Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
fyuchers shartnomalari kiradi. Fyuchers operatsiyalari fyuchers shartnomalarini
sotish va sotib olish bo’yicha tuziladi. Fyuchers operatsiyasi valyutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi operatsiya bilan tugaydi. Fyuchers operatsiyasining natijasi bu yutqizgan tomonning yutgan tamonga shartnoma tuzilgan va amalga oshirilgan vaqt orasidagi kurs farqini to’lashidir. Bu farqni birjaning hisob-kitob (kliring) palatasi to’lab beradi. Fyuchers shartnomalari imzolanishi zaxoti birjaning hisoblash markazida ro’yxatdan o’tadi. Fyuchers va boshqa muddatli shartnomalarining maqsadi valyuta operatsiyalarini xedjirlash yoki chayqovchilik asosida foyda olishdir. Banklar o’z mijozlarining valyuta risklarini o’z zimmasiga olsalar (forvard operatsiya o’tkazganda), unga teskari fyuchers bitimi yordamida bu risklarni kamaytiradi (yo’qotadilar). Fyuchers bitimi tugaganda esa ular real tovarlar bitimidan kurgan zararni, valyuta kursi orasidagi farq orqali qoplash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Valyuta kursi orasidagi farq tufayli foyda olish maqsadida banklar valyuta arbitrajini o’tkazishadi. Bu valyutani sotish yoki sotib olish bo’lib, keyinchalik teskari bitim qilib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda olish maqsadida o’tkazishni ifodalaydi. Arbitraj ikki xil -joylashuvga ko’ra va vaqtli bo’ladi. Joylashuvga ko’ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi kurs farqi orqali foyda olishini bildiradi. U valyuta riski bilan bog’liq emas, chunki valyuta savdosi bir vaqtning o’zida amalga oshadi. Masalan, bank vakili Gongkokda valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaqtning o’zida u o’zining Nyu-Yorkdagi korrespondenti orqali shu valyutani sotadi (sotib oladi). Vaqtli arbitraj vaqt o’tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshirilishi mumkin va bu turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud bo’ladi.. 135 Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda unga o’z valyuta resurslarining bir qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo’yicha majburiyat va talablari orasidagi nisbat o’zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonida valyutalar bo’yicha talab va majburiyatlar nisbati holati banklarning valyutaviy holati deyiladi. Valyuta bo’yicha majburiyatlar va talablar teng bo’lgan holat yopik, teng bo’lmagani ochiq valyuta holati deyiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling