Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
-§. Xalqaro hisob - kitoblarning shakllari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank vekseli
- Valyuta kotirovkasi
2-§. Xalqaro hisob - kitoblarning shakllari
Tijorat banklarining xalqaro hisob - kitob operatsiyalarida turli hisob shakllari qo’llanilishi mumkin. Bular qatoriga bank buyrug’iga asosan pul o’tkazish (o’tkazma turi), bank cheki, bank vekseli, akkreditiv, inkasso shakllari va boshqalarni kiritish mumkin. O’tkazma - bu bankning o’z mijozining talabi asosan uning mablag’i hisobidan to’lanishi zarur bo’lgan summani olishi zarur bo’lgan xorijiy korxonaga (benefitsiarga) mablag’ni pochta yoki telegraf yo’li bilan o’tkazib qo’yish to’g’risidagi boshqa mamlakatdagi bank-korrespondentga bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Valyutani olishning eng tez va ishonchli vositasi telegraf o’tkazmasidir. Bank-korrespondentlar tomonidan maxsus kodning qo’llanishi valyuta mablag’lari bo’yicha zarar keltirish va o’z mijozlariga mablag’larni o’tkazishda bank tomonidan xatolarga yo’l qo’yishdan saqlaydi. O’tkazmada bank ikki operatsiyani bir vaqtning o’zida bajaradi: milliy valyuta hisobiga mijoziga xorijiy valyutani sotadi va xorijiy valyutani chet elga o’tkazib beradi. Bank cheki - bu bankning xorijiy bank-korrespondentga ma’lum miqdordagi pulni chek egasiga uning shu bankda mavjud bo’lgan korrespondentlik varaqasidan to’lash to’g’risidagi yozma buyrug’idir. Bank vekseli - bu o’tkazma veksel (tratta) bo’lib, bank tomonidan xorijiy bank korrespondentga tulash uchun beriladi. Xalqaro hisob-kitoblar deganda biz talablar va majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni muvofiqlashtirish tizimi tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank- korrespondentlari orqali o’tkazma, cheklar, veksellar, o’zaro talab va majburiyatlarni tenglashtirib voz kechish yo’li bilan naqd valyutasiz amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilari o’tkazilish yo’llari bilan ichki hisob-kitoblarga o’xshash bo’lsa-da, ammo ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Birinchidan, odatda ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) va tijorat (konosament, nakladnoy) hujjatlarni yordamida amalga oshadi. 127 Ikkinchidan, xalqaro hisob-kitoblar unifikatsiyalashgan (bir shaklga keltirilgan). Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko’pchilik mamlakatlar banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek konventsiyalariga amal qilishadi (Jenevada 1930 va 1931 yillarda kabul qilingan va Parij xalqaro savdo palatasi e’lon qilgan «Hujjatli akkreditivlar bo’yicha unifikatsiyalashgan qoida va an’analari» va «Inkasso bo’yicha unifikatsiyalashgan qoidalar»ga muvofiq xalqaro mikyosda hisob- kitob operatsiyalari olib boriladi. Bu hujjatlarga tashqi savdo aloqalarida bankka akkreditiv to’g’risida buyruq berilganda va inkasso topshiriqnomalari berilganda murojaat etish lozim bo’ladi. Klassik va eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli bo’lib hujjatli akkreditiv va hujjatli inkasso hisoblanadi. Akkreditiv bu bank (bank-emitent) majburiyati bo’lib mol sotib oluvchi (importer) ko’rsatmasiga binoan mol sotuvchi (eksporter) varag’iga mablag’ni o’tkazish yoki trattani tegishli summada (xizmat yoki tovar) aktseptlashni sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatga muvofiq amalga oshirishni ifodalaydi. Akkreditiv shaklidagi hisob-kitoblarda bir qancha banklar ishtirok etishi mumkin: akkreditivni ochuvchi bank-emitent; sotuvchiga akkreditiv ochilgani to’g’risida xabar beruvchi bank; akkreditivni to’lovchi yoki trattani aktseptlovchi bank. Shu bilan birgalikda bank emitentdan boshqa banklar rolida bir bankning o’zi ham ishtirok etishi mumkin. Akkreditiv operatsiyalari to’rt asosiy bosqichni bosib o’tadi. Birinchi bosqich. Importyor tovarning jo’natishga tayyorligi to’g’risida xabar olgandan keyin o’z bankiga (bank-emitent) eksport bankida ma’lum summa va muddatga akkreditiv ochish topshirig’ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig’i bilan birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi. Ikkinchi bosqich. Bank-emitent tegishli bankda akkreditiv ochiladi va eksportyorga bu haqda xabar qilinadi, zarur bo’lsa akkredetiv ochilganligi tasdiqlanadi. Uchinchi bosqich. Tovarni jo’natgan eksporter bankka talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to’lovni oladi (odatda u eksportyorning hisobvaraqasiga o’tkaziladi). 128 To’rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar hujjatlarini bank-emitentga yuboradi, u, o’z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi va akkreditiv summasini qoplaydi (importyor bu summani to’lab beradi). Majburiyat turiga ko’ra bank akkreditivi «chaqirib olinadigan» va «chaqirib olinmaydigan» tasdiqlangan bo’ladi. «Chaqirib olinadigan» akkreditiv muddatdan ilgari importyor yoki bank-emitent ko’rsatmasiga binoan bekor qilinishi mumkin. Bunday akkreditiv eksportyor manfaatlariga javob bermaydi va amaliyotda kam uchraydi. «Chaqirilmaydigan» akkreditiv eksportyor ruxsatisiz bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas. U bank-emitentning eksporterga to’lovni amalga oshirish yoki trattani aktseptlashning qat’iy majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Eksportyor uchun «chaqirilmaydigan» akkreditiv qo’llanilishi jihatdan afzal hisoblanadi. Agar bank - emitent akkreditivni ochuvchi bankka valyuta qoplamasini jo’natsa, akkreditiv ta’minlagan, aks holda, ta’minlanmagan deyiladi. Hujjatli inkasso operatsiyasida eksportyor o’z bankiga inkasso topshiriqnomasini beradi va tashqi savdo shartnomasida ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etish bilan importyordan ma’lum valyuta miqdorini olish lozimligini ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda eksportyor o’z banki orqali importyor bankiga inkassatsiya uchun hujjatlarni jo’natadi. Inkassatsiya operatsiyasi to’rt asosiy bosqichdan o’tadi. Birinchi bosqich. Eksportyor o’z bankiga inkasso topshiriqnomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni beradi. Ikkinchi bosqich. Eksportyor banki importyor mamlakatdagi bank- korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlarni yuboradi. Uchinchi bosqich. Bank-korrespondent importyorga hujjatlarni taqdim etadi va inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan summani oladi yoki trattani aktseptlaydi. To’rtinchi bosqich. Olingan to’lov miqdori importyor bankidan eksportyor bankiga, undan esa eksportyor schyotiga o’tkaziladi. Valyuta operatsiyalarini valyutalar o’rtasidagi nisbatni aniqlamasdan va ularni almashilmasdan o’tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valyuta «kotirovka»lari 129 yordamida o’rnatiladi. Valyuta kotirovkasi deganda almashtirish uchun taqdim etilgan valyutalar kursini o’rnatish va ular orasidagi nisbatni o’rnatish tushuniladi. Valyuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo’linadi. Rasmiy valyuta Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling