Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba va 
boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion texnologiyalar 
biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information 
tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning 
vujudga 
kelishiga 
va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. 
Yangi 
texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi iqtisodiyotning elektron 
ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi elektron hizmat turlari paydo 
bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga 
transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar 
bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy
network economy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting 
Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyotming yana bir diqqatga sazovor 
ta’rifini ko’rishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida 
insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion 
raqamli 
texnologiyalarning 
keng 
miqyosda 
ishlatilishi 
iqtisodiyotni 
raqamlashtirish yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Xozirgi 
davrda 
ko’pchilik 
raqamli 
iqtisodiyotdagi 
bir 
qancha 
transformatsiyalarning, shu jumladan, biznes modellar, yangi bozorlar hosil 
bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibdi. 
Raqamli iqtisodning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish 
usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual 
mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va 
ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod 
(internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning 
O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. 
Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida 
ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, 
to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 Industriya texnologiyalari bilan bog’liq 
bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va 
virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu 
jarayonni yanada tezlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan 4.0 Industriya atamasi 
2011 yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi qiymat hosil 
qilish global zanjirini ko’rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli 
texnologiyalar” va “aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo’ylab 
tarqalishini amalga oshirgan holda, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada 
virtual va fizikaviy tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa 
o’z navbatida mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion 
modellar yaratilishiga olib keladi. Demak, 4.0 Indistriya – mamlakat va 
biznesning 
raqobatbardoshligini 
oshirishga 
mo’ljallangan, 
raqamli 
texnologiyalarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog’langan hamda ishlab 
chiqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarning majmuidan iborat. 
Bundan kelib chiqqan holda 4.0 Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining 
raqamli transformatsiyasi deb ham tushunish mumkin. Shuning uchun ham 
kelajakda korporativ boshqaruvda bu holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib 
qoldi. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish 
yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: 
Professional hizmatlaron-demand professional services – buxgalter 
hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar. 
Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd-

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling