Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
- V BOB. PUL NAZARIYASI 1-§. Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha
Tayanch so’zlar
inflyatsiya; devalvatsiya; sudraluvchi inflyatsiya; denominatsiya; suzib yuruvchi inflyatsiya; revalvatsiya; giperinflyatsiya; dezinflyatsiya deflyatsiya; baholar indeksi; pul massasi; inflyatsiya sur’ati. pul islohoti; pul muomalasi qonuni; 68 O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 1. Inflyatsiya qanday hollarda yuzaga keladi? 2. Pulning qadrsizlanishi deganda nimani tushunasiz? 3. Inflyatsiyani qanday turlarini bilasiz? 4. Pul massasini boshqarish usullari? 5. Inflyatsiyaning ichki va tashqi omillari deganda nimani tushunasiz? 6. Inflyatsiyani namoyon bo’lish shakllarini keltiring? 7. Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni sanang? 8. Qanaqa inflyatsiyaga qarshi kurashish yo’llari mavjud? 9. Pul muomalasini barqarorlashtirish deganda nimani tushunasiz? 10. Qanday pul islohoti turlarini bilasiz ? 69 V BOB. PUL NAZARIYASI 1-§. Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Ilk tarihiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Yoozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda. Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi. Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asrdagi «pul ocharchiligidan» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari 70 bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul nazariyalarning ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz 71 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling