Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Bankning emitentlashgan mablag’lari. Banklar mijozlar
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Depozitlar va ularning salmog’ini kengaytirish
Bankning emitentlashgan mablag’lari. Banklar mijozlar mablag’laridan
etarli darajada uzoqrok foydalanishni amalga oshirishdan, manfaatdordirlar. Shu sababli banklar obligatsiya qarzlari, bank veksellari va boshqalarni chiqarish yo’li bilan o’z resurslarini miqdorini ko’paytirib boradilar. Obligatsiya qarzlari obligatsiyalar ko’rinishida emitentlashadi. Yoozirgi davrda chet el amaliyotida ikki valyutali obligatsiyalar uchraydi. Bu obligatsiyalar bo’yicha daromadlar obligatsiya egasi ixtiyoriga ko’ra milliy valyuta yoki AO’Sh dollarida yoki boshqa chet el valyutasida to’lanishi mumkin. Bank tomonidan elementlashgan qimmatli qog’ozlarning turlaridan biri «suzuvchi foiz stavkali» qimmatli qog’ozlar. Masalan, AO’Shda 1970 yillar o’rtalarida ikkita yirik tijorat banklari - «Sitibenk» va «Cheyz Manxetten Benk» xolding kompaniyalari orqali «suzuvchi foiz stavkali» qimmatli qog’ozlar chiqardilar. Bu qo’yilmalar bo’yicha foizlar 3 oylik xazina veksellariga nisbatan bir foiz yuqori to’lanadi. Banklar mijozlarning xohishiga qarab bir yilda ikki marta ularni to’lash majburiyatini o’z zimmalariga oldilar. Buning uchun mijoz ko’rsatilgan muddatdan bir hafta oldin mablag’larni olishi to’g’risida bankka xabar berishi shart. Bank passivlarida 90-yillar davomida bankning o’z mablag’lari miqdorining qisqarishi davom etdi va xorijiy mamlakatlar kabi bizning banklarimizda ham jalb qilingan resurslar salmog’i oshdi. Yangi resurslarni jalb qilishda yirik va mayda banklar foydasiga, nomutanosibliklar ko’paydi. Jalb qilingan mablag’larning yana bir turi bank balansida turgan va ularni qayta sotib olish to’g’risidagi kelishuv asosida sotiladigan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. 222 2-§. Depozitlar va ularning salmog’ini kengaytirish Tijorat banklari kredit resurslarini shakllantirishda depozitlar asosiy o’rinni egallaydi. Ularning asosiysi yo’qlab olinadigan qo’yilmalarga, tezkor hamda jamg’arma qo’yilmalarga bo’linuvchi depozitlardir. Yo’qlab olinadigan qo’yilmalar, shuningdek, joriy schetlar omonatchilarning birinchi talablari bilan olinadi. Joriy schetning egasi bankdan chek daftarchasini oladi. Bunda u pul olish bilan birga iqtisodiy munosabatlar vakillari bo’lgan korxona, tashkilot, muassalar hisob-kitob operatsiyalarini olib borishi mumkin. Muddatli omonatlar - mijoz tomonidan bankka ma’lum muddatga qo’yiladigan qo’yilmalar bo’lib, ular orqali mijozlarga bank tomonidan yuqori foizlar to’lanadi. Bunda foiz stavkalari qo’yilmaning muddati va miqdorigi bog’liq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalarning turlaridan biri, bu mablag’larni jalb qilishning aniq qayd etilgan vaqtga mo’ljallangan depozit sertifikatlar hisoblanadi. Ular muomalaga 1961 yili birinchi bo’lib «Ferst neshnl siti benk» kiritgan. Schet egalariga ularning nomlari yozilgan, to’lash muddati va foiz darajasi ko’rsatilgan maxsus guvohnomalar beriladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari bo’sh pul mablag’larini jalb qilishda depozit sertifikatlaridan foydalanmoqda. Sertifikatda ko’rsatilgan qo’yilma muddati tugagandan so’ng, uning egasi qo’yilma summasini va kelishilgan foizlarni olish huquqiga ega bo’ladi. Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo’yilmalari muhim rol. Ular to’liq summada yoki bo’lib-bo’lib qo’yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi va bank o’rtasidagi mablag’ qo’yishi bilan bog’liq munosabat omonat daftarchasini berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to’lovchilik asosida turli hil maqsadli qo’yilmalarni, muddatli yoki talab qilish hamda olish mumkin bo’lgan jamg’armalar qabul qiladilar. Shuningdek, ba’zi mamlakatlarda «Yangi yil qo’yilmalari» deb nomlangan turi ham mavjud. Bunda bank yil davomida, yangi yilni nishonlash uchun, katta bo’lmagan qo’yilmalarni qabul qilib boradi va yil oxirida omonatchilarga pullarni qaytaradi, 223 xohlovchilar pul jamg’arishni keyingi yangi yilgacha davom ettirishlari ham mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu qo’yilmalar oddiy fuqarolar orasida keng qo’llaniladi. Banklar uchun muddatli qo’yilmalar juda qulay hisoblanadi. Bank resurslarining muhim manbasi banklararo kreditlardir, ya’ni boshqa banklardan olinadigan ssudalar. Ushbu resurslardan foydalanish sezilarli darajada rivojlangan. Pul-kredit bozorida qisqa muddatli bank.lararo kreditlar, shuningdek, «qisqa pullar» salmog’i ko’pchilikni tashkil etadi. 224 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling