Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Tayanch so’zlar
xalqaro qarzdorlik balansi;
kapital va kredit xarakati balansi; 
defilyatsion siyosat; 
devalvatsiya; valyuta 
cheklanishlari.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1. Savdo balansini o’ziga xos xususiyatlari? 
2. Passiv savdo balansi nima? 
3. Aktiv savdo balansi nima? 
4. To’lov balansiga ta’sir qiluvchi omillar? 
5. To’lov balansining defitsitiga barham berish usullari. 
6. Xalqaro hisob-kitob balanslari. 
7. To’lov balansiga ta’sir etish usullari. 
148 


XI BOB. KREDITNING ZARURLIGI, MOYOIYATI VA
FUNKTSIYALARI
1-§. Fondlarning aylanishini o’ziga xos xususiyatlari va kreditning
zarurligining boshqa omillari
O’zining tarixiy rivojlanishida kredit bir necha bosqichlarni bosib o’tgan.
Birinchi shakllanishi. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida 
maxsus vositachilarning yo’qligi edi. Kredit munosabatlari, bo’sh pul mablag’larning 
egasi va qarz oluvchi o’rtasida bevosita amalga oshirilar edi. Bu erda kredit 
sudxo’rlik kapitali sifatida namoyon bo’ladi. Uning xarakterli belgilari sifatida 
quyidagilarni belgilab o’tish mumkin:
- qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi, to’g’ridan-to’g’ri kelishuvga 
asoslangan qarz munosabatlarining to’liq markazlashmaganligi;
- mablag’larni taqsimlashning cheklanganligi; 
- qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining 
belgilanganligi va boshqalar. 
Bu bosqichning tugallanishi ishlab chiqarish maqsadlari uchun moliyaviy qarz 
resurslariga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishiga olib kelgan kapitalistik ishlab 
chiqarish usuli bilan bog’liq. Alohida olingan sudxo’rlarning individual kapitallari 
ko’rsatilgan talablarni qondirish uchun etarli emas edi. Bu esa ba’zi mulkdorlar 
tomonidan boshqa mulqdorlar pul mablag’larini jalb qilish hisobidan o’z faoliyatini 
olib borishga majbur qilardi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling