Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo‘ladi. Masalan, mehnat bozorida ishchi o‘zi haqida ish beruvchiga nisbatan
ko‘proq xabardordir. Ishchi kuchini ishga yollayotgan
ish beruvchi esa u
haqida dastavval to‘liq ma’lumotga ega bo‘la olmaydi. Agar axborot simmetrik
tarzda tarqalishi mumkin bo‘lganda, alohida bozorlar, ya’ni turli mahsulotlarga
nisbatan sifatli va sifatsiz tovar yoki hizmatlar bozorini tashkil etish mumkin
bo‘lar edi. Bozorlarda esa tovar va hizmatlar bo‘yicha assimetriyali axborot
mavjud. Assimetriyali axborot bozorlari “
limon” bozori deb ataladi.
Bunday
bozorlarni 1970-yilda Nobel mukofoti laureati (2001-yil) Jorj Akerlof
“
Limonlar” bozori: sifat noaniqligi va bozor mexanizmi” deb nomlangan o‘z
asarida yoritib bergan.
Axborot– insonning yuqori faoliyati mahsulidir. Axborot shaxsga oid, u
tug‘ilish vaqtida yaratuvchisining nomini ajralmas element sifatida saqlaydi.
Axborot so‘zli, raqamli, vizual va harfli shaklga ega bo‘ladi.
Axborot almashuvi– mahsulot almashinuvi o‘rniga
keluvchi ijtimoiy
o‘zaro harakat shakli. Axborot mahsulotlari bilan almashuv mahsulotlarning
ikki xususiyati tufayli nobozor xususiyatiga egadir. Birinchidan,
xaridorning
xarid qilish vaqtida axborot mazmuni bilan tanishuvi uni bepul sotib olishni
bildiradi. Ikkinchidan, sotuvchi ko‘p marta ko‘p
karrali axborot mahsulotini
o‘z ixtiyoriga qarab foydalanishi mumkin.
Axborotning
depersonifikatsiyasi–axborotlashgan
mahsulotni
yaratuvchining nomi va mahsulot mazmuni bu mahsulotning sabab va undan
kelib chiqadigan aloqani yo‘qotish. Depersonifikatsiya kutilmagan va aniq
maqsadga qaratilgan bo‘lishi mumkin, oxirgisiga plagiat kiradi
.
Do'stlaringiz bilan baham: