Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Tarkibiy jihatdan rivojlanish


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Tarkibiy jihatdan rivojlanish. Kredit rivojlanishining bu bosqichi ssuda 
kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari ko’rinishidagi maxsus vositachilarining 
paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Katta sudxo’rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki 
banklar o’z zimmasiga ko’pchilik kredit institutlariga keyinchalik an’nanaviy bo’lib 
qolgan, eng kerakli funktsiyalarni oldi. Bular:
149


- bo’sh moliyaviy mablag’larni foiz bilan vaqtida to’lash majburiyati asosida 
qarz oluvchiga berishiga asoslanib jamg’arish; 
- yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to’lov va hisob-kitoblar bo’yicha 
xizmat ko’rsatishi (keyinchalik davlat uchun ham); 
- qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o’tkazish (masalan, veksel 
munosabati mexanizmi bo’yicha xizmat ko’rsatish va boshqalar).
Maxsus vositachilarga ssuda kapitali bozorida bo’lgan talab, shuningdek, 
foydaning yuqori normasi bank tizimining boshqa faoliyat sohalaridan keladigan 
kapital oqimi hisobiga rivojlanishini aniqlab beradi (yangi vujudga kelayotgan kredit 
tashkilotlarining tuzuvchilari sudxo’r va sarroflar bo’lmay, balki sanoat va savdo 
kapitalistlari edi). Rivojlanish bosqichida ssuda kapitali bozoridagi munosabatlar 
ma’lum darajada shakliy xarakter ola boshladi, kreditlashning malum bir turdagi 
jarayonlari o’rnatildi, ssuda kapitalining o’rtacha regional va o’rtacha milliy 
normalari o’rnatildi va h.k. Biroq kredit tashkilotlarning faoliyati haligacha 
markazlashmagan edi. Bu esa ssuda kapitali bozorining rivojlanishiga to’sqinlik 
qilardi va iqtisodiyotning tsiklik rivojlanish sharoitlarida moliyaviy bozorning boshqa 
bo’g’inlarida nomutanosibliklarni keltirib chiqardi.
Yoozirgi ahvoli. Bu bosqichning asosiy belgisi - iqtisodiyotda kredit 
munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir. Davlat 
miqyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki 
yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki umumilliy davlat kredit institutlarining paydo 
bo’lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo’l keldi hamda tijorat 
banklarining operatsiyalari va xizmat ko’rsatish ko’lamining kengayishiga olib keldi, 
masalan, fond bozoriga xizmat ko’rsatish bo’yicha. Keyinchalik Markaziy banklar 
faoliyati bozor iqtisodiyotini barqarorlashtirishning samarali omili bo’lgan kredit 
dastaklarini ishlatish bo’yicha yo’naltirildi. Bu esa davlatniki bo’lmagan kredit 
tashkilotlarini nazorat qilishni kuchaytirishni talab qildi. Shuningdek, iqtisodiyotda 
informatsion texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter 
kommunikatsiyalari va ma’lumotlar bazalarining shakllanishi kredit munosabatlarini 
yangi sifatli darajaga, ya’ni mijozga xizmat ko’rsatish bilan birga ularning moliyaviy
150


faoliyatining hamma jabhalariga, shuningdek, xalqaro bozorga ham tarqalishiga olib 
keldi.
Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati - bu ishlab chiqarishdir. Ishlab 
chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat 
hayotiy ne’matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari 
ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi 
muammodir.
Bu muammo o’z echimini kredit orqali topadi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish 
jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari 
vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditning vujudga kelishini nafaqat 
ichki iste’mol uchun tovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik 
jihatdan mustaqil, bir-biriga mulkdor sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisodiy 
munosabatlarga kirishishga tayyor tovar egalari faoliyat ko’rsatayotgan muomala 
doirasidan qidirish kerak.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta 
aylanishidagi qiymatning harakati kredit munosobatlari paydo bo’lishining iqtisodiy 
asosidir.
Bizga ma’lumki, korxonalarning ishlab chiqarish fondlari (qiymat shaklidagi 
mehnat vositalari va predmetlari) muayyan bir muddatda pul (P), ishlab chiqarish va 
tovar (T) shakllarida bo’lishi mumkin. Korxona ishlab chiqarish fondlarining 
doiraviy aylanishini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
P - T ... Ishlab chiqarish ... T
I
- P
I
Fondlar doiraviy aylanishining birinchi bosqichida (P-T) pul fondlarining 
ishlab chiqarish fondlariga aylanishi sodir bo’ladi. Bunda mavjud pul mablag’lariga 
mehnat predmetlari va vositalari sotib olinadi.
151 


Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida (... Ishlab chiqarish ...) ishlab 
chiqarish jarayoni sodir bo’lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro’y beradi, 
mahsulot ko’rinishi tovar ko’rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga 
yangi qiymat qo’shiladi.
Uchinchi bosqichda (T
I
- P
I
) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o’zining 
boshlang’ich pul shakliga o’tadi., lekin bunda tovar ham, pul ham o’zining ishlab 
chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat jihatdan va miqdor jihatdan 
ortgan holda bo’ladi.
Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari o’z navbatida yana xarajat 
qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish vositalari 
sotib olinadi, ish xaqi to’lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi. Shunday qilib, 
aylanma mablag’larning aylanishi qayta-qayta takrorlanaveradi va fondlarning 
doiraviy aylanishi vujudga keladi. Fondlarning har bir individual doiraviy aylanishi 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar 
bilan uzviy bog’langan.
Ma’lumki 1-bo’lim korxonalari tomonidan yaratilgan mahsulot 2-bo’lim 
korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste’mol qilinadi. O’z navbatida 
2-bo’lim mahsuloti nafaqat o’z istemolchilari ehtiyojini, shuningdek, 1-bo’lim 
istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi.
Bularning hammasi oborot fondlarining doiraviy aylanishi uzluksizligidan va 
fondlarning individual aylanishlari o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjudligidan dalolat 
beradi.
Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan 
bo’shatilishi ko’zga tashlanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish 
jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar mahsuloti qiymatiga 
asta-sekin o’tib boradi. Asosiy fondlarning asta-sekin eskirish qiymati o’z o’lchami 
bo’yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini ta’minlay olmaydi.
Fondlaring aylanishida asosiy fondlarning o’zgaruvchan harakati ro’y beradi. 
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bunda ba’zi korxonalarda bo’sh pul mablag’lari
152


to’planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli mablag’lar 
etishimovchiligi yuzaga keladi.
Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu 
erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilma-xildir. Dastavval, bu 
tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri bilan 
mahsulotni sotish vaqti bir-biriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi.
Mablag’lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo’natish bilan bog’liq 
xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma’lumki, mahsulotni jo’natish vaqti bilan uni 
sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish vaqti ko’p 
hollarda to’g’ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. 
Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste’mol qiluvchi korxona 
bir biridan muayyan masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning ayni 
vaqtda tovar va xizmatlarga to’lash uchun hisob-kitob schetida pul mablag’larining 
etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi.
Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti 
bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga keladigan 
qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo’lishi tabiiy holga 
aylanadi. Bu munosabatlar mablag’larning vaqtincha bekor turib qolishi bilan bu 
mablag’larga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etadi. Bunday 
munosabatlar odatda kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit munosabatlar 
asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan kredit kategoriyasi yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling