Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor kotirovkasi
kotirovkasini davlat amalga oshiradi (asosan Markaziy bank). Rasmiy valyuta
kursidan davlat valyuta operatsiyalarida, bojxona ishlarida, to’lov balansini tuzishda foydalaniladi. Valyuta kursini aniqlash usullari valyuta tizimlarining xususiyatlariga ko’ra turli mamlakatlarda turlichadir. Kattik valyuta cheklanishlari mavjud davlatlarda vlyuta kursi ikki usulda o’rnatilishi mumkin. Birinchisi - sof boshqaruv usuli. Hukumat yoki Markaziy bank talab va taklifdan kat’iy nazar milliy valyuta kursini belgilaydi. Bunda valyuta kursi boshqa valyuta yoki bir qancha valyutalar (valyuta savati)ga nisbatan belgilanadi. Shu bilan birgalikda ko’pchilik Markaziy banklar turli operatsiyalarda turlicha valyuta kurslarini belgilashadi. Ikkinchi usul Polsha, Chexiya, Slovakiya, Bolgariya, Ruminiya kabi davlatlarda ko’proq qo’llaniladi. Bu usulda Markaziy bank rasmiy valyuta kursini birja kursi darajasida belgilaydi va birja kursining rasmiy valyuta kursiga nisbatan o’zgarish chegarasini belgilab beradi. Valyuta kursining shu o’zgarish chegarasini belgilab berish bank ishida valyuta karidori deb ham yuritiladi. Amaliyotda valyutaning birja kursining rasmiy kursga nisbatan o’zgarish xavfi kuzatilsa, Markaziy bank valyuta interventsiyasini amalga oshiradi, ya’ni xorijiy valyutani sotadi yoki sotib oladi. Valyutaviy cheklashlari yo’q yoki sezilmas darajada bo’lgan davlatlarda Markaziy bank talab va taklif (milliy valyutaning erkin suzib yurishida) hamda valyuta interventsiyasi (boshqariluvchi suzishda)dan kelib chiqqan holda valyuta kursini belgilaydi. Valyuta birjalari faoliyat ko’rsatuvchi davlatlarda valyuta kursi qariyib har kuni birja makleri va Markaziy bank tomonidan valyutani sotish va sotib olishga berilgan arizalar, Markaziy bank interventsiyasi siyosati bo’yicha faoliyatini inobatga olgan holda o’rnatiladi. Bozor kotirovkasi talab va taklif asosida nobirjaviy valyuta bozorida amalga oshiriladi. 130 O’attiq valyuta cheklashlari mavjud mamlakatlarda bozor kotirovkasi deyarli mavjud emas. Hamma operatsiyalar rasmiy kurs bo’yicha amalga oshadi. Valyuta cheklashlari deyarli yo’q (sezilarsiz) yoki yo’q mamlakatlarda bozor kursini bir-biri bilan doimiy muloqotda bo’lgan yirik tijorat banklari o’rnatadi. Bu banklarni Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling