Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Amazon, Intelkabi yuqori texnologiyali transmilliy korporatsiyalarga tayanishi 
mumkinligi uchun; 
AQSHdauning salohiyatidan firmaning o‘zi uchunhamda mamlakatga naf 
keltirish uchun raqamli iqtisodiyotni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish 
mumkin va buning uchun xususiy kompaniyalar zaruriy miqdori bo‘lishi lozim. 
Biroq ushbustrategiyada yaqqol kamchiliklar ham bor bo‘lib, ularning 
asosiylaridan biri,yetuk raqamli iqtisodiyot shakllantirish jarayonining ancha 
uzunligi hisoblanadi.Boshqa norasmiy yetakchi – Xitoy esa ko‘p jihatdan qarama-
qarshi strategiyani, raqamli iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirishyo’linitanlagan. 
Bu fenomenni yaqindan ko‘rib chiqilganida ma’lum bo‘lishicha, Xitoy e’lon qilgan 
strategiya ikkita parallel va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘nalishlardan iborat: 
1. Sanoat internetini joriy qilish hisobiga ishlab chiqarishni raqamlashtirish; 
2.Sotuv bozorini yanada kengaytirish uchunInternet imkoniyatlaridan 
foydalanish. 
Tanlab olinganstrategiyaquyidagi to’rt asosiy tarkibiy qismni ko‘zda tutadi: 
Logistika va ishlab chiqarishi total raqamlashtirish; 
Raqamli iqtisodiyot uchun normativ-huquqiy baza ishlab chiqish; 
Boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish, raqamliplatformalar yaratish
Raqamli platformalar va ekotizimlarni umumiy makonga optimal ravishda 
integratsiyaqilish. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O‘zbekiston 
uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi.Shuni hamtan olish 
kerakki, O‘zbekistonga bugungi kunda maqbul keladigan tadbir qisqa davrda – 
birinchi 
navbatda, 
texnologik 
ortda 
qolishdan 
qutulishdir. 
Hosirda 
esamamlakatimizda zarur miqdordagi iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli yetuk 
va to’laqonli raqamli iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan shakllantirish uchun shart-sharoitlar 
yo‘q. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-
sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat 
darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir. 
Milliy iqtisodiyotning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, 
YIMning asosiy qismi davlatkorporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta 
bo‘lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Ishlab chiqarishning ko‘plab 
tarmoqlarida davlat ishtirokidagi o‘yinchilarbozorning 80%gacha bo‘lgan qismini 
tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat 
korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng 
oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez 
rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur 
infratuzilma bazisini yaratadi.Raqamli iqtisodiyotplatformalarituzishdaasosiy 
e’tiborni quyidagi yo‘nalishlarga qaratish zarur: transport, telekommunikatsiyalar, 
energetika, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog’likni saqlash, dori-darmonlar 
logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk va ishlab chiqarish. 
Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma va texnologik bazis yaratishga 
imkon beradi, ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli 
iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin.Bunday yondashuv 
bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muoviq bo‘lib ko‘rinadi, lekin 
u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Mos keluvchi strategiya unga 
asoslanishi lozim bo‘lgan raqamli iqtisodiyotkonsepsiyasini shakllantiish uchun 
taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga 
olish lozim. 
Ushbu bobga yakun tariqasida shuni alohida aytib o‘tishni istardikki, 
rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko‘plab dasturlari (AQSH, 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni 
“raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday 
loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu 
holatbir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin: 
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi 
ochiq jamiyatdajamiyat tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 
Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi 
ostida boradi; 
ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamlitexnologiyalar joriy qilishertami-
kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 
loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, 
maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga 
muvofiqdir); 
uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarraqamli iqtisodiyotni 
ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik 
asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish 
natijasidako‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega 
bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish 
va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi; 
to‘rtinchidan, raqamlitexnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, 
ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 3D-printerlarni ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 
tutilgan. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish 
esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar 
keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviytexnologiyalar 
uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shundayko’rinishdagi 
«ijtimoiystress-test» zarurdir.Yuqorida aytib o‘tilganfikrlar va g’oyalar tufayli, 
ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, 
o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot 
respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi 
yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli 
katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy 
moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni 
ko‘paytirish yo’li. 
Halqaro rivojlanish hamjamiyatiningbashoratlarigako‘ra, yaqin yillarda, 
hozirgikundaaksariyattarmoqlardayetakchimamlakatlaryigirmataligidano‘rinolgank
ompaniyalarninguchdanbirqismiuning 
e-platformalaridanyangiservislarvabiznes-
modellaryaratishuchunfoydalanadiganqaytaqurilgan 
«eski» 
kompaniyalarvayangida’vogarlartomonidanjiddiyraqobathisqiladi.Taxminqilinishic
ha, 
bir 
necha 
o’n 
yillar 
ichidajahoniqtisodiyotio‘sishiningindustrialbosqichiyakuntopadivauningkelgusiriv
oji 
«lean 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling