Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Tayanch so’zlar
chet el valyutasi;
valyuta riski;
xalqaro valyuta tizimi;
valyuta chegaralari;
jaxon valyuta tizimi;
valyuta tengligi;
valyuta savati;
xalqaro valyuta bozori;
SDR;
rezerv valyuta;
EKYu;
eksport operatsiyasi;
evro;
import operatsiyasi.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1. Valyuta tizimining asosiy elementlari? 
2. Yamayka valyuta tizimini asosi nima? 
3. Parij valyuta tizimini asosi nima? 
4. Evro valyuta tizimini tashkil topishi? 
5. Xalqaro valyuta fondi? 
122 


6. Nima maqsadda Evro muomalaga kiritildi? 
7. Xalqaro valyuta tizimining elementlari. 
123 


IX BOB. XALQARO YOISOB - KITOB OPERATSIYALARI 1-§. Xalqaro 
hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari
Bozor iqtisodi sharoitida tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, balki 
boshqa mamlakatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni olib boradilar. Tijorat 
banklarining boshqa mamlakatlar bilan olib boruvchi operatsiyalari ularning xalqaro 
operatsiyalari deb yuritiladi. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari o’z ichiga 
xalqaro savdoda ishtirok kiluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni, ssuda kapitali 
bozorida investitsiya faoliyatini yurituvchi, turizm, xorijiy qimmatli qog’ozlarni sotib 
olish va sotish, valyutani ayirboshlashi chek, veksel, inkassatsiya uchun bank 
aktseptlarini kabul qilish bilan shugullanuvchi mijozlar tomonidan talab qilinadigan 
xizmatlarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro operatsiyalardan bankka tushadigan daromadning eng asosiy qismini 
kredit berishdan tushadigan daromadlar tashkil qiladi. Xalqaro savdoni bank 
tomonidan kreditlash tovar va tovar hujjatlarini garovga olish asosida kredit berish
veksel bo’yicha va aktsept kreditlarni, bank ssudalarini berish shaklida amalga 
oshiriladi. Tashqi savdoni kreditlashning yangi shakllariga lizing, faktoring va 
forfetirlash kabilarni kiritish mumkin. Urta va uzoq muddatli xalqaro bank kreditlari 
evro-kredit shaklida ham beriladi.
Banklarning xalqaro operatsiyalarining yana bir turi bu banklarning valyuta 
operatsiyalari hisoblanadi. Bankning bir valyutani boshqa valyutaga almashtirish 
bilan bog’liq xalqaro operatsiyalari valyuta operatsiyalari deyiladi. Ularni amalga 
oshirish zaruriyati mavjudligining asosiy sababi xalqaro savdo, xalqaro kredit va 
xizmatlar bo’yicha hisoblashishlarda yagona to’lov vositasiga ega bo’lish zarurligi 
hisoblanadi.
Turli xil valyuta operatsiyalari yig’indisi jahon ssuda kapitali bozorining asosiy 
qismlaridan biri bo’lgan valyuta bozorini hosil qiladi. Valyuta bozorida xorijiy 
valyutaga talab va taklif mujasamlashtiriladi. Taklif sotilgan tovar va xizmatlari 
uchun daromad olgan eksporterdan, talab esa sotib olingan tovar va xizmatlarni
124


to’lash uchun xorijiy valyutaga muhtoj importerlardan kelib chiqadi. Valyuta 
operatsiyalari asosini tovaralar va xizmatlar, kapital va kreditlarning xalqaro harakati 
tashkil etadi.
Valyuta bozorida operatsiyalarni alohida olingan banklar, kompaniyalar va 
jismoniy shaxslar amalga oshiradilar. Birja ichida va undan tashqaridagi valyuta 
bozorlari bir-biridan farq qiladi. Valyuta operatsiyalarining ko’pchiligi birjadan 
tashqaridagi bozorlarda tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Banklar bir-biri bilan (bevosita yoki brokerlar orqali), mijozlari bilan valyuta 
operatsiyalarini xalqaro banklararo valyuta bozorida va birjalarda olib boradi. 
Valyuta shartnomalarining asosiy qismi xalqaro banklararo valyuta bozorida tijorat 
banklari o’rtasida imzolanadi.
Valyuta cheklashlari yo’q yoki sezilarli bo’lmagan davlatlarda (AQSh, 
Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Gonkong, BAA va boshk.) valyuta muomalalarini 
ixtiyoriy bank amalga oshirishi mumkin. Milliy valyuta konvertirlanmagan 
davlatlarda valyuta operatsiyalarini faqatgina davlat ruxsat bergan banklar amalga 
oshiradi.
Bankning valyuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning obro’yiga, 
xorijiy bo’limlari va filiallari tarmoklarining rivojlanganlik darajasiga, EXM bilan 
ta’minlanganligiga, telefon va telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog’liq. 
Valyuta operatsiyalarining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to’g’ri keladi. Ular 
nafaqat valyutani sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki xorijiy 
valyuta zahiralarini saqlaydi va valyuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa banklar ularga 
katirovka yuzasidan murojaat qiladi va o’z mijozlari uchun valyutani sotib oladi.
Ko’pchilik mamlakatlarda (Yaponiya, GFR, Frantsiya, Italiya, Avstraliya, 
Niderlandiya) yaxshi taraqqiy qilgan maxsus valyuta birjalari mavjud. 70-yillardan 
boshlab fond va tovar birjalarida valyuta bilan savdo qilish tarqalgan.
Banklar tomonidan valyuta operatsiyalari bankning o’z hisobiga yoki mijozlar 
hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Valyuta operatsiyalari xorijiy valyutada 
ifodalangan naqdsiz to’lov vositalari: bank depozitlari, cheklar veksellar, o’tkazmalar
125 


hisobiga amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valyutasi hisobiga amalga oshiriladigan 
operatsiyalar hajmi ancha kichikdir.
126 



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling