Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


 - bo’lim - joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

1 - bo’lim - joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi:
tashqi savdo operatsiyalaridan tushumlar va savdo balansi;
xizmatlar (xalqaro yuk tashishlar, fraxt, sug’urta va boshqalar) va notijorat 
(patentlar bo’yicha hisob-kitoblar, texnik yordam) balansi, investitsiya bo’yicha 
daromad va to’lovlar.
2 -bo’lim - kapital va kredit harakati balansi (qisqa va uzoq muddatli 
operatsiyalar).
Tarixan tashqi savdo xalqaro iqtisodiy aloqalarni olib borish va 
rivojlantirishning boshlang’ich nuktasi hisoblangan . Shuning uchun ham tashqi 
savdo to’lov balansida asosiy o’rinni egallaydi. Tovarlarni eksport va import qilish 
jarayoni tashqi savdo balansida o’z ifodasini topadi. Alohida olingan davlatning 
tashqi savdo balansi aktiv yoki passiv bo’lishi mumkin. Bu hol mamlakatning tashqi 
iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasiga mamlakatning jahon bozoridagi 
mavqeiga, uning eksport qudratiga va boshqa sabablarga bog’liq bo’ladi. Ba’zi 
Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarning tashqi savdo balansining 
aktiv qoldikka ega bo’lishi bu davlatlarning boshqa xorijiy mamlakatlar zaminida 
iqtisodining rivojlanishiga asos bo’lmoqda.
Xizmatlar balansi yuklarni etkazib berish, sug’urtalash, elektron, telegraf, 
telefon, aloqaning boshqa turlari,xalqaro turizm, tajriba almashish, diplomatik 
xizmatlar, ilm-madaniyat sohasida anjumanlarni o’tkazish, yarmarka, reklamalar 
o’tkazish va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar bo’yicha bo’ladigan chet el 
valyutasidagi to’lovlarni va tushumlarni o’z ichiga oladi.
142 


Kapital va kreditlar harakati balansi davlat va xususiy kapitalning kirib kelishi 
va chiqib ketishi hamda xalqaro kreditlar berish va olish bilan bog’liq bo’lgan 
operatsiyalarni ifoda qiladi. O’zining muddatliligiga qarab kapital va kreditlar oqimi 
qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Kapital va kredit oqimi balansiga «xatolar va hisobga olinmagan» moddasi 
biriktiriladi. U qisqa muddatli kapitalning hisobga olinmagan harakatini ifodalaydi. 
Valyuta zaxiralarining o’zgarishi Markaziy banklarning Xalqaro valyuta 
operatsiyalarini belgilaydi, ular to’lov balansini tenglashtirish va milliy valyuta 
kursini ushlab turish bilan bog’liqdir. AQShda joriy to’lov balansi «doimiy» 
passivdir. Manfiy saldo 1988-94 yillari 100 mln. dollar (yiliga) atrofida bo’ldi, 
Tashqi qarzning tabiiy to’planishi yuz bermokda. Shu bilan birgalikda AQShda 
boshqa mamlakatlarning majburiyatlari yig’ilmoqda. Bir qator davlatlarda (GFR, 
Yaponiya, Shveytsariyada) aktiv saldo ko’zga tashlanadi. Shu davr ichida yillik sof 
aktiv GFRda 51 mln. dollar, Yaponiyada 40,8 mln. dollardir. Shimol-Janub 
moliyaviy o’zaro aloqalari natijasida «uchinchi dunyo» mamlakatlarining qarzi 90-
yillar boshida 1,5 trln. dollarga etdi.
To’lov balansining saldosi aniqlanganda, uning moddalari asosiy va 
balanslovchilariga bo’linadi. Asosiy moddalarga to’lov balansi saldosiga ta’sir 
etadigan va nisbiy mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi:
joriy operatsiyalar va uzoq muddatli kapital harakati.
Balanslovchi moddalarga mustaqillikka ega bo’lmagan, yoki cheklangan 
mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi. Bular to’lov balansi saldosini tugatish 
manbalari va vositalari:

valyuta
zaxiralari
harakati;

qisqa
muddatli
aktivlarning
o’zgarishi;

xorijiy
yordamning
ba’zi
bir
turlari;

tashqi
davlat
zayomlari
va
boshqalar.
Asosiy va balanslovchi moddalarning yakuniy ko’rsatkichlari bir-birini 
qoplaydi, ya’ni to’lov balansi rasman muvozanatlashadi.
143


Agar to’lovlar tushumlardan oshsa, defitsitni qoplash muammosi paydo 
bo’ladi. Buning uchun an’anaviy manbalar va usullar, ya’ni zayom va tadbirkorlik 
kapitalini kiritishdan foydalaniladi. Bu vaqtinchalik usuldir. Chunki qarzdor davlat 
foiz, devidend va zayom summasini to’lab berishi lozim.
Passiv saldo balansini qoplashning yangi usuli Markaziy banklarning milliy 
valyutada beradigan svop kelishuvi bo’yicha qisqa muddatli kreditidir.
To’lov balansining vaqtinchalik defitsitini qoplash uchun XVF a’zo davlatlarga 
rezerv (shartsiz) kreditini beradi(kvotaning 25% chegarasida).
Rivojlanagan davlatlar o’z to’lov balansi defitsitini qoplash uchun bank 
konsortsiumlari kreditlari, obligatsiyali zaemlardan foydalanadi.
To’lov balansi defitsitini vaqtinchalik qoplash usullariga shuningdek «xorijiy 
yordam» liniyasidan olingan imtiyozli kreditlar kiradi.
To’lov balansini balanslashning oxirgi usuli bu rasmiy oltin valyuta 
zaxiralardan foydalanishdir.
To’lov balansini yakuniy balanslashning asosiy usuliga chet el 
konvertirlanadigan valyuta zaxirasi kiradi.
70-yillardan boshlab to’lov balansi defitsitini qoplash uchun xorijiy valyutani 
sotib olishda SDR dan foydalanila boshladi.1979 yildan boshlab EVT davlatlari bu 
maqsadda EKYu dan ham foydalanadi. to’lov balansi defitsitini qoplashning oxirgi 
vositasi subsidiya va in’omlar tarzidagi xorijiy yordam hisoblanadi.
To’lov balansini muvozanatlashning yordamchi usullariga chet el va milliy 
qimmatli qog’ozlarni chet el valyutasiga sotish kiradi.
Masalan, AQSh passiv saldoni qoplash maqsadida xazina oblagatsiyalarini 
xorijiy davlatlar Markaziy banklarida saqlaydi.
To’lov balansini tuzish uslubi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar natijasini baholash va ko’lamini hisoblashga 
o’rinishlar XIV asr oxirlariga to’g’ri keladi.
XX asr boshlarida AQSh va Angliyada to’lov balansini tuzish usullari keng 
rivoj topdi. 1923 yilda AQShda 1922 yilgi ko’rsatkichlar natijalari bo’yicha to’lov
144


balansini tuzish va uni e’lon qilishga urinish bo’lgan. 1943 yili amerika iqtisodchisi 
X.Leri AQShning 1919-1939 yilgi to’lov balansini tuzdi. Uning asosida ikkinchi 
jahon urushidan keyin to’lov balansi tuzildi. 1946 yildan boshlab chorak va yillik 
to’lov balanslari hisobotlari AQSh savdo Vazirligi jurnali «Servey of karrent 
biznes»da chop etila boshladi.
1947 yili BMT hujjati sifatida to’lov balansi sxemasi yaratildi. U XVFning 
to’lov balansini tuzish shakllari va tamoyillarini ishlab chiqishiga asos bo’ldi. XVF 
«to’lov balansi bo’yicha qo’llanma» chiqarib rivojlantirishni davom ettirdi. Ular o’z 
sxemalarini universallashtirishga harakat qilishadi, chunki bu rivojlangan va 
rivojlanayotgan 
davlatlar 
balanslarini 
solishtirish 
imkonini 
beradi. 
Joriy 
ma’lumotlarni qayta ishlab XVF ekspertlari aniqliklar kiritadi, norasmiy 
ma’lumotlardan foydalanishadi, to’lov balanslari moddalarini qayta guruhlashadi va 
boshqa ishlarni bajarishadi. Bu tekshirilaetgan jarayonni kulami to’g’risida fikr 
yuritish imkonini beradi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling