Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


 Turizm sohasidagi elektron tijorat


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

12.4. Turizm sohasidagi elektron tijorat 
Endi barcha uchun birday qiziqarli bo‘lgan va yurtimizda tezkorlik bilan 
rivojlanib borayotgan turizm sohasida (on-line travel) elektron tijoratni 
boshqarishni ko’rib chiqamiz. Turizm sohasi barcha boshqa sohalar singari 
mijozga yana ham yaqinroq bo’lish uchun onlaynda ishlash zarurligini tezda 
tushunib yetdi va bir qancha onlayn hizmatlarni yo’lga qo‘ydi (on-oline travel 
services), shu jumladan: 
 Avia, temir yo’l, avtobus va avtomobil marshrutlari bo’yicha biletlarni 
onlayn usulda zakaz qilish va sotib olish; 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
 Turizm bo’yicha onlayn maslahat berish hizmatlari; 
 Avtomobillarni onlayn ijaraga berish hizmati; 
 Sayohatlarga, mahsus turlarga va ko’rgazmalarga zakazlar berish va ularni 
sotib olish bo’yicha hizmatlar; 
 Biletlarning, turlarning va turli xildagi sayoxatlarning kal’kulyatsiyasini 
elektron usulda taqdim qilishning onlayn servislari; 
 Onlayn usulda mehmonxonalarni zakaz qilish xizmatlari; 
 Shaxarlar, muzeylar va ko’rgazmalarag virtual sayohatlar uyushtirsh 
servislari va boshqalar. 
On-layn travel bilan bog’liq bo’lgan hizmatlar turlariga turistik marshrutlar 
bo’yicha ma’lumotlar beradigan, daryo, dengiz va okeandagi kruizlar taklif 
qiladigan, turistlar boradigan joylardagi ob-havo sharoitlarini aytib beradigan
mehmonxonalardagi sharoitar haqida ma’lumotlar beradigan, restoranlardagi 
ahvolni tushuntirib beradigan kompaniyalarning hizmatlarini kiritishimiz mumkin. 
Misol sifatida Cruise Specialists, TripAdvisor, VacationsToGo.com larni 
keltirishimiz mumkin. Ushbu on-line travel bozorida biznes yuritishning quyidagi 
bir qancha usullari mavjud: 
Onlayn plyus offlayn biznes turi – bunda turistik kompaniyalar turistik 
hizmatarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’z oflayn 
bizneslariga elektron tijoratnig bir qator elementlarini qo’shib qo’yadilar, 
shu jumladan, shunga mos bo’lgan internet-magazin tashkil qilishlari yoki 
onlayn maslahatlar berishlari mumkin
To’liq onlayn biznes turi–ushbu turdagi biznesni internet tarmog’ida bemalol 
ishlay oladigan kompaniyalar tashkil qila oladilar. Bularga misol qilib 
mexmonxonalarni bron qiladigan, biletlar sotadigan, mobil ilovalar bilan 
shug’ullanadigan agregatorlarni keltirish mumkin.
Turistik xizmatlar bozoridagi elektron sotuv kanallarining ahamiyati shundan 
iboratki, kompaniyalar bu kanallarda 365/7/24 soat qolishlari va unda faol 
ishlashlari mumkin. On-line travel bozoridagi eng keng tarqalgan monetizatsiya 
sxemalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
 O’z sayohat turlarini sotishdan keladigan daromadlar; 
 Biletlar sotishdan keladigan daromad; 
 Elektron biletlarni qayta ishlashdan keladigan aniq miqdorlardagi daromad; 
 Turoperator va iste’molchi orasidagi kelishuvga yordam berganlik tufayli 
keloshuv summasinig ma’lum bir qismi sifatida keladigan daromad; 
 Reklamadan keladigan daromad. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling