Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/95
Sana23.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1717506
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

«O’attiq konservativ» - mijozning mablag’lari faqatgina eng ishonchli 
bo’lgan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli qog’ozlariga 
sarflanadi. Bunda zarar ko’rish xavfli umuman bo’lmaydi.
«Konservativ» - mablag’larni rivojlangan mamlakatlarning davlat qimmatli 
qog’ozlariga va yirik xalqaro banklar depozitlariga qo’yishi nazarda tutiladi. Lekin 
bunda banklarning sinish holatlari mavjud, ya’ni bu tartibda mablag’lari joylashtirish 
mijozlarga so’zsiz foyda qilishlarini kafolatlamaydi.
«o’rtacha konservativ» deganda mablag’larni jahonning asosiy fond 
birjalarida aktsiyalarga qo’yish tushuniladi.
Investitsiyalashning bu yo’nalishi ham foyda o’rniga zarar qo’rish xavfini 
tug’diradi.
238 


«o’rtacha agressiv» - bu mablag’larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab 
beruvchi kompaniyalarning aktsiyalariga sarflashni bildiradi. Bunda ularning kursi
odatda, o’sadi.
«agressiv» - bu mablag’larni «to’rt osiyo ajdarholari» (Gonkong, Sigapur, 
Tayvan, Janubiy Koreya) Kompaniyalarning aktsiyalariga sarflashni taxminlaydi. 
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ham ko’rish mumkin.
Trast bitimining xususiyatlari xorijiy mamlakatlarida bu bitimning muhim 
xususiyati shundaki, bunda bank mijozga mablag’lar qo’yish va ularning oqibatlari 
to’g’risida xatlar yuborib, uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi.
Trast bitimining xususiyati shundan iboratki, bunda bank salbiy moliyaviy 
oqibatlar yuz berganda mijoz javobgar bo’lmaydi. Asosan bu aktsiyalarga sarflangan 
mablag’larga tegishli bo’lib, ularning bahosi ham oshishi, ham pasayishi mumkin. 
Masalan, 1987 yilda Nyu-Yorkning fond birjadagi aktsiyalarning kursi taxminan 2 
marta pasaygan. Bunday xollarda mijoz qolgan mablag’larini olib, ularni 
boshqarishini boshqa bank departamentiga o’tkazishi mumkin.
Rossiyaning tijorat banklari amaliyotida trast operatsiyalari bir qator salbiy 
holatlar mavjudligi tufayli uncha rivojlanmagan.
Komission (vositalik) operatsiyalarni amalga oshirishadi banklar o’z 
mablag’larini qo’ymaydilar va mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina to’lov 
topshiriqnomasini bajaradilar shuning uchun komission operatsiyalari bo’yicha bank 
daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun mukofot shaklida bo’ladi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o’sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat 
banklarining ishonch operatsiyalarning hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning 
bu xizmatlari bank bilan mijoz o’rtasida ishonchlilik munosobatlarining o’rnatilishi 
bilan bog’liqdir. Tijorat banklarining trast bo’limlari mijozlar topshirigi bo’yicha 
uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog’liq va boshqa xizmatlarni bajaradi. 
Banklar trast-operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar, xayriya fondlari 
va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiyalarni uch turga bo’lish 
mumkin: merosni boshqarish; dalolatnoma va g’amxo’rlik bilan bog’liq operatsiyalar 
va vositachilik xizmatlari bo’yicha ko’rsatiladigan operatsiyalardir.
239


Merosni boshqarish bilan bog’liq trast operatsiyalari xususiy shaxslar 
dalolatnomasi bo’yicha amalga oshirilib, bankning trast bo’limi bir qator 
majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ularning asosiylariga: merosxo’rning merosini 
sud karori yoki meros xati asosida to’plash, boshqaruv ma’muriy xarajatlarini to’lash, 
merosxo’rlar o’rtasida merosni bo’lishi va shu oila a’zolariga boshqa xususiy 
xizmatlarni ko’rsatish kiradi.
Trast bo’limlari balog’at yoshiga etmaganlar, mehnatga layoqatsiz kishilarga 
otalik, g’amxo’rlik qilish nazaridan ayrim shaxslar ishonchnomasiga binoan mulkni 
boshqarish bo’yicha operatsiyalarni bajaradi. Ishonchlilik bo’yicha eng ko’p 
tarqalgan operatsiyalarga mulkni ishonch asosida boshqarish kiradi. Bunda mulk 
egasi mulkni o’zi ishongan shaxsga beradi. Bu shaxs, o’z navbatida, mulkni mulk 
egasining manfaati asosida ishlatadi: uni saqlaydi, investitsiya qiladi, shartnomaga 
muvofiq asosiy summa va daromaddan foydalanadi. Uning asosiy vazifasi mulkni 
to’g’ri investitsiya qilish va ma’lum miqdordagi daromadni ta’minlashdir. 
Investitsiya davlat qonuni, shartnoma va trast bo’lim siyosati asosida amalga 
oshiriladi.
Vositachilik xizmatlarini tijorat banklarining trast bo’limlari o’z zimmasiga 
vositachilik vazifasini olish orqali bajaradilar. Agar operatsiya mulk bilan bog’liq 
bo’lsa, mulk egaligi uning egasi qo’lida saqlanadi, xizmatlar esa aktivlarni saqlash
boshqarish yuridik xizmat ko’rsatish va boshqa vositachilik operatsiyalarni bilan 
bog’liq bo’ladi.
Korxona va firmalar bunday xizmatlar uchun o’z tijorat banklarining trast 
bo’limlariga murojaat qiladilar. Ishonch operatsiyalariga obligatsiya zayomiga xizmat 
ko’rsatish (zayom kafolati bo’lib xizmat qiluvchi mulkdan foydalanish huquqining 
o’tishi bilan birga olib boriluvchi) kiradi. Aktsionerlik kompaniyalari bank 
xizmatlariga aktsiya va obligatsiyalarni, pensiya fondlarini boshqarish (egalik 
huquqining o’tishi bilan), aktsiyalarni ro’yxatdan o’tkazish va boshqalar bilan bog’liq 
operatsiyalar bo’yicha murojaat qilishlari mumkin bo’ladi.
Trast bo’limlari depozitariy funktsiyasini ham bajaradilar. Bular: ovoz berish 
huquqini ishongan aktsionerlar aktsiyalarini saqlash (ovoz berish trasti). Kompaniya
240


qayta tashkil topganda, tugatilganda yoki bankrot bo’lganda bank uni vaqtinchalik 
boshqarishi mumkin.
Trast operatsiyalarini amalga oshirganligi uchun tijorat banklari komission 
to’lovlarini olishadi. Merosni boshqarish operatsiyalari bo’yicha komission 
to’lovlarni o’rnatish va to’lash qator mamlakatlarda qonun yo’li yoki sud karori bilan 
belginadi. Vositachilik xizmatlari bo’yicha turlicha to’lovlar ko’lami shartnoma 
asosida belgilanadi. Komission to’lovlar trast daromadidan yillik chegirmalar 
yig’indisi hisobidan tashkil topishi, shartnomaning asosiy summasidan yillik vznos va 
ba’zi xollarda trast shartnomasi tugagandan keyin umumiy summadan ajratma 
shaklida belgilanishi mumkin. Trast operatsiyalarni amalga oshirishda ularning hajmi 
operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni qoplab bankka foyda keltiradigan darajada 
bo’lishi kerak.
241 



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling