Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. Xalqaro hisob - kitoblarning shakllari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. Xalqaro hisob - kitoblarning shakllari
Tijorat banklarining xalqaro hisob - kitob operatsiyalarida turli hisob shakllari 
qo’llanilishi mumkin. Bular qatoriga bank buyrug’iga asosan pul o’tkazish (o’tkazma 
turi), bank cheki, bank vekseli, akkreditiv, inkasso shakllari va boshqalarni kiritish 
mumkin.
O’tkazma - bu bankning o’z mijozining talabi asosan uning mablag’i 
hisobidan to’lanishi zarur bo’lgan summani olishi zarur bo’lgan xorijiy korxonaga 
(benefitsiarga) mablag’ni pochta yoki telegraf yo’li bilan o’tkazib qo’yish 
to’g’risidagi boshqa mamlakatdagi bank-korrespondentga bergan buyrug’i bo’lib 
hisoblanadi. Valyutani olishning eng tez va ishonchli vositasi telegraf o’tkazmasidir. 
Bank-korrespondentlar tomonidan maxsus kodning qo’llanishi valyuta mablag’lari 
bo’yicha zarar keltirish va o’z mijozlariga mablag’larni o’tkazishda bank tomonidan 
xatolarga yo’l qo’yishdan saqlaydi. O’tkazmada bank ikki operatsiyani bir vaqtning 
o’zida bajaradi: milliy valyuta hisobiga mijoziga xorijiy valyutani sotadi va xorijiy 
valyutani chet elga o’tkazib beradi.
Bank cheki - bu bankning xorijiy bank-korrespondentga ma’lum miqdordagi 
pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo’lgan korrespondentlik varaqasidan 
to’lash to’g’risidagi yozma buyrug’idir.
Bank vekseli - bu o’tkazma veksel (tratta) bo’lib, bank tomonidan xorijiy bank 
korrespondentga tulash uchun beriladi.
Xalqaro hisob-kitoblar deganda biz talablar va majburiyatlar bo’yicha 
to’lovlarni muvofiqlashtirish tizimi tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank-
korrespondentlari orqali o’tkazma, cheklar, veksellar, o’zaro talab va majburiyatlarni 
tenglashtirib voz kechish yo’li bilan naqd valyutasiz amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilari o’tkazilish yo’llari bilan ichki 
hisob-kitoblarga o’xshash bo’lsa-da, ammo ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Bu xususiyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin.
Birinchidan, odatda ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) va tijorat 
(konosament, nakladnoy) hujjatlarni yordamida amalga oshadi.
127


Ikkinchidan, 
xalqaro 
hisob-kitoblar 
unifikatsiyalashgan 
(bir 
shaklga 
keltirilgan). Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko’pchilik mamlakatlar 
banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek konventsiyalariga amal qilishadi 
(Jenevada 1930 va 1931 yillarda kabul qilingan va Parij xalqaro savdo palatasi e’lon 
qilgan «Hujjatli akkreditivlar bo’yicha unifikatsiyalashgan qoida va an’analari» va 
«Inkasso bo’yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro mikyosda hisob-
kitob operatsiyalari olib boriladi. Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka 
akkreditiv to’g’risida buyruq berilganda va inkasso topshiriqnomalari berilganda 
murojaat etish lozim bo’ladi.
Klassik va eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli bo’lib hujjatli 
akkreditiv va hujjatli inkasso hisoblanadi.
Akkreditiv bu bank (bank-emitent) majburiyati bo’lib mol sotib oluvchi 
(importer) ko’rsatmasiga binoan mol sotuvchi (eksporter) varag’iga mablag’ni 
o’tkazish yoki trattani tegishli summada (xizmat yoki tovar) aktseptlashni sotuvchi 
tomonidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifodalaydi. Akkreditiv 
shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin: akkreditivni 
ochuvchi bank-emitent; sotuvchiga akkreditiv ochilgani to’g’risida xabar beruvchi 
bank; akkreditivni to’lovchi yoki trattani aktseptlovchi bank. Shu bilan birgalikda 
bank emitentdan boshqa banklar rolida bir bankning o’zi ham ishtirok etishi mumkin.
Akkreditiv operatsiyalari to’rt asosiy bosqichni bosib o’tadi.
Birinchi bosqich. Importyor tovarning jo’natishga tayyorligi to’g’risida xabar 
olgandan keyin o’z bankiga (bank-emitent) eksport bankida ma’lum summa va 
muddatga akkreditiv ochish topshirig’ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig’i bilan 
birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi.
Ikkinchi bosqich. Bank-emitent tegishli bankda akkreditiv ochiladi va 
eksportyorga bu haqda xabar qilinadi, zarur bo’lsa akkredetiv ochilganligi 
tasdiqlanadi.
Uchinchi bosqich. Tovarni jo’natgan eksporter bankka talab etilgan hujjatlarni 
taqdim etadi va tovar uchun tegishli to’lovni oladi (odatda u eksportyorning 
hisobvaraqasiga o’tkaziladi).
128


To’rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar hujjatlarini bank-emitentga 
yuboradi, u, o’z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi va akkreditiv 
summasini qoplaydi (importyor bu summani to’lab beradi).
Majburiyat turiga ko’ra bank akkreditivi «chaqirib olinadigan» va «chaqirib 
olinmaydigan» tasdiqlangan bo’ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan 
ilgari importyor yoki bank-emitent ko’rsatmasiga binoan bekor qilinishi mumkin. 
Bunday akkreditiv eksportyor manfaatlariga javob bermaydi va amaliyotda kam 
uchraydi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv eksportyor ruxsatisiz bekor qilinishi yoki 
o’zgartirilishi mumkin emas. U bank-emitentning eksporterga to’lovni amalga 
oshirish yoki trattani aktseptlashning qat’iy majburiyatini o’z zimmasiga oladi. 
Eksportyor uchun «chaqirilmaydigan» akkreditiv qo’llanilishi jihatdan afzal 
hisoblanadi. Agar bank - emitent akkreditivni ochuvchi bankka valyuta qoplamasini 
jo’natsa, akkreditiv ta’minlagan, aks holda, ta’minlanmagan deyiladi.
Hujjatli 
inkasso 
operatsiyasida 
eksportyor 
o’z 
bankiga 
inkasso 
topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko’rsatilgan hujjatlarni 
taqdim etish bilan importyordan ma’lum valyuta miqdorini olish lozimligini 
ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda eksportyor o’z banki orqali importyor bankiga 
inkassatsiya uchun hujjatlarni jo’natadi. Inkassatsiya operatsiyasi to’rt asosiy 
bosqichdan o’tadi.
Birinchi bosqich. Eksportyor o’z bankiga inkasso topshiriqnomasi va unga 
ilova qilingan hujjatlarni beradi.
Ikkinchi bosqich. Eksportyor banki importyor mamlakatdagi bank-
korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlarni yuboradi.
Uchinchi bosqich. Bank-korrespondent importyorga hujjatlarni taqdim etadi va 
inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan summani oladi yoki trattani aktseptlaydi.
To’rtinchi bosqich. Olingan to’lov miqdori importyor bankidan eksportyor 
bankiga, undan esa eksportyor schyotiga o’tkaziladi.
Valyuta operatsiyalarini valyutalar o’rtasidagi nisbatni aniqlamasdan va ularni 
almashilmasdan o’tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valyuta «kotirovka»lari
129 


yordamida o’rnatiladi. Valyuta kotirovkasi deganda almashtirish uchun taqdim 
etilgan valyutalar kursini o’rnatish va ular orasidagi nisbatni o’rnatish tushuniladi.
Valyuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo’linadi. Rasmiy valyuta 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling