Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va
-§. Banklarning boshqa operatsiyalari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003
4-§. Banklarning boshqa operatsiyalari
Banklar komission operatsiyalarni ham olib boradilar, ya’ni mijozlarning hisobidan ularning turli topishiriqlarini bajaradilar. Bunday topshiriqlar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o’tkazish bilan bog’liqdir. Bunda mijoz o’z bankiga hisobidagi ma’lum bir summani ko’rsatilgan adres bo’yicha o’tkazishni yuklatadi. Operatsiya nihoyasiga etganidan so’ng bank pul o’tkazilganligi to’g’risidagi xo’jjatni yuboradi yoki beradi. O’tkazilgan operatsiya uchun bank vositachilik haqini oladi. Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida arenda yoki lizing (Leasinq - ingl. «ilgari») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog’liq faoliyat turlari keng rivoj topmokda. Bu operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashina - uskuna, jixozlar, transport vositalarini sanoat korxonalariga uzoq muddatli arendaga berishadi va ular bilan lizing shartnomalarini tuzishadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sanoat korxonalariga ssuda berish o’rniga ularni o’zi sotib oladi va ularni iste’molchilarga arendaga bergan holda, egalik huquqini o’zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foizini emas, balki arenda haqini (lizing to’lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy o’sishga erishishni ta’minlash sharoitida , ishlab chiqarishning samaradorligini ta’minlash va uni kengaytirish uchun likvid mablag’lar hajmining cheklanganligi va ilmiy-texnika progressi joriy qilish sharoitida investitsiyalarni optimallashtirish zaruriyati lizing operatsiyalarning roli va ahamiyatini oshiradi va ularni iqtisodiy faoliyatning muhim vositasiga aylantiradi. Lizing korxonaga kerakli vositalarni shu vaqtning o’zida unchalik katta bo’lmagan xarajatlar evazida olish imkonini beradi. Ijaraga oluvchi uchun vositani (asbob-uskuna, jihoz va hakazolarni) sotib olish va moliyalashtirish masalalari bir vaqtda hal etiladi. Lizing usulida iste’molchilarning ilg’or texnologiyaga tezroq va arzonroq erishishi engilroq kechadi va bu ishlab chiqarish vositalarining ma’naviy eskirishi bilan bog’liq xarajatlardan qutilish imkonini beradi. Sanoat korxonalari uchun amortizatsiya darajasining yuqoriligi, ishlab chiqarish vositalarining yuqori rentabelligi, likvidlilikning 234 saqlanishi, o’z kapitali harakati, hisob-kitoblarning o’z vaqtida olib borilishi, o’zaro qarzdorliklarning bo’lmasligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozor talablariga javob bera olishi va boshqa omillar ularning moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishini ta’minlashning asoslaridan hisoblanadi. Lizing operatsiyalarida uch sub’ekt ishtirok qiladi. Bular: ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va mol etkazib beruvchi. Ijaraga beruvchi - bu odatda moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruvchi, ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng avvalo, moliyaviy investitsiyalarning vositasi va ishonchli moliyaviy manbalarni talab qilgani uchun jahon amaliyotida lizing kompaniyalari banklar tomonidan nazorat qilinadi yoki ularning sho’’ba korxonalari bo’ladi. Ijaraga oluvchi - ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir. Mol etkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi ob’ektini ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bo’lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida bo’lishi mumkin. Odatda mol etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartnomasining asosiy shartlarini ishlab chiqishadi. Shu bilan bir qatorda ijaraga beruvchi (bank) moliyalashtirish shartlarini o’rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi. Moliyalashtirish masalasini xal qilishda bank mijozning daromadlik darajasini o’rganib chiqadi, lizing ob’ektidan to’g’ri va samarali foydalanish imkoniyatlarini ba’zida ekspertlar ko’rib chiqishi va qo’shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. Kontraktda lizing operatsiya bo’yicha ijara muddati, miqdori, valyutasi, ijara xakini to’lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining vositaning (asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo’yicha majburiyatlari va boshqa ko’rsatkichlar o’z ifodasini topishi lozim. Lizing munosabatlarini tashkil qilishning majburiy shartlaridan biri lizing shartnomasi davrida lizing ob’ektini sug’urtalash hisoblanadi. Lizing qiymati doimiy (har yarim yil, chorak, oy...) ijara to’lovlarining yig’indisidan tashkil topadi. Ijara 235 to’lovining asosiy tashkil etuvchilari amortizatsiya va kredit uchun to’lanadigan foizdir. Undan tashqari, lizing to’lovlari tarkibiga, shuningdek, ijara shartnomasida kuzda tutilgan ijaraga beruvchi xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Ijara to’lovlari yig’indisi ijaraga beruvchiga o’z xarajatlarini qoplash va daromad oshishini ta’minlaydi. Amaliyotda lizingning bir necha xil turlari qo’llaniladi. Bular operativ yoki ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir. Operativ lizing bu ko’proq ishlab chiqarish davri bilan bog’liq bo’lgan lizing bo’lib, ob’ekt qisqa davrga, ya’ni uning hayotiy yaroklilik davridan kam davrga, qisqarok vaqtga ijaraga beriladi, Bu holda ob’ektning amortizatsiyasi (eskirishi) to’liq amalga oshmaydi, ya’ni ob’ektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi. Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan odatda ko’proq moliya lizingi operatsiyalari o’tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko’p tarqalgan lizing shakllaridandir. U kontraktning o’rta va uzoq muddatliligi bilan xarakterlanadi, Amortizatsiya tulik bo’lishi yoki ijara ob’ekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi mumkin. Bu to’g’rida ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e’lon qiladi. Moliyaviy lizing xakikatda ijara ob’ektini uzoq muddatli kreditlash bo’lib, oddiy savdo-sotikdan (egalik huquqi xarid vaqtida istemolchiga o’tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vositalarni ijaraga oluvchi korxonaning ko’rsatmasiga binoan sotib oladi va uni shu korxonaga uzoq yoki o’rta muddatga (3,5,7 yilga) arenda shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldik bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi mumkin. Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi bu faktoring operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun xo’jalik ko’lamida to’lovlar aylanishini amalga oshirish bilan bog’liqdir. Faktorning (ingl. Factor - vositachi) - hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo’lib, mijozning aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday operatsiyalarni odatda maxsus faktoring firmalari amalga oshiradi. Ular banklar bilan zich bog’langan yoki ularning ixtisoslashgan filiallari va kompaniyalari hisoblanadi. 236 Faktoring operatsiyalarida bank o’z mijozlarining debitorlarga talablarini (da’volarini) sotib oladi. Bunda bank talabning 60- 70-90% ni (foiz darajasi mijozning moliyaviy holati , likvidlilik darajasi va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda turli xil bo’lishi mumkin) avans tariqasida birdaniga to’lashi, qolgan qismini esa, (kredit uchun foizni hisobga olmagan holda) belgilangan muddatda, debitordan to’lov tushushidan qa’tiy nazar, to’laydi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari talablarni (da’volarni) sotib olganda moliyaviy risklarni aniqlashlari mumkin, chunki ko’pchilik korxonalarning shu jumladan xorijiy korxonalarning moliyaviy ahvoli to’g’risida axborotlar olish imkoniyati qisman bo’lsa-da mavjuddir. Bu imkoniyat rivojlangan davlatlardagi keng qamrovli, yirik banklar o’rtasidagi kompyuter tarmoqlari tufayli mavjud. Bunday tizim doirasida banklar o’z mijozlariga buxgalteriya, statistiqa va boshqa axborotlarni taqdim etishga tayyor. Faktoring mijozlarga xizmat ko’rsatishning universal shakli hisoblanadi, chunki mijozlar o’z talablari (da’volari) bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish, ularning to’lovliligini tekshirishdan holi bo’lishadi. Banklar mol sotib oluvchilarning to’lov qobiliyati to’g’risidagi axborotni mijozlariga etkazishlari, xorijiy davlatlardagi to’lovlar kafolatini o’z buyniga olishlari mumkin. Banklar uchun bu operatsiyalar yuqori daromad keltirgani uchun ham ular bu operatsiyalarni bajarishdan manfaatdor hisoblanadilar. Rivojlangan davlatlarda faktoring operatsiyalari mijozning moliyaviy ahvoli, aktsionerlik kapitali miqdori, maxsulot turi, ish hajmi va boshqalarga qarab yillik oborotining sezilarli qismini tashkil etadi. Vositachichilik operatsiyalarining o’ziga xos turi - ishonch (trast, ingl. Trast - «ishonch») operatsiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig’i bo’yicha ma’lum mulkni, pul yoki qimmatli qog’ozlar ko’rinishida, saqlash, o’tkazish va boshqarishni o’z zimmasiga oladi. Bularga shuningdek, savdo - vositachilik operatsiyalari - mijoz topshirig’i bo’yicha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarning oldi-sotdisi, qimmatli qog’ozolar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi. Bankning trast operatsiyalari vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilishning keng 237 tarqalgan shakli - bu aktsiya, obligatsiya va pul mablag’lari. Moliyaviy vositalar miqdorini va moliyaviy aktivlar summasining ko’payishi natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) operatsiyalarni kengaytradilar. Banklarning trast deportamentlari zamonaviy transmilliy banklarining eng rivojlangan bo’linmalaridan biridir. Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari mijoz topshirig’iga binoan bildirgan shaxs huquqlari bo’yicha ish ko’radilar. Shuningdek, mijozlarining pul mablag’larini boshqarish va boshqa moliyaviy vositalar bilan bog’lik bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradilar. Banklar trast opertsiyalarni jismoniy shaxslarga kabi, yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar. Jismoniy shaxslar uchun qo’yidagi trast xizmatlari turlari mavjud: merosni boshqarish, ishonch va vositalik bilan bog’lik operatsiyalarni bajarish. Yoozirgi sharoitda keng tarqalgan trast operatsiyasining shakli - bu mijozlari kapitalini boshqarish. Bunda banklar boshqarishga mijozlarining ma’lum pul mablag’larini oladilar va ularni mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o’z mablag’larini ishlatish tartibini belgilaydi. Nufuzli banklarda bunday tratiblarning 5 turi mavjud. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling