VIII BOB. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI
1-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar-valyuta munosabatlarining asosi sifatida
Xususiy shaxslar,
firmalar, banklarning valyuta va pul bozoridagi xalqaro
hisob-kitoblar, kredit va valyuta operatsiyalarini
amalga oshirish maqsadidagi
kundalik aloqalarini o’z ichiga oladi. Valyuta munosabatlarining ba’zi bir elementlari
kadimiy Rimda veksellar asosida va bir mamlakat savdogarining pulini ikkinchi bir
mamlakat savdogariga almashtirib berish zaminida vujudga kelgan.
Valyuta
munosabatlarining rivojlanishining keyingi bosqichi kadimiy Lionda va boshqa
G’arbiy Evropa mamlakatlarida o’tkaziladigan tratta operatsiyalarining
rivojlanishi
hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi,
jahon bozorining barpo
bo’lishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va jahon xo’jalik tizimining
rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishining asosidir. Valyuta
munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir bo’lagi hisoblanib, uning holati
milliy va jahon iqtisodining
rivojlanish darajasiga, siyosiy axvolga,
mamlakatning
iqtisodiy potentsialiga, uning jahondagi mavqeiga va boshqa omillarga bog’liq
bo’ladi.
Xalqaro munosabatlar sharoitida kapitalning
aylanish jarayonida pul
kapitalining milliy pul ko’rinishidan xorijiy valyuta ko’rinishiga o’tish jarayoni
yuzaga keladi.
105