Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
-§. To’lov balansi, uni tuzish tamoyillari asosiy bo’limlari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
2-§. To’lov balansi, uni tuzish tamoyillari asosiy bo’limlari
To’lov balansi - xalqaro hisob-kitob balanslarida markaziy o’rinni egallaydi. U mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarining masshtabi, tarkibi va xususiyati to’g’risida miqdor va sifat tavsifini beradi. To’lov balansi - aniq bir vaqt mobaynidagi chet eldan kelgan tushumlar va chet elga qilingan to’lovlar miqdorining nisbatidir. To’lov balansi davrli va fursatli bo’ladi. Davrli to’lov balansi aniq bir vaqt (yil, oy, chorak) oralig’ida tushumlar va to’lovlarning o’zgarishini va davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi o’zgarishlar va iqtisodning holati, rivojlanishini ifodalaydi. Fursatli (aniq bir muddatdagi) to’lov balansi statistik ko’rsatkichlarni chop etish shaklida e’lon qilinmasa ham, ma’lum bir vaqtda bajarilishi lozim bo’lgan kunlik to’lov va tushumlar nisbatini ifodalaydi. Agar valyuta tushumlari to’lovlardan oshsa balans aktiv, aks holda passivdir. Hisob-kitob balansi va to’lov balansi orasidagi farqlar quyidagidir: - to’lov balansida mamlakatning valyuta tushumlari va to’lovlari o’z ifodasini topadi, hisob balansida esa, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha talab va majburiyatlari hisobga olinadi; - to’lov balansi faqat real tushum va to’lovlarni ifodalaydi, hisob-kitob balansi esa hali to’lanmagan qarz va majburiyatlarini ham o’z ichiga oladi; - to’lov balansida hisob-kitob balansida o’z ifodasini topgan xali «uzilmagan» berilgan va olingan kreditlar hisobga olinmaydi; - to’lov va hisob-kitob balanslarining oxirgi saldolari-aktiv yoki passiv bo’lishi mohiyati jihatdan mos kelmaydi va qarama-qarshidir. Chunki kreditor davlatlarning hisob-kitob balanslari asosan aktiv, to’lov balanslari esa passiv (AQSh, GFR, Yaponiya va boshqalar) bo’lishi mumkin. Qarzdor mamlakatlarda esa passiv hisob- kitob balansi saldosi ba’zi vaqtlarda aktiv to’lov balansi saldosiga to’g’ri keladi; - to’lov balansi faqat to’langan eksport va importni o’z ichiga oladi, hisob-kitob balansi esa hali to’lanmagan, kreditga berilgan tovaroobortni ham o’z ichiga oladi. 141 Shunday qilib, to’lov va hisob-kitob balanslari orasidagi farq xalqaro kredit munosabatlarining rivojlanishi bilan aniqlanadi. E’lon qilinuvchi to’lov balanslari operatsiyalari xususiyatiga ko’ra ikki asosiy bo’limni o’z ichiga oladi: Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling