Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


-§. To’lov balansi, uni tuzish tamoyillari asosiy bo’limlari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2-§. To’lov balansi, uni tuzish tamoyillari asosiy bo’limlari
To’lov balansi - xalqaro hisob-kitob balanslarida markaziy o’rinni egallaydi. U 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarining masshtabi, tarkibi va xususiyati 
to’g’risida miqdor va sifat tavsifini beradi. To’lov balansi - aniq bir vaqt mobaynidagi 
chet eldan kelgan tushumlar va chet elga qilingan to’lovlar miqdorining nisbatidir.
To’lov balansi davrli va fursatli bo’ladi. Davrli to’lov balansi aniq bir vaqt (yil, 
oy, chorak) oralig’ida tushumlar va to’lovlarning o’zgarishini va davlatning tashqi 
iqtisodiy faoliyati sohasidagi o’zgarishlar va iqtisodning holati, rivojlanishini 
ifodalaydi. Fursatli (aniq bir muddatdagi) to’lov balansi statistik ko’rsatkichlarni 
chop etish shaklida e’lon qilinmasa ham, ma’lum bir vaqtda bajarilishi lozim bo’lgan 
kunlik to’lov va tushumlar nisbatini ifodalaydi.
Agar valyuta tushumlari to’lovlardan oshsa balans aktiv, aks holda passivdir. 
Hisob-kitob balansi va to’lov balansi orasidagi farqlar quyidagidir:

to’lov
balansida
mamlakatning
valyuta
tushumlari
va
to’lovlari
o’z
ifodasini 
topadi, hisob balansida esa, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha talab va 
majburiyatlari hisobga olinadi;

to’lov
balansi
faqat
real
tushum
va
to’lovlarni
ifodalaydi,
hisob-kitob
balansi 
esa hali to’lanmagan qarz va majburiyatlarini ham o’z ichiga oladi;

to’lov
balansida
hisob-kitob
balansida
o’z
ifodasini
topgan
xali
«uzilmagan» 
berilgan va olingan kreditlar hisobga olinmaydi;

to’lov
va
hisob-kitob
balanslarining
oxirgi
saldolari-aktiv
yoki
passiv
bo’lishi 
mohiyati jihatdan mos kelmaydi va qarama-qarshidir. Chunki kreditor davlatlarning 
hisob-kitob balanslari asosan aktiv, to’lov balanslari esa passiv (AQSh, GFR, 
Yaponiya va boshqalar) bo’lishi mumkin. Qarzdor mamlakatlarda esa passiv hisob-
kitob balansi saldosi ba’zi vaqtlarda aktiv to’lov balansi saldosiga to’g’ri keladi;

to’lov
balansi
faqat
to’langan
eksport
va
importni
o’z
ichiga
oladi,
hisob-kitob 
balansi esa hali to’lanmagan, kreditga berilgan tovaroobortni ham o’z ichiga oladi.
141


Shunday qilib, to’lov va hisob-kitob balanslari orasidagi farq xalqaro kredit 
munosabatlarining rivojlanishi bilan aniqlanadi. E’lon qilinuvchi to’lov balanslari 
operatsiyalari xususiyatiga ko’ra ikki asosiy bo’limni o’z ichiga oladi:

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling