Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Bank kreditining maqsadliligi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

Bank kreditining maqsadliligi
Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan 
kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining 
moliyaviy resurslarga bo’lgan turli ehtiyojlarni qondirish uchun o’z ixtiyori bo’yicha 
ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash soxasida cheklangan 
tarzda qo’llaniladi, o’rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo’llanilmaydi. 
Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror maqsadni amalga oshirish 
uchungina kreditlar beriladi.
Kreditning qaysi maqsad uchun berilayotganligi kredit shartnomasida 
ko’rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz oluvchi tomonidan faqatgina 
shartnomada ko’rsatilgan masalani hal etish uchun ishlatiladi. (masalan, olinayotgan 
tovarlar bo’yicha hisoblashish, ish haqi to’lash va h.k. uchun) Qarz oluvchi 
tomonidan ko’rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda ko’rsatilgan jarimalar 
qo’llaniladi.
Qarz oluvchilarning kategoriyalari.
O’zining faoliyat doirasiga qarab qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir 
necha guruhlarga bo’linishi mumkin. Agrar sohada kreditlar oluvchilar. Bu sohaning 
bo’lishi - maxsus kredit muasasalari - agrobanklarning, keyinchalik qishloq xo’jaligi 
sohalariga xizmat ko’rsatuvchi boshqa banklar Paxtabank, G’allabank va boshqa shu 
turdagi banklarning tashkil topishini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Bu banklar 
faoliyatining o’ziga xos xususiyati qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq 
bo’lgan mavsumiylikni e’tiborga olgan holda kreditlash hisoblanadi.
Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo’yicha kreditlar savdo va 
xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ktlariga beriladi. Bu 
kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bo’lib, tijoratchilar ehtiyojini qondirishda 
katta ahamiyatga egadir.
172


Bank tomonidan kreditlar qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha oldi-sotdi 
operatsiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachilari: broker, makler, diler 
firmalariga beriladi.
Ko’chmas mulk egalariga ipoteka kreditlari berilishi mumkin. Ular ham oddiy, 
ham ixtisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beriladi. Bu hozirda xorij amaliyotida 
keng tarqalgan bo’lib, xatto ba’zi manbalarda kreditning alohida shakli sifatida 
namoyon bo’ladi. Bizning mamliyotimizda esa bu faqatgina 1996 yildan boshlab 
tarqala boshladi. Xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi, mulkka egalik 
asoslarining qonunlashtirilishi ipoteka kreditini yanada ravnaq topishiga olib keladi.
Banklararo kreditlar - bank kreditining keng tarqalgan shakllardan biri. 
Banklararo kreditning joriy stavkasi ma’lum bir tijorat bankning boshqa turlardagi 
ssudalar berish siyosatini aniqlab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu normaning 
aniq miqdori (hisob stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling