Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
3-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari
Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir. Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash. Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi; ■ jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash; ■ firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. O’iymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan. O’iymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish 115 natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi. Kapitalning xalqaro harakatining tez o’sishi bilan bog’liq ravishda valyuta kursini O’zgarishiga (tovar) valyutani tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki teskari ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin; 1. Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar: - xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti (YaMM) to’lov balansi; - pulni ichki va tashqi taklifi; - foiz stavkalari. Bu ko’rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) omillar sifatida atash mumkin. 2. (Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar. 3. Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar: • Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi; • Davlat byudjeti defitsiti; • Nazoratsiz emissiya; • Inflyatsiya; • Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq. • Monopol ishlab chiqarish; • Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi; a) To’liq hajmda to’lov vositasi; b) jamg’arish vositasi; 116 v)Kapitalni chetga oqib ketishi; • Investitsiyani qisqartirish; • Ishlab chiqarish hajmini pasayishi. • Resurslar oborotida qatnashmaslik; • Iste’molchilarning foydalarini pasayishi; • Valyuta birjasidagi uyin; • Tovarlarni «yuvilishi»; • Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati. Siyosiy omillar; • Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar; • Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar; • Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi; • Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi; • Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi; • O’onunlarni bajarilish darajasi; • Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori; • Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi; • Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasto’rning yo’qligi; • Aholning boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi; • Xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi. O’onuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursini, qimmat baho qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o’rnatilishi katirovkalash deb ataladi. Yoki qisqacha qilib aytganda valyuta kursini o’rnatish katirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud; 1) To’g’ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir-birligiga to’g’ri keladigan miqdorda ko’rsatilsa, to’g’ri katirovkalash deb ataladi. Masalan, 2003 yilning 30 sentyabrida 1 AO’Sh dollariga nisbatan o’zbek so’mining kursi 975,00 so’mni, 1 117 Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so’mni tashkil etdi. Bunday katirovkalash vaqtda jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda qo’llanilib kelinmoqda. 2) Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning valyutalardagi miqdori o’rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning valyutadagi bahosi ko’rsatiladi, masalan; 1 1 so’m = ------- AQSh dollari yoki 1 AQSh dollari 975,00 so’m 975,00 1 1 so’m = -------- Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 31,97 so’m 31,97 Buyuk Britaniyada funt sterlingning Avstraliya dollarining va EKYuning kursi teskari katirovkalash yordamida o’rnatiladi. Agarda ikki valyuta o’rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «kross-kurs» deb ataladi. Masalan: 1 $ AO’Sh dollari = 31 Rossiya rubli 1 $ AO’Sh dollari = 5 Ukraina grivna 1 Ukraina grivna = 6,2 Rossiya rubli Ko’rinib turibdiki, (kross-kurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina girivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu misolda AO’Sh dollari uchinchi valyuta rolini uynaydi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida AO’Sh dollari qo’llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan katirovka qilinadi. Kross-kursdan foydalanish ancha ogir va risklidir. Ammo ularni qo’llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir; -sizning talabingizdagi valyutaga ega bo’lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so’mni Yaponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda 118 uchinchi valyuta AO’Sh dollari bo’lsin. Yaponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo’q). Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslarining ko’rinishlaridan foydalaniladi; «Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma to’zilgan vaqtda o’rnatilgan baho bo’yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs-bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir. Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o’zida ifoda etadi. Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo’yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko’radi va bir tomon zarar ko’radi. Masalan, siz 2003 yil 1 yanvarda 2003 yili 1-iyun kuni 1$=965 so’m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1-iyun kuni 1$=970 so’mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so’m miqdorida qo’shimcha foyda ko’rdingiz. Agar 1-iyun kuni 1$=963 so’mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so’mdan zarar ko’rasiz. Muddatli bitimlar bo’yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dasxat metodi bo’yicha katirovka qilinadi va «autrayt» kurslari deb ataladi. Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs-Diskont. Misol. Bitim summasi - 1 mln Bitim muddati - 90 kun Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) - 3,5 % Baxolovchi valyutadagi depozitlarga to’lanadigan % stavkasi (DEM) - 5,5 % Cpot kurs 1 = 1,5210-1,5220 DEM 119 SK x FSF x BM Ust/Disk = ----------------------- = (360x100)=(BVFS x BM) 1,5210х(5,5-3,5) х 90 273,78 ---------------------- = ------------ = 0,0075 (360х100) + (3,5х90) 36315 Ustama yoki dikont ekanligi % stavkalari o’rtasidagi farqdan bilish mumkin. Agar valyuta bitimi bo’yicha % stavkasi baholovchi valyutaning % stavkasidan past bo’lsa, bu valyuta yuqori kurs katirovka qilinadi va chiqqan ko’rsatkich ustama sotiladi. Agar valyuta bitimining % stavkasi yuqori bo’lsa, bu ko’satkich diskont bo’ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning % savkasi bitim valyutasidagi kreditlarning % stavkasidan yuqori bo’lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va aksincha bo’lsa ustama hisoblanadi. Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o’rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi. Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kurs Bu kurslar o’rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmati xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi. Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi. - erkin «suzib» yuruvchi - cheklangan darajada «suzib»yuruvchi - qayd etilgan valyuta kurslari. Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi. Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi. 120 Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o’zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o’zgarishiga bog’liq. Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning ko’pchilik mamlakatlari o’z valyutalarini AQSh dollariga, Evropa mamlakatlarining EURO siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog’laydilar. Sobiq sotsialistiq mamlakalar ularning valyuta kurslarini valyuta savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o’z valyutalarining tebranish chegarasini o’zlari hamkorlik kilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar. O’ayd etilgan valyuta kursi-bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan bahosi bo’lib, unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga etarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash maqsadida qullaniladi. Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o’z valyutalari kurslari to’g’risidagi axborotni e’lon qilib boradilar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ish yakunlari matbuotda, televideniyada e’lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan inflyatsiya sharoitida jahon bozorida milliy mahsulotga bo’lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy tovarlar baholari o’rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo’ladi. Ya’ni milliy valyutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak. Real valyuta kursini hisoblashni O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida ko’rsatish mumkin. Masalan, 1m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so’m, Rossiyada 35 rubl, Valyutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so’m yoki 1so’m = 0,032 Rossiya rubli bo’lganda, 1 m o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya rublida 0,032*1000=32 rubl turadi. Bunday holda O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati teng bo’ladi. 121 0,032 х 1000 32 ----------------- = ------ = 0,9 35 35 Demak, ushbu nisbat o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlama bahosining 0,9 va undan arzon ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, real valyutadagi bahosiga va nominal almashtirish kursiga bog’liq bo’lib, quyidagi tenglik bilan izoxlanadi; Real kursi = nominal kursi o’z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy ko’rinishda shunday yozish mumkin; Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq turadi. Shuning uchun eksport o’sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va aksincha, yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq turadi. Natijada import o’sib, eksport qisqarib boradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling