II BOB. PULNING FUNTSIYALARI VA ROLI 1-§.
Pulning funktsiyalari va ularga tavsif
Yoar bir iqtisodiy kategoriyalarning amal qilishi,
iqtisodiy munosabatlarning
ma’suli sifatida namoyon bo’lishi, uning zimmasiga ma’lum vazifalarni yuklaydi. Pul
iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettira turib, ma’lum funktsiyalarni bajaradi.
Pulning mohiyati uning bajaradigan funktsiyalarida
yanada yaqqolroq
namoyon bo’ladi.
Pulning funktsiyasi to’g’risidagi savol bir vaqtning o’zida ham qiyin va ham
juda oson savoldek tuyuladi.
Bu
savolning soddaligi shundaki, pulning funktsiyalari real hayotga yaqin va
iqtisodiy amaliyotdagi mavjud jarayonlarni o’zida ifodalaydi.
Qiyinligi
shundaki, pulning funktsiyalari, ularning
mohiyati iqtisodchilar
tomonidan har xil talqin qilinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning turli xil
funktsiyalarini uchratish mumkin.
Biz pulni
iqtisodiy kategoriya deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda keng tarqalgan funktsiyalarini tahlil qilib, pul asosiy to’rt funktsiyani
bajaradi degan fikrni ta’kidlamoqchimiz. Bular: qiymat o’lchovi, muomala vositasi,
to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funktsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: