuzish uchun to’rt oy talab 
qilingan. Shulardan so’nggina jihozlar yetkazib berilgan va o’rnatilgan, xususiy 
bulut ishga tushirilgan hamda informatsion tizimlarning unga joylashtirilishi 
boshlangan.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling