Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
-§. Pul tizimining baqarorligi va milliy valyutaning konvertabelligini
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
3-§. Pul tizimining baqarorligi va milliy valyutaning konvertabelligini
ta’minlash yo’llari «Milliy valyuta – milliy iftihor, davlat mustaqillikning ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir» 1 Yoar bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi iqtisodiy va sotsial o’sishni rag’batlantiradi, pul qadrining tushishi esa tartibsizlikka, jamiyat rivojlanishida boshqa to’skinliklar bo’lishiga esa olib kelishi mumkin. Pulning barqarorligi deganda pulning sotib olish qiymatining o’zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to’g’ri keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish qobiliyatini ifodalovchi «ko’rsatkich» tovarlar va hizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va hizmatlar bahosi barqaror bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo’ladi. Agar pul o’zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo’lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyatining tushganini ko’rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatining oshganligidan dalolat beradi. Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional - narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi. Qadrsizlangan pul birligi o’z funktsiyalarini to’liq bajara olmaydi. Pulning barqarorligi uning barcha funktsiyalarini to’laqonli bajarishi, hisob-kitoblarni olib borish, nazorat, moddiy rag’batlantirish, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun zarurdir. Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin. 1 I. Karimov «O’zbekiston iqtisodiy islohtlarini chuqurlashtirish yo’lida» T.: «O’zbekiston» 1995, 217 bet. 102 Pulga bo’lgan talab mamlakat pul oboroti asosida aniqlanadi. Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz oborot uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi bo’ladigan pullik jarayonlarining qo’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga bo’ladigan talab, shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi va demak muomalaga kam pul chiqarish kerak bo’ladi. Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi. Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet taxchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak. Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltin, zaxira va valyuta rezervlarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin. Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti - inflyatsiyaga qarshi puxta o’ylangan siyosat yurgizishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. 103 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling