Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

market-meykerlari deb ataydilar. Boshqa banklar kotirovka yuzasidan ularga 
murojaat qilishadi. Banklararo valyuta kotirovkalari market - meykerlar tomonidan 
har bir valyuta bo’yicha mavjud bo’lgan yoki kutilayotgan talab va taklifni taqqoslash 
(bu operatsiya amaliyotda fiksing deb ataladi) asosida belgilanadi.
Valyuta birjasi yo’q davlatlarda valyuta bozori katnashchilari banklararo 
kurslardan foydalanashadi. Banklararo bozordagi o’rtacha kurs bank mijozlari uchun 
valyuta kursini o’rnatishning asosi bo’lib xizmat qiladi. Valyuta birjalari mavjud 
davlatlarda banklararo katirovkalar banklarning to’lov aylanishi, to’lovga 
layokatliligini hisobga olgan holda, rasmiy birja katerovkalari atrofida o’zgarib 
turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja katerovkasi ularning mijozlari uchun 
valyuta kurslarining asosi bo’lib xizmat qiladi. Erkin valyuta bozorida uning har bir 
elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta’sir etadi va ulardagi 
valyuta kotirovkalari o’zaro bog’liq bo’ladi.
Valyuta bozorida valyutani katerovka qilishning ikki usuli mavjud: to’g’ri va 
egri. Ko’pchilik davlatlarda to’g’ri kurs qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, 
xorijiy valyuta birligining kursi to’g’ridan-to’g’ri milliy valyutada ifodalanadi. Egri 
kotirovkada milliy valyuta birligi ma’lum miqdordagi xorijiy valyutada ifodalanadi. 
Bu usul (egri katerovka) Buyuk Britaniyada, 1987 yildan esa qisman AQShda 
qo’llaniladi. Banklararo valyuta bozorlarida valyuta kursining katerovkasi ko’proq 
AQSh dollariga nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro to’lovlarda ko’p 
qo’llanilishi va rezerv vositasi sifatida saklanishi bilan bog’liq. Savdo-sanoat 
sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun valyuta kotirovkalari amalga oshirish 
kross-kursga asoslanadi.
Kross-kursda ikki valyutaning kursga asoslangan nisbati uchinchi valyutaga 
nisbatan aniqlanadi. Masalan, O’zbekiston Markaziy banki so’mning yapon ieniga
131 


nisbatan kursini aniqlamoqchi deylik. Bu holda ienaning so’mga nisbatan kursi 
dollarga asoslangan holda aniqlanadi. Aytaylik,
76 so’m ------ 1 dollar
1 dollar ------ 115 yapon ieni desak, u holda kross kursda 1 yapon ien necha so’m
turishini
1 yapon ien ---------- 76 so’m x 1 x 1 / 1 x 115 = 0,661 so’m, yoki 10 yapon ieni 6
so’m 61 tiyinga teng.
70-yillarning oxirlaridan boshlab G’arbiy Evropada valyutalarni sotish va sotib 
olishda Amerika dollaridan ko’ra Germaniya Federativ Respublikasining markasi 
ko’p qo’llanila boshladi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarda Germaniya 
markasining obro’sining oshishiga olib keldi.
Ko’pgina valyutasi konvertatsiya qilinmaydigan, valyutaviy cheklanishlar 
mavjud bo’lgan davlatlarda rasmiy valyuta bozori bilan birga norasmiy valyuta 
bozori, ya’ni qora bozor ham mavjud.
Hamma banklar ham bozor (oldin aytib o’tganimizdek market-meykerda) da 
aktiv valyuta kotirovkasini olib bora olmasligi mumkin. Buning uchun banklar 
ma’lum miqdorda uzlarining valyuta zaxiralariga ega bo’lishlari lozim. Banklarning 
valyuta bitimlarining salmog’i ular faoliyatining saloxiyatiga bog’liq bo’ladiyu 
Masalan, jahonda yirik banklardan sanalmish Doyche Bank , Barklays Benk kabi 
banklarning valyuta bitimlarining kam summasi 6-10 mln. Dollarni tashkil qilsa
ba’zi bir kichik banklarning valyuta bitimining eng yuqori hajmi 3-5 mln. Dollarni 
tashkil qilishi mumkin. Marja hajmi turli omillarga bog’liqdir. Odatda beqaror 
kon’yuktura davrida, valyuta kurslaridagi farqdan zarar ko’rishi ehtimoli yuqori 
davrlarda marja oshadi. Marja miqdoriga shartnoma hajmi ham ta’sir etadi: u kichik 
bo’lsa, marja yuqori. Rasmiy axborotnomalarda ikkala kurs, ulardan biri yoki 
o’rtacha kurs ko’rsatishi mumkin. O’rtacha kurs - sotuvchi va sotib oluvchi 
kurslarining o’rta arifmetigi. Sotuvchi o’rtacha kursi - sotuvchi va o’rtacha kursning 
o’rta arifmetigi. Xaridor o’rtacha kursi - xaridor va o’rtacha kursning o’rta 
arifmetigi.
132


Xalqaro to’lov oborotida xorijiy valyuta naqd emas, balki naqdsiz holatda amal 
qiladi. Tabiiyki turli xil to’lov vositalari kurslari turlicha, chunki ularning ishonchlilik 
va valyuta riski darajalari turlichadir. Telegraf o’tkazmasi kursi eng yuqoridir, chunki 
unda xorijiy valyuta shu zahoti yoki kelasi kuni to’lanadi. Bu valyuta riskini deyarli 
chetlab o’tish imkonini beradi. Odatda ularning kurslari rasmiy byulleten va 
kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to’lov vositalari kursi u asosida 
aniqlanadi.
Valyuta bozorida turli xildagi shartnomalar amal qiladi. Ularning ko’pchiligi 
spot shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy xususiyati shundaki, bitimni 
imzolash va bajarish vaqtlari qariyib mos keladi. Bitimning bunday turida valyuta 
sotuvchidan sotib oluvchiga shartnoma imzolanishi bilanoq etkaziladi (ko’pi bilan 
ikki ish kuni ichida). Spot shartnomalariga jami valyuta shartnomalarining 90 % 
to’g’ri keladi.
Ikkinchi valyuta shartnomasi turi - muddatli shartnoma. Bunday 
shartnomalarning ikki xususiyati bor. Birinchidan, shartnoma imzolanishi va 
bajarilishi orasida ma’lum vaqt intervali bor: bir haftadan olti-o’n ikki oygacha.
Ikkinchidan, valyuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilangani bo’yicha 
kabul qilinadi. Valyuta kurslari o’zgarishlari unga ta’sir etmaydi. Muddatli 
shartnomalar valyuta risklaridan sug’urtalanish yoki valyuta spekulyatsiyasi 
maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o’zini xorijiy valyuta kursining tushishidan 
sug’urtalash maqsadida kelgusi valyuta daromadini muddatli kurs bo’yicha sotishi 
mumkin. Importyor xorijiy valyuta kursi oshuvidan o’zini sug’urtalashi maqsadida 
kelgusi valyuta tushumini ma’lum muddatga muddatli kurs bo’yicha sotishi mumkin. 
Rivojlangan davlatlar valyuta bozorlarida valyuta kursining o’zgarishiga qarab 
ishlovchi valyutachilar faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalish mumkin. Bu 
valyutachilarning asosiy maqsadi valyuta bozorlarida valyuta kurslarining o’zgarishi 
asosida katta foyda olishdan iborat. Valyuta kursining oshishi yoki pasayishiga qarab 
faoliyat ko’rsatuvchilarni xalqaro amaliyotda *ayiqlar* va *buqalar* deb atashadi. 
Ular faoliyatining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar amaliyotda valyuta kursi 
tushishi kutilsa, valyuta kursi pasayishiga uynovchilar (ularni xalqaro valyuta
133


bozorlarida «ayiqlar» deb atashadi) valyutani shartnoma tuzilgan davr (muddatli 
kurs) kursi bilan sotish to’g’risida muddatli shartnoma tuzadilar. Agar bu muddatda 
valyuta kursi tushsa, ayiqlar valyutani bozordan pasaygan kursda sotib olib, uni 
muddatli kurs, ya’ni oldingi shartnomada ko’rsatilgan yuqori kurs bo’yicha sotadilar 
va kurslar o’rtasidagi farq miqdorida foyda oladilar.
Valyuta kursining ko’tarilishiga o’ynovchilar («buqalar») esa valyuta kursi 
oshishi kutilganda, valyutani keyinchalik shartnoma tuzilgan vaqtdagi kurs bo’yicha 
sotib olishga kelishilgan muddatli shartnoma tuzadilar. Kurs oshganda esa valyutani 
muddatli shartnomada belgilangan (oldingi) narx bo’yicha sotib oladilar va oshgan -
yuqori narxda sotib foyda ko’radilar.
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar forvard 
operatsiyalari deb yuritiladi.
Farvard operatsiyalaridagi valyuta kursi spot shartnomasi bo’yicha kursdan 
farqlanadi. U mukofot va chegirma (skidka) usuli bilan o’rnatiladi. Mukofot forvard 
kursi spot kursidan mukofot miqdoriga ko’pligini bildiradi. Forvard marjasi, ya’ni 
spot va forvard orasidagi farq jahon kapitali bozoridagi depozitlarning fond 
stavkalariga bilan bog’liq bo’ladi. Depozit foizi kam davlatlarda valyuta kursi 
mukofot bilan, depozit foizi katta davlatlarda valyuta kursi chegirma bilan 
belgilanadi.
Kassa 
va 
forvard 
operatsiyalarini 
muvofiqlashtiruvchi 
valyuta 
shartnomalaridan biri svop shartnomasidir. Bu shartnoma ikki valyuta savdo-sotig’ini 
darhol amalga oshirish sharti (spot) va shu bilan birga unga qarshi muddatli 
shartnomani tuzishni anglatadi. Masalan, dollarni markaga spot shartida sotish va shu 
zaxoti uni sotib olish bo’yicha muddatli shartnomani tuzish yoki unga teskari 
operatsiya dollarni markaga sotib olish spot shartnomasi va uni sotish bo’yicha 
muddatli shartnomani tuzish kiradi.
Forvard shartnomasi turlaridan biri optsion shartnomasidir. Optsion 
shartnomasining o’ziga xos xususiti bu sotib oluvchining valyutani emas, balki uni 
sotib olish huquqini sotib olishidir. Bunda sotuvchi ma’lum valyutani ma’lum 
miqdorda sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. Sotib oluvchi esa shu
134


miqdordagi valyutani sotish yoki sotib olish huquqini foydalanmaslik huquqiga ham 
ega. U bu uchun sotuvchiga optsion mukofotini tulaydi. Agar sotib oluvchi o’z 
huquqidan foydalanmasa, u mukofot summasida zarar ko’radi.
«Spot», forvard va optsion shartnomalari banklararo bozorlarda va birjalarda 
amalga oshiriladi. Birjada amalga oshiriladigan ixtisoslashgan shartnomalarga 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling