Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
XVF qo’llanmasiga binoan to’lov balansi moddalari klassifikatsiyasi.
A. Joriy operatsiyalar * Tovarlar Xizmatlar Investitsiyalardan daromadlar Boshqa xizmatlar va daromadlar Xususiy bir tomonlama o’tkazmalar Rasmiy bir tomonlama o’tkazmalar Jami A: joriy operatsiyalar balansi. V. To’g’ri investitsiyalar va uzoq muddatli kapital Tugri investitsiyalar Portfel investitsiyalar Boshqa uzoq muddatli kapital Jami: A+V (AQShning bazis balansi konseptsiyasiga muvofiq)* * 145 S. Boshqa uzoq muddatli kapital. D. Xato va hisobga olmaydigan qismlar Jami; A+V+S+D (AQSh likvidlik kontseptsiyasiga muvofiq)* E. Balanslovchi moddalar. Oltin -valyuta rezervlarining qayta baholanishi, SDRning taqsimlanishi va ishlatilishi.. Oltin - valyuta rezervi harakati . F. Caldoni qoplashning favquloddagi manbalari G. Xorijiy rasmiy qo’mitalarning valyuta rezervlarini tashkil etuvchi majburiyatlar. Jami: A+V+S+D+E+F+G (AQShning bazis balansi kontseptsiyasiga muvofiq)* N. Rezervlarning yakuniy o’zgarishlari. Oltin SDR XVF ning rezerv holati Xorijiy valyuta Boshqa talablar XVF kreditlari __________________________ Milliy va xalqaro darajada to’lov balansini boshqarish. To’lov balansi davlat boshqaruvi talab qilinadigan ob’ektlardandir. to’lov balanslari o’z tabiatiga ko’ra doimiy aktiv va passiv bo’la olmasa ham, ularning o’zgarishi valyuta kursi va kapital oqimi, ayniqsa, «issiq pullar» oqimini beqarorligini kuchaytiradi. Bu o’z navbatida pul muomalasiga, oxir oqibatda esa iqtisodiyotga salbiy ta’sir etadi. Bunda to’lov balansini narx boshqaruvi avtomatik jarayoni orqali stixiyali tenglashtirish mexanizmi juda kuchsiz ta’sir etadi. Shuning uchun xalqaro hisob-kitoblarni muvozanatini tiklash maqsadli davlat tashkiliy ishlarini talab qiladi. 146 Xalqaro hisob-kitoblarni muvozanatlashtirish masalasi davlatning asosiy iqtisodiy maqsadlari qatoriga kiradi (iqtisodiy o’sishni ta’minlash, inflyatsiya va ishsizlikka karshi ko’rash bilan birgalikda). To’lov balansini davlat tomonidan boshqarish - to’lov balansining asosiy moddalarini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy, shu jumladan, valyuta, moliya, pul-kredit chora-tadbirlari yig’indisidir. to’lov balansini boshqarishning ko’plab usullari bor: bular xalqaro hisob-kitoblarning valyuta-iqtisodiy axvoliga muvofiq tashqi iqtisodiy operatsiyalarni rag’batlantiruvchi yoki chegaralovchi usullardir. To’lov balansi defitsit davlatlar eksportni rag’batlantirish, importni cheklash, chet el kapitalini jalb etish, kapitalning chiqib ketishini cheklash uchun quyidagilardan foydalanadi: Defilyatsion siyosat, devalvatsiya, valyuta cheklashlari, moliya va pul-kredit siyosati, to’lov balansiga ta’sir etishning maxsus usullari(uning asosiy moddalarini tashkil etish chogida). Aktiv saldoni to’lov balansida boshqarish bu ortikcha aktiv saldoni yo’qotishga qaratilgan. Bunda moliyaviy, kredit, valyuta usullari va revalvatsiya importni kengaytirish, eksportni cheklash, kapital eksportini oshirish va importini kamaytirishda qo’llaniladi. Aktiv saldo tashqi qarzni to’lash, xorijiy davlatlarga kredit berish, oltin-valyuta zahiralarini oshirishda foydalaniladi. To’lov balanslarini xalqaro usullarda boshqarishga: - eksport kreditlari shartlarini kelishish; - ikki tomonlama davlat kreditlari, svop kelishuviga muvofiq Markaziy banklarning milliy valyutadagi qisqa muddatli kreditlari; - Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining (avvalom bor XVFi) kreditlari va boshqalar kiradi. 147 savdo balansi; to’lov balansi; hisob-kitob balansi; aktiv balansi; passiv balans; defitsit; Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling